Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni


Jismoniy tarbiyani asosiy fan hisoblaysizmi?



Yüklə 103,79 Kb.
səhifə17/23
tarix14.05.2022
ölçüsü103,79 Kb.
#57897
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni

Jismoniy tarbiyani asosiy fan hisoblaysizmi?


Jismoniy tarbiyani asosiy fan hisoblaysizmi savolimizga o`g’il bolalarning 15 tasi, qizlarni esa 17 tasi “Ha” deb javob berishdi.

Olingan tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, jismoniy tarbiya deganda o`quvchilar ikkilamchi vazifa sifatida qarashlari aniqlandi. Lekin jismoniy tarbiya hamma jabhalarda asosiy omil bo`lib hisoblanishini unutmasligimiz lozim.


3-BOB. SOG’LOM TURMUSH TARZI JISMONIY MADANIYATI.


«Sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyata odobi shunday narsaki, u keraksiz bo`lib qolmaydi, ishlatmasang yo`qolib ham ketmaydi, kerak paytda esa senga ko`makchi bo`ladi» - deb yozadi ushbu risolamiz mualliflaridan biri professor SH.X.Xankeldiev o`zining ilmiy maqolalaridan birida.

Haqiqatdan ham STT jismoniy madaniyatini xunar yoki kasb, unga egalik san`algidan bexabar odamdek «men buni bilmayman» deyish uyatdek gap. Chunki inson fan-texnika yutuqlari yoki hayot, turmush tarzining ahamiyati-yu muammolarini zaruriyat bo`lmasa ham «zo`r» biladi, lekin o`z jismining madaniyatiga oid bilimlari esa o`ta past.

Sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati marddik, jasurlik va matonatdek sub`ektiv qadriyatlarni o’rganishi va qo’llanishi ishi uchun vosita bo`ladi.

Mardlik, jasurlik va matonat fazilatlarini tarbiyalash jarayoni jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish malumotlarining barcha shakllarida - u sog’lomlashtirish jismoniy madaniyati mashg’ulotlari tarkibidami, ommaviy sport turi bilan shug’ullanish malulotlaridami, shug’ullanuvchining istagisiz namoyon bo`lishi amaliyotda isbotlangan. Bu tarixiy, umuminsoniy fazilatlar yuksak ma’naviyatli, har tomonlama jismonan garmonik rivojlangan intellektual resurslarning shakllanishiga zamin bo`ladi.

Jamoa, davra, yig’inning e`tiborida bo`lish (kurash, ommaviy tadbirlar, bayramlar, musobaqalar jarayonida va boshqalar)da o`zini tutishi, g’olib bo`lganda yoki mag’lubiyatdan, so`nggi vaziyatdan sharaf bilan chiqish, buni qayd qilgan faqat bizning yurtimiz xalqlari uchun xos bo`lgan sub`ektiv qadriyatlar mardlik, jasurlik va matonat shakllanishida vosita bo`ladi. Zarur bo`lganda o`ylab o`tirmay matonat talab qiladigan, mardlik, jasurlik namoyon qiladigan vaziyatlarda o`zini yo`qotmaslik, o`zini boshqarishdek jihatlari bilan jismoniy madaniyatga egaligi darajasini namoyon qiladi.

Sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati qadriyat sifatida o`z ichiga quyidagilarni oladi:

-jamiyat a’zosining salomatligi, vujudi qismlarining xizmat faoliyati darajasi, tanining sixatligi, uni zarur darajada ushlashga yordam beradigan tizimli mashg’ulotlarni;

-jismoniy tayyorgarligi (yetuklik) - kuchi, tezligi, chaqqonligi, chidamliligi, egiluvchanligining darajasini;

-jismoniy rivojlanganligi - vazni, bo`yi, tanasi a`zolarining o`lchami va ularni o`ziga yarasha darajada ushlashga oid nazariy bilimlari va amaliy malakalarni;

-jismoniy yetuklik va jismoniy barkamollikka oid nazariy bilimlarni va amaliy malakalarni;

-kun tartibi tarkibida xarakat faolligi o`quv, mehnat faoliyati, «aktiv», «passiv» dam olish madaniyati;

-aqliy va jismoniy faoliyat uchun sarflanadigan energiya (quvvat)ni tiklashni boshqara olish;

-ommaviy sport turlaridan biri bilan shug’ullanishni;

-salomatlik trenirovkalarining mazmuni va uni tashkillashni;

-sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining o`zi yoqtirgan shakllaridan biri bilan maqsadli shug’ullanishi;

-suv, havo, quyosh nuri orqali chiniqishni;

-massaj, shaxsiy, jamoa gigaenasi omillaridan, birinchi yor-dam, xavfsizlik qoidalari va undan foydalana bilish hamda boshqa nazariy bilimlar va amaliy malakalarni o`z ichiga oladi.

Sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyatiga oid maxsus adabiyotlar mazmuni, uning nazariy asoslari, amaliy malakalarini egallash jarayonida bir qator atamalar, tushunchalarga duch kelamiz:

Turmush tarzi - tushunchasi quyidagi komponentlar majmuasini o`z ichiga

oladi:


birinchidan - tabiat, jamiyat va insonning o`zini o`zgartiradigan yaratuvchanlik faoliyati;

ikkinchidan - moddiy va ma`naviy extiyojlarni qondirish usulini;

uchinchidan - kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyati sohasida va davlat boshqaruvda ishtirok etish shaklini;

to`rtinchidan - nazariy, empirik va qadriyatli yo`nalip darajasidagi bilish faoliyatini;

beshinchidan - jamiyat va uning ijtimoiy tizimlari (xalq, sinf, oila va boshqalar)ni.

Salomatlik - inson organizmining shunday holatiki, uning barcha organlari va tizimlari tashqi muhit bilan mos kelishi va kasallikka nisbatan moyilligi umuman yo`qligidir.

Jismoniy madaniyat - jamiyat a`zolarining jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar, sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo`yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir.

Jismoniy tayyorgarlik - kishining sog’liga, maxsus bilimlar biyaan qurollanishi, hayotiy zarur harakat, ko`nikma va malakasini shakllantirishi hamda jismoniy sifatlarining rivojlanishi darajasini belgilovchi bir guruh sinov mashqlari majmuasini ifodalaydi.

Jismoniy rivojlanganlik - inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi - tashqi ko`rinishi va uning xajmini o`zgarish jarayonidir.

Jshmoniy tayyorlash - insonlarni kasbiy xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy holatini rivojlangirish.

Jismoniy tarbiya harakati — ijtimoiy harakatning o`z oldiga aholini jismoniy tarbiyalash darajasini oshirish va sportni rivojlanshrishga yordam berishi maqsad qilib qo`ygan maxsus turidir.

Jismoniy mashlar - xarakatlar va harakat faoliyatining murakkab turlari bo`lib, jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga xizmat qiladi.

Jismoniy yuklama - organizm imkoniyatlari va jismoniy holatidan kelib chiqib, unga beriladigan mashqlar miqdori.

Ommavip sport - darsdan tashqari, ish vaqtidan so`ng davlat va jamoat tashkilotlari orqali hamda har bir shaxsning tashabbush bilan amalga oshiriladi.

Aktiv dam - jismoniy harakatlar orqali organizmning charchog’ini yo`qotish, ish qobiliyatini oshirish.

Passiv dam - organizmni hech qanday yuklamalarsiz, deyarli energiya sarf qilmay, barcha muskullarni bo`shashtirib dam olish.

Meditatsiya - asosan sharq maktabiga xos jismoniy mashqlar majmui bo`lib, inson jismoniy tarbiya tizimlari ichida har bir shaxs mustaqil yoki shu tizim ishqibozlari alohida guruxlarga ajralib shug’ullanadilar.

Sog’lomlashtirish trenirovkalari - insonlar salomatligini mustahkamlashga, rivojlantirishga qaratilgan umumiy xususiyatga ega bo`lgan jismoniy yuklamalar.

Organizmning funksiont zahiralari - organ yoki funksional tizimlar ishining tinch holatdagiga nisbatan ortishidir.

Jismoniy sog’lomlik - jismoniy mashqlar va ommaviy sport bilan tizimli shug’ullanish orqali yoki jismoniy etuklik darajasidagi harakat faolligiga egalik, organizmni tashqi muhitning noqulay oqibatlari va kasalliklarga qarshi tura olishi, turmush, hayotiy faoliyatlarning talablariga yetarli darajadagi munosabati tushuniladi.

Jismoniy qobilyat - insonning u yoki bu mushak faoliyati talablariga javob beradigan va uning samarali bajarilishini ta’minlaydigan ruhiy-fiziologik hamda morfologak xususiyatlari majmuasidir.

Faol (aktiv) harakatlanish umrning uzoq vaqti davomida tanimizning funksional faoliyatini saqlashda, mehnatga yaroqlilik davrini uzaytirishga, organizmning yetakchi xizmatlarini bajaruvchi tizimlar yurak-qon tomir, nafas, harakat-tayanch apparati mushaklari va boshqalarni vaqtidan oldindan pishiqligini susayishi, tanasi a`zolarining bujmayib (qurib), xizmat faoliyatining pasayib qolishining oldini oladi. Ayniqsa, organizmning 40% dan ortig’i muskul tolalari ekanligani hisobga olsak, ularning massasi kichrayishi, yuklamasiz so`lib qolishi, aynan shu holatga tushishga sabab bo`ladi.

Jismoniy mashqdar bilan do`st tutingan kishilar ulug’ ne`mat bo`lmish yaxshi kayfiyat egasi bo`ladilar. Kunlik ishlarni bajarish, murakkab muammolarni

yechishga urinish bunday odamlar uchun odatiy ishdek bo`lib qoladi.

Yugurish, gimnastika va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish oqibatida qo`lga kiritilgan yaxshi kayfiyat insonning jismiga aql, kuchiga-kuch qo`shadi, turmush tarzidagi faoliyatlari samarador bo`ladi.

Serharakat kishilarning badanida endofrin, enfokolik moddalar ko`plab ishlab chiqarilishi va bu moddalar kishiga hafaliklarni tez yengib ketish, tashqi ruhiy ta`sirlarga chidamli bo`lishga yordam berishi aniqlangan. Hayotni lazzatli o`tkazishni istagan kishi vaqtining har daqiqasini mashqlarga, yaxshi kayfiyat tashuvchi moddalarni ko`paytiradigan jismoniy harakatlar, mehnatdagi faollikka bag’ishlanganliklari STT madaniyatiga egalikning nishonasidir.

Harakat faolligiga odatlangan, harakatni bajarishning ahamiyati, uni foydasi, mazasiga tushunganlardan biri mashhur matematik Gauss yoki undan ham mashhur tibbiy sinovchi Germon Gelm Goli faqat yurish, oddiy qadamlab, ma`lum sur`atda yurish mashqi haqida quyidagicha fikr bildirgan: «Yalt etgan, to`satdan paydo bo`lgan fikr» har doim kutilmaganda, albatta yozuv stolida, miya charchab, jismonan horiganda emas, jismonan bardamlik, kayfiyat

ko`tarinkiligi yuqori bo`lgan paytda keladi. Ayniqsa, («yalt» etish, to`satdan,

«chaqmoq»dek paydo bo`lish) quyosh porlab turgan, ko`m-ko`k tog’ manzarasi qalbni oshufta qilib, sekin tog’ bag’irlab yuqoriga ko`tarilayotganda keladi, deb aytadi.

«Yurish mening fikrimni ma`lum darajada ilhomlantiradi, ko`tarinkilik beradi. Tinch bo`lsam men aytarli fikrlay olmayman, mening tanam harakatda bo`lishi kerak, shundagina aqlim ham harakatlana boshlaydi» degan Jan Jak Russo. Kasbi adabiyotchi, shoir, yozuvchi Genrih Gyote: «Fikrlash sohasidagi barcha eng qimmatli, uni ifodalashning yanada oliyjanob usullari menga piyoda

yurayotganimda keladi» degan.

Fransuz yozuvchisi Jorj Simenon «Men qayerda bo`lishimdan qat’iy nazar, juda ko`p yuraman, men ijodiy jarayonni yurish paytida, faqat yurish paytidagi issiq, sovuq, loy, tuman va hokazolarni hidlash, his qilish orqali, eshitish, uzuq-

yuluq gaplarni ilg’ab qolish, biroz bo`lsa ilg’ab qolingan ohanglarda obrazim yuzini, ko`zini jilovlantiraman, to`ldiraman» degan.

Qalb uchun, yorqin ijodiy aql uchun - tetik maromli (ritmda), hormay yurish paytida a`lo darajada fikrlanadi.

Oddiygina, yagona, eng sodda harakat, «shahdam qadamlab yurish» mashqi to`g’risida yana ancha ijobiy fikrlar bildirilganligi haqida, jismining harakatga bo`lgan talablari, uni qondirish haqida bobokalonlarimiz - sharq allomalari, fozilu fuzalolarning aytganlari, amalda o`zlarining bajarganlari haqida aloxida to`plamlar yozish mumkin.

Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino jarroxlik aralashmay davolanadigan kasalliklarning barchasi davrlar kelib, faqat harakat bilan davolanishini bashorat qilgan bo`lsa, rus anatomi, vrachi, pedagogi L.F.Lesgaftdan IV asr avval jismoniy mashqlarni klassifikatsiyalagan va ularni inson organizmiga ta`sirini she`riy satrlarda ifodalagan.

Kuragi yerga tegmagan pahlavon, chakmando`z Paxdavon Mahmud esa kurash sirlarini ochib, kurash mashqlari, undagi harakatlar haqida ko`plab asarlar yozgan.

Ulug’ alloma bobomiz Alisher Navoiy asarlari qahramonlarining prototipi

«Xamsa»sidagi «Farhod va Shirin», «Saddi Iskandariy», «Sabb`ai Sayyor»ning bosh qahramonlari Farhod, Iskandar, Bahrom obrazlari badiiy to`qima bo`lmay, davrining jasur, mard, chaqqon, oriyatli, el-yurti sha`ni-shuhratini qadrlaydigan, jismini barkamollikka erishtirishni maqsad qilgan, muntazam mashqlanuvchi va mashqlanishga da`vat etuvchilar tarzida yaratilgan.

«Hayot-harakat demakdir» degan ma`nodagi xalq naqli bilan boshlanadigan F.Nasriddinovning (1998) «Kamolot va ma`naviyat saboqlari» qo`llanmasi STT jismoniy madaniyati bo`yicha ilk adabiyotlar sirasiga kiradi. Unda mavzuga oid material sharqona rusumlar asosidagi jismoniy harakatlar, ularni insonning aqliy va mehnat faoliyatidagi o`rniga bag’ishlangan jismoniy tarbiya ta`limi, hayotiy o`gitlar bilan to`ldirilgan, mustaqilligimizdan so`nggi davlat tilidagi e`tiborga loyiq

ommabop risolalardan bo`lib, jamiyatimiz a`zosini «jismoniy etukligi», uning yuqori bosqichi hisoblangan «jismoniy barkamollik»ka erishishida individni jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holdagi, optimal harakat faolligini yaratish haqidagi ilmiy-tadqiqotlarning natijalari umumlashtirilgan. Undagi qator yo`llanma va tavsiyalar yoshlarning STT jismo niy madaniyati nazariyasiga oid bilimlarini boyitadi, shu bois undan foydalanishni tavsiya qilamiz.


Yüklə 103,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin