Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni


Kunlik harakat tartibi va unga rioya qilish



Yüklə 103,79 Kb.
səhifə18/23
tarix14.05.2022
ölçüsü103,79 Kb.
#57897
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni

Kunlik harakat tartibi va unga rioya qilish. STT jismoniy madaniyati ratsional kun tartibini taqozo etadi. Organlarning faoliyati va o`z quvvatlarini qayta tiklab olish uchun optimal shart-sharoit yaratishni to`g’ri tuzilgan va unga qat`iy rioya qilingan kun tartibi, organizmda, muayyan faoliyat ritmini vujudga keltiradi. Natijada turli xil ishlarning barchasini samarali tarzda bajarish imkoniyati yuzaga keladi. Agar bu ritm sutkaning biologik ritmi bilan muvofiqlashtirilsa hayot, turmush tarzi bayramga aylanadi.

Muayyan ishni har doim bir xil vaqtda bajarilishi organizmda dinamik stereotipni, odatni shakllanishiga olib keladi. Bu stereotip hayotiy faoliyat davomida takomillashib borsa, ruxiy zo`riqish, zo`r berish borgan sari pasayadi. O`z navbatida bu organizmni zo`r berib ishlashdan, uning zahiralarini sarflash, qarishdan, keksayishdan saqlaydi.

Kun tartibi yuksak darajadagi ish qobiliyatini saqlash, umrning har bir daqiqasidan unumli foydalanish, uni mazmunli rejalashtirish va o`tkazish imkonini beradi. Stereotipni tez o`zgartirib turilishi organizmning imkoniyatiga salbiy ta`sir qiladi.

Turmush va mehnat sharoiti, maishiy va individual xususiyatlari har kimda har xil bo`lganligi uchun barchaga bir xil, yagona kun tartibini tavsiya qilish niyatimiz yo`q va bu mumkin ham emasligi haqida yozdik.

Insonning jismoniy faolligi - shaxsni jismoniy madaniyatini qay darajada shakllanganligini belgilovchi muhim omillardan biri sifatida qaralishi lozim. Madaniyatlilikning asosi, ayniqsa, jismoniy madaniyatlilik ilk bolalik davridan yo`lga qo`yilishi lozim va ular madaniy malakalar shaklida yuzaga kelib,

yoshligidanoq mustahkamlansin. Bu ma`noda jismoniy faollikni boshqarish maqsadli ko`rsatmalar bilan shaxsni shakllanishini birlamchi etapidan boshlaboq jismoniy potentsialini yoshiga xos evolutsion shakllanishi davriga muvofiq kelishi va bir qatorda jismoniy madaniyatining barcha komponentlarini shakllantirishga urinish bilan parallel olib borilishi lozim.

Ilk bolalik davrida unga harakatlanish zavqi, undan yuzaga keladigan mushaklar bayrami, xursandchiligini sezishiga imkoniyat, sharoit yaratish yetakchi vazifalardan hisoblanadi. Amaldagi jismoniy madaniyat majmuining asosiy kamchiligi ham shunda.

Kichik maktab yoshida jismoniy faollik, qiziqish, turli motivlar orqali - mas`uliyat, o`zining jamoasi sha`ni, o`rtoqlari orasidagi o`rni, unga ajratilgan rolni qay darajada bajarayotganligi, ularning ishonchini oqlaganidan olgan zavqi, hissiyoti bora-bora o`zining imkoniyatlari darajasini tushunishini, shakllanishini yuzaga keladigan davri hisoblanadi. Bu davrga kelib, o`smirlik, yoshlik davrining harakat faolligi asosan ruhiy, so`ng o`zining «meni»ni shakllantirish, o`zini ko`rsatish, namoyish qilish bilan bog’liq bo`ladi.




    1. Yüklə 103,79 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin