Biokimyo va molekulyar biologiya


Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi



Yüklə 7,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/291
tarix25.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#148553
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   291
01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA

Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi.
Birlamchi struktura 
deganda, DNK va RNK zanjirida mononukleotidlarning ketma-ketligi tushuniladi.
 
Uni hosil bo‗lishida 3, 5-fosfodiefir bog‗lanishlar ishtirok etadi.
Shunday qilib, nuklein kislotalarni birlamchi strukturasini sxematik jihatdan 
quyidagicha ifodalash mumkin
:
Hozirgi kungacha barcha t-RNK larning va qator RNK molekulalarining 
birlamchi strukturalarini aniqlashga erishildi. Hamma hujayraviy RNKlar yakka 
ipsimon polinukleotid zanjirlardan tashkil topgan bo‗ladi: 
5´ G-G-U-S-A-A….U-S-G-S-S-A-3´ 
RNK molekulasi zanjirining bir uchi deyarli hamma vaqt erkin monofosfor 
efirdan iborat, uni nukleotidning 5´-uchi deb belgilash qabul qilingan, zanjirning 
qarama-qarshi uchida bu xil fosfat bo‗lmasdan, nukleotid erkin 2´ va 3´-gidroksil 
guruhlarga ega bo‗ladi. 
Barcha t-RNK lar:
a) 5´-uchi hamma vaqt guanil (kamdan kam sitidil) kislota bilan tugaydi, uni 
G-5´ (S-5´) o‗rnida erkin fosfat kislota uchraydi;
b) qarama-qarshi tomon hamma vaqt SSA bilan tugaydi, bunda tripletning 
oxiridagi adenil kislota qoldig‗i 3´-OH – guruhiga ega bo‗lishi bilan tavsiflanadi. 


94 
Bu strukturalar orasida ma‘lum ketma-ketlikda barcha nukleotid qoldiqlar 
joylashadi, ularning ichida minor nukleotidlarning ulushi 10 % ni tashkil qiladi. 
DNK molekulasini tuzilishi juda murakkabligi tufayli uni birlamchi strukturasini 
aniqlash ishlari davom etmoqda, chunki hattoki, u yoki bu eng kichik fag va virus 
DNKlarining molekulyar og‗irliklari ham millionlab Daltonni tashkil qiladi.
Hozircha bir zanjirli DNK ning faqat alohida olingan fragmentlarinigina 
nukleotid ketma-ketliklari, xususan, virus yoki faglarning galaktoza, laktoza va 
triptofan operonlarini strukturasi, tirozin geni RNK si, f1, φX174 bakteriofaglarini 
DNK fragmentlari va boshqalar aniqlangan. Bunda, hamma vaqt nukleozidlar bir-
biri bilan fosfat kislota qoldig‗ining murakkab efir bog‗i orqali dezoksiribozaning 
3´-gidroksil guruhi bilan, ya‘ni RNK ning birlamchi strukturasidagi kabi 3´,5´-
fosfoefir ko‗prikchasi yordamida birikadi. Quyida AST fragmenti misolida DNK 
ning nukleotid ketma-ketligini hosil bo‗lish tartibni sxematik tarzda ifodalangan 
(17-rasm): 
17-rasm. 

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   291




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin