95
Nuklein kislotalarning ikkilamchi strukturasi.
Dj.Uotson va F.Kriklarning
1953-yilda
taklif qilgan analitik, shuningdek,
rentgen tuzilmaviy tahlil
ma‘lumotlariga muvofiq, DNK molekulasi qo‗sh zanjir bo‗lib, unda ikkala
polinukleotid zanjir bir o‗q atrofida o‗ng tomonga buralgan
spiraldan iboratligi
ma‘lum bo‗ldi. Polinukleotid zanjirlar azotli asoslar o‗rtasida hosil bo‗lgan
vodorod bog‗lari yordamida birikkan bo‗ladi (18-rasm).
DNK ning bispiral molekulasidagi ikkala polinukleotid zanjirning makonda
joylashuvi qat‘iy
tartib asosida yuz berib, bunda azotli asoslar ichkari qismda,
fosforil va karbonsuv komponentlar tashqari qismda joylashgan bo‗ladi.
Tahlillar
shuni ko‗rsatdiki, DNK ning bispiral molekulasida azotli asoslar juft tarzda
bo‗ladi, ya‘ni Chargaff qoidasiga muvofiq bir zanjirda purin asoslari va boshqasida
pirimidin asoslari joylashgan bo‗ladi. Polinukleotidlarda
asoslar laktam shaklda
bo‗lganligi sababli juftlarning hosil bo‗lish ehtimoli adenin-timin va guanin-sitozin
tartibida bo‗lishi lozim. Juftliklarning shu yo‗sinda hosil bo‗lishi keyinchalik
eksperimental yo‗l bilan tasdiqlandi.
18-rasm.
Dostları ilə paylaş: