Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni



Yüklə 103,79 Kb.
səhifə4/23
tarix14.05.2022
ölçüsü103,79 Kb.
#57897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni

Ishning amaliy ahamiyati;


Barkamol avlodni mahoratini oshirishda sog’lom turmush tarzi jismoniy tarbiya darslarini samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Ishning sinovdan o’tishi. Bitiruv malakaviy ishning asosiy natijalari Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasida muhokama qilingan.

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi.


Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosalar, adabiyotlar ro`yxati amaliy tavsiyalardan iborat bo`lib, 64 betni tashkil qiladi.

I-BOB. BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA JISMONIY TARBIYANING O`RNI.

    1. Barkamol avlodni tarbiyalashda sog’liqqni saqlash


Odam hayoti, sog’lig’i - eng katga ijtimoiy boylikdir. Bu oila, maktab va inson tarbiyasi, kamoloti bilan shug’ullanuvchi boshqa maskanlar oldiga sog’lom turmush tarzini shakllantirish masalasini ko`ndalang qo`yadi. Millat sog’lig’i ham tabiiy ravishda, sog’lom turmush tarzi orqali hal etiladi.

Salomatlik - inson organizmining biologik, ruhiy, jis-moniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sixat-salomatlik har bir kishi uchun baxt-saodatdir. Uning mehnat unumdorligi, mamlakatning iqtisodiy qudra-tini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir. Umumxalq mulki bo`lmish sixat-salomatlikka nisbatan ongli va mas`uliyat bilan yondashish jamiyat va uning barcha a`zolarining turmush, axloq normasi bo`lmog’i lozim. Salomatlikni saqrash va mustahkamlash uchun, avvalo, odam o`z tanasining tuzilishi barcha to`qima va a`zolarining normal ishi faoliyati, o`sishi, rivojlanishi va ko`payishi qonuniyatla- rini bilishi zarur. Shuningdek, barcha tirik mavjudodlar kabi, insonga ham xos bo`lgan ushbu biologik xususiyatlarni asrash va tobora takomshshashtirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitni mukammal bilish va yaratish talab etiladi.

Mamlaktimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o`z ijodiy-intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talabalarga to`liq javob beradigan, xar tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlarni yaratish bo`yicha keng ko`lamli aniq yo`naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasida 2010 yil «Barkamol avlod yili» deb e`lon qilindi (2010 yil 27 yashar’, PQ - 1271, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori).

Bu dasturda yoshlar o`rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik. giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo`lgan diniy va ekstremistik ta`sirlardan, «ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish

vazifasi belgilangan.
Sog’lom turmush tarzi - falsafa, psixologiya, pedagogika hamda umumiy fiziologiya, anatomiya, gigiena, genetika, ekologiya va boshqa tabiiy fanlar bilan mustahkam aloqada bo`lgani bois, ular erishgan uslublarga tayanib ish ko`radi.

«Sog’lom turmush tarzini shakllantirish» loyihasi asosida talaba yoshlarning sog’lom turmush tarziga ongli ravishda amal qilib, o`z hayot faoliyatlarida qo`llashlari uchun o`quv-tarbiyaviy kurelari yaratildi. Ana shu o`quv-tarbiyaviy kurslarni yaratish maqsadida talaba yoshlarda shakllantirilishi kerak bo`lgan fazi- latlar ishlab chikildi. Quyida «Sog’lom turmush tarzini shakllantirishshing asosiy majmui, maxsus kurs va sog’lom turmush tarzini shakllantiruvchi fazilatlar taqdim etiladi.

Sog’liqni saqlashning asosiy tadbiri –bu badantarbiyadir. Sog’lom turmush tarzi (STT) va sog’liqni saqlashda Abu Ali Ibn Sino asosan etti narsaga e`tiborni kuchaytirish zarurligini o`qtirib o`tadi: bularga mijozni mo``tadil qilish, eyiladigan va ichiladigan ovqatlarni tanlash, gavdani chiqindidan tozalash, to`g’ri tuzilishni saqlash, burun orqali olinaadigan havoni etarli va yaxshi olish, kiyimga e`tibor berish, jismoniy va ruxiy harakatlarni tartibga solish (shu’ harakat jumlasiga uyqu va uyg’oqlik ham kiradi. )

Mijoz elementlarning eng mayda bo`laklaridagi qarama-qarshi kuchlarning bir-biriga ta`siri ma`lum bir chegaraga etganda paydo bo`lgan kayfiyatdir. Yuqorida aytib o`tilgan elementlarning dastlabki turi to`rt xil bo`ladi: issiqlik, sovuqlik, xo`llik vaquruqlik. Umuman olganda, mijoz ikkiga bo`linadi. Birinchisi, xaqiqiy mo`tadil mijoz (shartsiz refleks), bunda mijoz egasidagi qarama-qarshi kayfiyatlarning miqdorlari teng bo`ladi. Ikkinchisida (shartli refleks) qarama- qarshi kayfiyatlar orasida mijoz mutlaqo o`rtada bo`lmay, ikki tomonning biriga, ya`ni sovuqlik yoki issiqlikka, xo`llik yo quruqlikka yoki har ikkalasiga moyilroq bo`ladi.

Olimlarning odam umrini uzaytirish, kasalikka duchor bo`lishning oldini olish va sog’lomlashtirishda yuqorida aytilgan elementlardan foydalanish yaxshi

natijalar bergan edi. Afsuski, odamlar asta-sekin mijoz va boshqa tushunchalarni unuta boshladilar.

Aholi o`rtasida tushuntirish ishlarini yuqori saviyada olib borilishi STT ga e`tiborni kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanish ko`pgina mamlakatlarda yurak xastaliklari bilan og’rish ko`rsatkichini ancha pasaytiradi. tAmerika olimi Kennet Kuper tomonidan ishlab chiqilgan jismoniy mashqlar to`plami-eerobika va sheyping ko`p mamlakatlarda katta muvaffaqiyat bilan qo`llanib, ko`pgina odamlarning sog’lig’ini mustaxkamladi va yurak xastaliklari kasalliklarining oldini olishda samarali vosita bo`lib xizmat qilyapti.

Inson ham aqlan, ham jismonan baquvvat, chiniqqan bo`lmog’i lozim.

Sog’lom turmush tarzi (STT) inson madaniy, jismoniy rivojlanishi, mexnat unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o`z ichiga oladi. STT ning asosiy tarkibiy qismlari –samarali ish faoliyati, shaxsiy gigiena, zarali odatlardan voz kechish, belgilangan bir vaqtda to`g’ri ovqatlanish, jismonan chiniqish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullanib turish.

STT –kasalliklarni oldini olishda asosiy tadbirlardandir.

STT- ma`lum miqdorda ruhiy va jismoniy talablarni qoniqarli darajaa amalga oshirishga imkon beradi. Kun sayin sog’lomlashtirish slubining turlari oshib bormoqda: jismoniy mashqlar, ovqatlanish me`yori, uyqu, hammomdan fodalanish va boshqalar harkat faoliyatini oshirib boradi.

Hamma narsa bir maqsadga- odamlar sog’ligini mustaxkamlashga qaratilgan bo`lishi kerak.



    1. Yüklə 103,79 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin