97
Shuningdek, spirallanuvchi ipsimon molekula ham halqasimon molekulaga
aylanishi mumkin. Ma‘lumki, superspirallanish strukturasi DNKni ulkan
molekulasini tejamli ravishda joylashuvini ta‘minlaydi. Masalan, odam
xromosomasini uzunligi 8 sm ga teng bo‗lgani holda, u shu darajada o‗ralib
taxlanadiki, uni uzunligi 5 nm bo‗lib qoladi. Eukariot hujayralar DNKlarining
uchlamchi strukturasida ham superspirallanish kuzatiladi, lekin prokariot
hujayradagilardan farqli o‗laroq, bu superspiral ularda DNKni oqsil bilan
birgalikda hosil qilgan kompleksi shaklida bo‗ladi.
Ekukariotlar DNKsini asosiy qismi yadroning xromosomalarida joylashadi,
uning juda kam miqdori mitoxondriyalarda, o‗simliklarda esa plastidalarda bo‗ladi.
Xromosomaning yig‗indi materialini tarkibi-xromatin, DNK, giston, nogiston
oqsillar va kam miqdorda RNK lardan tashkil iopgan.
Dostları ilə paylaş: