Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni


Barkamol avlodni tarbiyalshda jismoniy mashqlarni yoshiga moslash malakasi



Yüklə 103,79 Kb.
səhifə19/23
tarix14.05.2022
ölçüsü103,79 Kb.
#57897
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni

Barkamol avlodni tarbiyalshda jismoniy mashqlarni yoshiga moslash malakasi. STT jismoniy madaniyati o`z yoshi va jismoniy tayyorgarligiga moslab kunlik harakat tartibini va jismoniy yuklamani tanlash va rejalashtirish talabini qo`yadi. Asosiy masala qayd qilingan talablarni hal qilish uchun harakat faoliyatini qanday tashkil qilishga, jismoniy mashqlar bilan qanday shug’ullanishga borib taqaladi. Bu yoshi va individual xususiyatini hisobga olib shug’ullanish uchun tanlayotgan mashq turiga bog’liq. Kimdir yurishni, kimdir yugurishni, suzishni, velosipedda sayr qilishni, gantel bilan, 1-2 pudli qadoq tosh bilan, yana kimdir sport o`yinlaridan o`zi yoqtirgan biror turi va boshqalar bilan shug’ullanishni tanlaydi. Yuqoridagi turli xil ko`rinishdagi jismoniy mashqlarni fiziologik yo`nalishi asosan organizmning salomatligini yetakchi harakat fazilatlari kuch va chidamlilikni rivojlantirishga qaratiladi. Bu tayyorgarlik insonni faqat mehnatda (aqliy, jismoniy) yuqori ishlab chiqarish

faoliyatiga tayyorlash bilan cheklanmay, uni ijtimoiy hayotdagi qiyinchiliklarga dosh berish, ularni engish va tinchlik, harbiy sharoitdagi ekstre- mal holatlardan oson chiqishdek, hayotiy-amaliy malakalarni egallashni osonlashtiradi.

O’tkazilgan sotsiologik so`rov natijalari talabalarni ommaviy sport turlaridan birini ya`ni, o`ziga mosini tanlashda zaruriy bilim va malakalarini yetarli emasligini ko`rsatdi.

O`zlarini STT jismoniy madaniyati sohibiman deb hisoblaydigan talabalar (63%) tahsil olish yillarida sportning biror turi bilan muntazam shug’ullanishni odatga aylantirishini muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydilar (37%). Chunki hozirgi kundagi turmush tarzi ularda passiv (o`tirib) faoliyat uchun ko`p vaqtni (40,1%) egallashini ta`kidladilar. Ayniqsa, komp’yuter, hisoblash texnikasi, televideniya va boshqalarga ehtiyojning ortiqligi hozirgi kundalik turmush tarzining asosini tashkil etadi.

Aqliy va jismoniy faoliyatni doimiy muntazam bo’lishini ta`minlash hamda salomatlikni mustahkamlash uchun sport bilan doimiy shug’ullanish o`ziga mos sport turini qanday tanlash kerakligi muammosini qo`yadi. Uning yechimi sport turini tanlashda individning jismoniy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari rivojlanganligi, tayyorgarligini mos kelishi bilan bog’liq. Masalan, bo`yi pastroq, qo`li, bo`yni kaltalar uchun kurash, suzish, stol tennisi, futbol, sport gimnastikasi, boks, turizm, shaxmat-shashka va boshqalar.

O`rta bo`ylilar uchun qo`l to`pi, yakka kurashlar, voleybol, tennis, badminxon, milliy kurash turlari, yengil atletika, basketbol kabi sport turlari bilan shug’ullanishlari yaxshi natija beradi. Lekin bu ularni sportning boshqa turlari bilan shug’ullanib bo`lmaydi, degani emas. Chunki har bir shaxs o`zining qiziqishi, harakat faoliyatini yuqtirishi, uni xush ko`rishi bilan bir-biridan farqlanadi.

Ular yoqtirgan sport turlari bilan yuqori sport natijasiga erishaman degan maqsad bilan shug’ullanmaydilar yoki shu turlar uchun sharoitni yaxshiligi

bazaning yaxshiligi, uning yaqinligi, yoqtirgan murabbiyi va boshqalarni hisobga olgan bo`lishi ham mumkin. Qolaversa, 18-24 yosh organizmni jisman yetuklikka erishish davrini birinchi bosqichi bo`lib, katta dozadagi yuklamalar va energiya sarflash imkoniyati davri. Shu davrda ma`lum darajadagi harakat rejimi, unga odatni shakllanishi bir umrga odatga aylanib kolishi amaliyotda isbotlangan.

V.D. CHernyavskiyning fikricha aqliy ish bilan band bo`lganlar uchun haftalik xarakat rejimiga quyidagi jismoniy madaniyat mashg’ulotlari shakllari kiritilishi mumkin:

Ertalabki gimnastika (15-20 daqiqa), sog’lomlashtirish guruhida yoki mustaqil ravishda sog’lomlashtirish gimnastikasi bilan shug’ullanish, siklik mashqlar, o`yinlar (30-60 daqiqadan haftasiga 2 marta), maxsus mashqlar (5-7 daqiqadan haftasiga 2-3 marta) hamda ish va bo`sh vaqtlarda dam olishning faol shakllari,



    1. Yüklə 103,79 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin