106
6.4. Aminokislotalar almashinuvida hosil bo‗ladigan faol moddalar va
ularning ahamiyati
Dekarboksillanish reaksiyalari aminokislotalarning oraliq almashinuvidagi
boshqa reaksiyalardan farqli o‗laroq, qaytmas reaksiya hisoblanadi.
Aromatik aminokislotalarning dekarboksillanishi
dekarboksilaza tomonidan
katalizlanib, bu ferment substrat maxsusligiga ega emas va triptofan, 5-
oksitriptofan
hamda
3,4-dioksifenilalanin
(DOFA)larni
dekarboksillanish
reaksiyalarini
katalizlaydi; reaksiya mahsuloti CO
2
dan tashqari o‗zaro
mos holda
triptamin, sertotin va dioksifeniletilamin (dofamin) lardan tashkil topadi.
Aromatik aminokislotalarning dekarboksilazasi toza holda ajratib olingan,
uning molekulyar massasi 112000 Da ga teng. Dekarboksilaza ko‗p
miqdorda
buyrakusti bezi va markaziy asab tizimi (MAT)da uchraydi; u biogen aminlarning
miqdoriy ko‗rsatkichini boshqarilishida ishtirok etadi
Serotonin
qon tomirlarini kengaytiruvchi ta‘sirga ega. Shuningdek, u arterial
bosim, tana harorati,
nafas olish, buyrak filtratsiyalarini boshqarilishida ishtirok
etadi, MATdagi jarayonlarda mediator vazifasini bajaradi. Hayvon to‗qimalarida
maxsus
dekarboksilaza-gistidinkarboksilaza
ta‘sirida
yuqori
tezlikda
dekarboksillanish yuz beradi:
Gistidin Gistamin
Dostları ilə paylaş: