Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni



Yüklə 103,79 Kb.
səhifə2/23
tarix14.05.2022
ölçüsü103,79 Kb.
#57897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Barchamizga ayonki sport bilan muntazam shug’ullanish bolalarimiz, yoshlarimizning sog’lom qarashlarini shakllantiradi va irodasini toblaydi, ularning mard va jasur insonlar bo’lib kamol topishi, turli- tuman sinov va qiyinchiliklarni mardona yengib o’tishga qodir bo’lishi uchun mustaxkam zamin yaratadi. Eng muximi, sport bilan do’st bo’lgan bolalar biz uchun mutlaqo begona va zararli oqimlarga qo’shilib ketmaydi.

Bugungi kunda shaxar va qishloqlarimizda yangidan barpo etilgan zamonaviy futbol maydonlarida yoshlarimiz o’zlarining bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazmoqda. Bunday ishlar o’z samarasini bermoqda. Xayotimiz o’zgarmoqda, ongimiz, dunyoqarashimiz o’zgarmoqda, o’zimizga, o’z sog’ligimizga, kelajagimizga munosabatimiz o’zgarmoqda va bu jarayonda boshqa ko’pgina ijobiy omillar qatori avvalo sport katta ta’sir ko’rsatmoqda.

Xech kimga sir emas sport salomatlikni mustaxkamlash bilan birga, xar qaysi mamlakat, xar qaysi davlatni olamga mashxur qiladigan beqiyos vositadir. Xalqaro maydonlarda sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar qalblarimizda g’urur- iftixor tuyg’ularini uyg’otadi, ona Vatanimizga bo’lgan muxabbat hissini yanada yuksaltiradi.

Sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning eng muxim va kuchli omili bo’lib kelmoqda va kelgusida ham shunday bo’lib qolishi shubxasiz. Chunki, sport – bu avvalo sog’lom avlod, sog’lom kelajak degani. Binobarin, faqat sog’lom xalq, sog’lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo’ladiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida quyidagi gaplarni ta’kidlab o‘tgan edilar:

“Oliy ta’lim sohasida oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilarini muntazam qayta tayyorlash bo‘yicha mutlaqo yangi,takomillashtirilgan tizim joriy

qilindi. 15 ta tayanch oliy o‘quv yurtida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlashhamda malakasini oshirish kurslari tashkil etildi”. “Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hajmi tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlashni istardim. Joriy yilda 13 ta oliy ta’lim muassasasi,jumladan, Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Samarqand davlat universitetlari,Farg‘ona politexnika institutidagi qurilish va rekonstruksiya ishlariga 355 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilmoqda. SHuningdek, Toshkent davlat stomatologiya instituti binolari, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti filiallarining yangi o‘quv korpuslari quriladi”.Yurtboshimizning tashabbuslari bilan oliy ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar negizida faqat bir narsa nazarda tutiladi, bu ham bo‘lsa oliy ta’lim muassasalarida kuchli,barkamol va yuqori salohiyatli kadrlarni tayyorlash demakdir.

Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrlardayoq ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish va kadrlar tayyorlash masalasiga davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratildi.Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz,erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi,avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga etishiga bog‘liqdir.Uzoqni ko‘zlab aytilgan bu so‘zlar istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatini yorqin ifodalaydi.Haqiqatan ham, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning oddiy hodisa emasligi, bu xalqimiz hayotini tubdan o‘zgartirish, milliy davlatchilikni mustahkamlash, mustaqillikni asrab-avaylash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin olish,yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin farovon hayot barpo etish,jamiyatimizni yangilash va modernizatsiyalash jarayonining tarkibiy qismi

ekani dunyo hamjamiyati tomonidan ham bejiz e’tirof etilmayapti.

Respublikaning har bir o‘quv yurtida optik-tolali aloqa liniyalari asosida qurilgan yagona Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘iga ulangan axborot-resurs markazlari tashkil etilgani. Bu o‘quvchilarning zarur axborotlardan foydalanishi, videokonferensiyalar, seminarlar o‘tkazish, masofadan turib o‘qitish va o‘quv mashg‘ulotlari uchun multimedia auditoriyalarini tashkil etishda keng sharoitlar yaratish imkonini beradi.Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston ta’lim tizimida texnologiyalar va zamonaviy media hamda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanishga xizmat qilmoqda.Chunki oliy ta’lim – kadrlar tayyorlash va hayotga yo‘llash tizimining eng muhim, ta’bir joiz bo‘lsa, yuqori bosqichi bo‘lib, bu bo‘g‘in orqali butun ta’lim tizimining o‘zi amaliy hayot, zamon va taraqqiyot talablari bilan yanada yaqinroq uzviy va chambarchas bog‘lanadi. Yoshlar oliy ta’lim orqali biron-bir kasbning umumiy yo‘nalishi nazariy va amaliy muammolarini puxta biladigan etuk kadr bo‘lib etishadi, taraqqiyotning aniq bir sohasiga ixtisoslashadi va shu bo‘yicha amaliyotga yo‘llanma oladi. SHuning uchun har qaysi mutaxassis ishlab chiqarish va tajriba jarayonida kamol topishi aynan oliy ta’lim orqali kechadi.Yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlash o‘z navbatida ta’lim berayotgan o‘qituvchilarning dars jarayonlarida pedagogik mahoratiga va innovatsion texnologiyalardan foydalanishiga bevosita bog‘liqdir.

O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik kengashi majlisining 2015 yil 10-dekabrdagi 65-sonli majlis bayoni qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oib davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar Dasturi”da Yosh olimlar va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi hududiy va respublika ilmiy amaliy konferensiyalarni o‘tkazishga qaratilgan 14- sonli bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda respublika hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirishga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofilashtirish qo‘mitasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining 2016 yil 10 martdagi 14,5,3/2,2,11-sonli qo‘shma qaroriga asosan ushbu konferensiyaning

Namangan viloyati bo‘yicha hududiy bosqichi bizning institutda 30-31 may kunlari o‘tkazilmoqda. 4 ta sho‘‘badan iborat ushbu konferensiyada ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirayotgan iqtidorli yoshlar o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar.Xulosa qilib aytganda, iymoni, e’tiqodi va ahloqiy fazilatlari kuchli, milliy mas’uliyat tuyg‘usi qalbida chuqur tomir otgan yoshlarga ega mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi.

Ushbu konferensiyada Namangan viloyatidagi yosh olimlar va talabalarning hozirgi vaqtda bajarayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ma’ruzalari o‘rin olgan. Ilmiy to‘plam materiallari ta’lim tizimi o‘qituvchilari, korxona va tashkilotlarning mutaxassislari uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Milliy mustaqillik tufayli turmush tarzini modernizatsiya qilish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratib borish soxasidagi ob’ektiv shart-sharoitlar yuzaga kelmoqda, milliy mentalitetimizga mos turmush kechirish qaror topmoqda. Buning tag zamini esa mamlakatimiz bolalari, o`quvchi, talaba yoshlarining muammoga oid bilimlari, amaliy malaka va ko`nikmalari bilan bog’liq.

Bugungi navqiron yoshlarimiz yurtimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyat, taraqqiy topgan iqtisodiyot, shular asosida erkin va farovon hayot bunyod etishda, barcha ezgu orzu- umidlarimizga erishishda Vatanimizning haqiqiy tayanchi va suyanchi bo’ladi.

Tariximizga kirib kelayotgan buyuk marra munosabati bilan o`tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o`zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo`lida qanday sur`atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji

tug’ilmoqda.

Qisqacha aytganda, biz o`z oldimizga qo`ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya`ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o`sishini ta`minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallash borasidagi sa`y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan holisona baho berishimiz tabiiydir.

Ma`lumki, O`zbekiston 1991- yili o`z mustaqilligini qo`lga kiritganidan so`ng umrini o`tab bo`lgan mustabid, ma`muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, «o`zbek modeli» deb nom olgan o`z taraqqiyot yo`lini tanlab oldi.

Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu modelning ma`no-mazmuni-davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o`zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, uning siyosatdan ustunligini ta`minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya`ni islohotlar tashabbuskori bo`lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta`minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma- bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya`ni «shok terapiyasi» yo`li bilan amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo`lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy to`fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo`lganimizni bugun hayotning o`zi tasdiqlab bermoqda.

Izchil yuqori o`sish sur`atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilash va o`zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo`lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro Valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyoti banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e`tirof etilmoqda.

Dunyoda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarzlari ko`payib borayotgani jiddiy havotir tug’dirayotgan bir paytda O`zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki maxsulotning 10 foizidan oshmaydi, davlat byudjeti esa so`nggi besh yilda profitsit bilan bajarilmoqda. Albatta, mamlakatimiz qo`lga kiritayotgan bunday ulkan yutuqlar ro`yxatini yana davom ettirish mumkin.

Ma`lumki, sobiq tuzum davrida respublikamizning iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlangan, faqat hom ashyo yetishtirishga yo`naltirilgan bo`lib, mash`um salbiy oqibatlarga olib kelgan paxta yakkahokimligi avjiga chiqqan edi. O`zbekiston o`zining qoloq ishlab chiqarish va sotsial infratuzilmasi bilan sobiq ittifoqda jon boshiga iste`mol darajasi bo`yicha eng past o`rinda turardi. Mustaqil rivojlanish yillarida –tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo`lga kiritdi, buning natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o`zgarib, jahon hamjamiyatidagi o`rni va nufuzi yuksalib kelmoqda.

Ayni paytda barchamiz bir haqiqatni o`zimizga aniq tasavvur etishimizni istardim. Ya`ni erishilgan bunday marralar –barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, ochiq demokratik huquqiy davlat qurish, inson uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so`zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko`tarilgan. Jahon miqyosida obro`-e`tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o`z oldimizga qo`ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo`lning bir qismi, holos.

Bu yo`lda biz duch kelishimiz mumkin bo`lgan shunday xavf borki, u ham bo`lsa, avvalambor, erishilgan yutuqlarga mahliyo bo`lib, hotirjamlik kayfiyatida berilish, real voqelikdan uzilib qolish xavfidir. Bu esa mamlakatimiz taraqqiyotining samaradorligi va istiqboliga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o`zgarishlar jarayonida egallab turgan o`rnimizni holisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo`lishimiz shart.

Ma`lumki, hayot hech qachon bir joyda to`xtab turmaydi. Shu bois avvalambor ro`y berishi mumkin bo`lgan turli falokatlar, jahon iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozini oldindan ko`rish imkonini beradigan, har tomonlama chuqur o`ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo`nalishlarini o`z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo`lgan mamlakat va xalq pirovard natijada muvaffaqiyatga erishadi.

Shu munosabat bilan alohida ta`kidlab o`tmoqchimanki, mustaqil taraqqiyotimizning o`tgan davrida amalga oshirilgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma`lum o`zgartirishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo`lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko`tarishimiz dardkor.

Natijada bugungi kunga kelib biz o`z oldimizga qo`ygan asosiy maqsadimizga erishdik, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.

Buning tasdig’ini mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan qat`iy va izchil tus olgani, odamlarimiz o`zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faollligi oshayotgani, ong-u tafakkuri yuksalib, yon- atrofda bo`layotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg’usi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko`rish, anglash qiyin emas.

Yurtdoshlarimizning, butun jamiyatimizning hayotidagi ana shunday o`zgarishlar va yangilanishlar, o`z mohiyat e`tiboriga ko`ra, bugungi kunda mamlakatimizning taraqqiyot va farovonlik yo`lidan dadil rivojlanib borishini ta`minlayotgan hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.

Mustaqillik yillarida bosib o`tgan yo`limiz va to’plagan tajribamizni holisona baholash, qo`lga kiritilgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimzda izchillik bilan ilgarilamoqda.

Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, axolining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi

amaliy ishtiroki haqida so`z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta`minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o`z fikr va g’oyalarini, sodir bo`layotgan voqealarga o`z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo`lmasligini o`zimizga yaxshi tasavvur etamiz.

Ma`lumki, fuqarolarning axborot soxasidagi huquq va erkinliklarini taminlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o`z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o`zida mujassam etgan bo`lib, bu O`zbekistonda demokratik jamiyat asosolarini barpo etishning muhim sharti, ta`bir joiz bo`lsa, tamal toshi hisoblanadi.

Mamlakatimizda chuqur o`zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo`lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.

Jumladan, yaqinda respublikamiz Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo`lib o`tgan saylovlar axolimizning yuksak ijtimoiy-siyosiy madaniyatini, uning siyosiy va fuqarolik ong darajasi tobora o`sib borayotganini, saylovchilar mamlakatni islox etish va modernizatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish yo`lidan izchil ilgarilab borayotganimizni keng qo`llab- quvvatlayotganini namoyish etadi.

Prezidentimiz I. Karimov 2010 yil 27 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning qo`shma majlisidagi ma`ruzasida saylov jarayonlariga baho berish bilan bir qatorda davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalashda siyosiy partiyalar, parlament, sud- huquq tizimi, fuqarolik jamiyati institutlarining o`rni va roli to`g’risida batafsil to`xtalib o`tdi. Shuningdek, mamlakatni modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo`nalishlari va ustuvor

vazifalarini belgilab berdi. Ijtimoiy –iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda o`ziga hos izchillikni, xatti-harakatlarning har tomonlama o`ylanganligi va asoslanganligini, tub islohotlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqichligini, reja va maqsadlarga tomon harakatdagi sobitqadamlikni taqozo etadi. Mamlakatimizda chuqurlashgan jahon-moliyaviy inqirozi sharoitlarida barqaror o`sish sur`atlarining saqlanib qolishi esa tanlangan mustaqil taraqqiyot yo`limiz va unga muvofiq amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatimizning nechog’li to’g’ri ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlarini ta`minlash, axoli farovonligini yuksaltirish-mamlakatni rivojlantirish, yangilash, modernizatsiya qilish strategiyasi va inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish.

Saylovlar-mamlakatni demokratlashtirish va liberallashtirishning qonuniy jarayoni. Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalashda siyosiy partiyalar hal qiluvchi kuch sifatida. Ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy isloxotlarni chuqurlashtirishda parlamentning o`rni va roli. Sud- huquq tizimidagi isloxotlar-mamlakatni liberallashtirish va mustaqilligini ta`minlash negizi. Fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash va rivojlantirish- demokratik islohotlarning muhim tarkibiy qismi. Mamlakatni modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo`nalishlari va ustuvor vazifalari.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo`llab-quvvatlash choralari. Davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash maqsadida korxonalar kreditor qarzdorligining qayta ko`rib chiqilishi. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarhining pasaytirilishi. Past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va bu jarayonga tijorat banklarini jalb qilishga qaratilgan ishlar. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida erishilgan natijalar.

Mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo`llab- quvvatlash va rag’batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo`yicha qabul

qilingan amaliy choralar. Soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo`yicha xo`jalik tizimlarini qo`llab- quvvatlash.

Iqtisodiy o`sishni ta`minlash, yangi ish o`rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilganligi.

Investitsiyalarni keng jalb etish orqali iqtisodiyot muhim tarmoqlarining jadal modernizatsiya qilinishi, tehnik va tehnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarining barpo etilishi. Investitsiya dasturi va tehnik modernizatsiyalash bo`yicha tarmoq dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar. Mamlakatimizda yagona elektr va gaz tarmog’i tizimlarini tashkil etish borasida erishilgan natijalar.

O`zbekiston milliy avtomagistralini qurish va rekonstruktsiya qilish bo`yicha dasturning amalga oshirilishi. Temir yo`l transport tizimining rivojlantirilishi va modernizatsiya qilinishi. Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro tashishlar bo`yicha intermodal markaz qurilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar. Yuqori texnologik telekommunikatsiya tarmog’ining rivojlantirilishi.

Ijtimoiy sohani yangi bosqichga ko`tarish borasida erishiligan yutuqlar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ijrosining nihoyasiga etkazilganligi.

Yangi ish o`rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari. Sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosidagi kasanachilikni hamda pudrat shartnomasi asosidagi uy mehnatini rag’batlantirish natijalari.

Bank-moliya tizimining barqarorligini ta`minlash-muhim ustuvor vazifa sifatida. Banklarning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligini yanada oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlarning ustuvor yo`nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tehnik va tehnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish. Bank xizmatining yangi

turlarini joriy etish, aholi va xo`jalik sub`ektlarining bo`sh mablag’larini banklarning uzoq muddatli depozitlariga jalb etishni ko`paytirish, mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan uzoq muddatli kredit qo`yilmalari ulushini ichki manbalar hisobidan oshirish uchun mustahkam asos yaratish. Tijorat banklari faoliyatini uzoq muddatli kredit qo`yilmalari ulushining o`sishi va buning uchun ichki manbalarni jalb etish nuqtai nazaridan baholash zarurligi.

Mamlakatimizning raqobatdoshligini oshirishni ta`minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o`zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish. Iqtisodiyotimizni tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiya qilish bo`yicha qilinishi lozim bo`lgan ishlar. Qabul qilingan tarmoq dasturini qayta ko`rib chiqish, ularga tuzatishlar kiritish va jadal amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar ko`rishda e`tiborga olinishi lozim bo`lgan jihatlar.

Asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, tehnik va tehnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish.



  • Ustuvor vazifa. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, moliya institutlari, investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi hamkorligi. Yevropa va Osiyo o`rtasidagi savdo oqimining ma`lum qismini mamlakatimizdagi tranzit yo`nalishlariga burish orqali transport va tranzit xizmati hajmini oshirish, mavjud infratuzilma negizida logistika markazlarini tashkil etish.

Inson salomatligi bu - eng avvalo, uning ruhiy va fiziologik sifatlarini rivojlantarish, umrning maksimal davo-miyligida maqbul darajadagi ishchanlik qobiliyati va ijtimoiy faolligini saqlab qolishdan iboratdir. Ko`pgina olimlarning fikricha, inson organizmining funksional imkoniyatlari va uning tashqi muhitdan bo`ladigan noxush omillarga barqarorligi butun umri davomida o`zgarib turadi, negaki, salomatlikni saqlash - jo`shqin jarayon bo`lib, u yosh, jins, kasbiy faoliyat, yashash muhitiga bog’liq holda yaxshilanib (salomatlik bo`shashib yoki

mustahkamlashb) boradi.



Yüklə 103,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin