Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni


Sog’lom bo`lishlik degani o`zi nima?



Yüklə 103,79 Kb.
səhifə21/23
tarix14.05.2022
ölçüsü103,79 Kb.
#57897
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni

Sog’lom bo`lishlik degani o`zi nima?


Sog’lomlik bu:

-oilangiz, yaqinlaringiz, mexnat qilayotgan jamoangiz, qolaversa, davlatingiz uchun «ortiqcha bo`lmaslik»;

-uzoq yillar davomida go`zallik va maftunkorlikni saqlash;

-yuqori ijodiy aktivlikni davom ettirish, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini saqlash, davom ettirish;

-uzoq umr ko`ruvchilardan bo`lish demakdir.

Qarish, keksalikning ayovsiz bostirib kelishi haqida ko`plab kitoblar, risolalar, maqolalar yozilgan. Har qaysi davrda o`sha vaqt sharoiti, turmush tarzidan kelib chiqib, bu jarayonga izoh berilgan. Ularning ko`pi asosan kuzatishlarning natijalari bazasida yozilgan. Faqat hozirgi turmush tarzimiz sharoitida umr ko`rish davrini cho`zish -uzaytirish fanlari yuzaga keldi. Katta yosh, qarilikda unumli hayotiy faoliyatni yo`lga qo`yish jarayonini o`rganish faniga aylangan tibbiyotdagi bu fanlar - «gerontologiya» va «gereoteriya» deb nomlanadi.

Jismoniy faollikni aholi orasidagi, ayniqsa, bolalar, o`smirlar, talaba yoshlarning harakat aktivligi pastligining sababini o`rganishga oid sotsiologik tadqiqotlarimizda ishtirok etgan respondentlarning asosiy foizi shug’ullanish uchun bo`sh vaqti yo`qligini yetakchi sabab qilmoqdalar.

Aslida shug’ullanish uchun vaqtni topishga ham vaqt talab qilinadi. Yana ham muhimrog’i ayrim jismoniy mashqlar, ommaviy sport turlari bilan shug’ullanish uchun sport maydoni, yugurish yo`lkasi yoki suzish uchun basseyn (suv havzasi) zarur bo`ladi. Ular uzoq, borish uchun transport, yo`l haqi - mablag’ sarflash kerak bo`ladi, degan bahonalar ham yo`q emas. Aslida ular maxsus jihoz,

mablag’ talab qilmaydigan, uyda o`tkaziladigan mashg’ulotlardan biri, eng oddiy

«ertalabki gigienik gimnastika» mashqlarini ham bajarishga erinadilar.

Tadqiqotlarimizning qatnashchilarini ko`pchiligi gigienik gimnastika mashqlar komplekslarini tuzishga oid bilimlari zaxirasi pastligini ta`kidladilar.

Sog’lomlashtirish trenirovkalar tarzidagi «ertalabki gigshnik gimnastika» (EGT) mashg’ulotlarini, ularning mazmuni, tuzilishi va undagi jismoniy yuklamalarga oid nazariy va amaliy bilimlar nimalardan iboratligi bilan boshadik.

Qator yillar davomidagi kuzatishlarimiz va mavjud adabiyot materiallarining tahliliga asoslanib EGT mashg’ulotlari tizimsiz, palapartish turli xildagi harakatlarni bajarishdan iborat emasligini tushundik.

Gigienik gimnastika odatda to`p, to`ldirma to`p, sakragich, tayoq, gantellar, qum to`ldirilgan turli vazndagi qopchalar va boshqalar bilan bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi mashq davrini o`z ichiga oladi. Agar bu mashqlar musiqa ostida bajarilsa, mashqni bajarish sur`atini (tempini) o`zlashtirshildi.



Yüklə 103,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin