Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni


Jismoniy madaniyat, ommaviy sport va uning turkumlanishi



Yüklə 103,79 Kb.
səhifə20/23
tarix14.05.2022
ölçüsü103,79 Kb.
#57897
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni

Jismoniy madaniyat, ommaviy sport va uning turkumlanishi. Insoniyat katta zafarli odimlar bilan XXI asr bo`sag’asidan o`tib, ijtimoiy soxada faqat yutuqlar, g’alabalarga erishish bilan chegaralanmay ayrim qiyinchiliklar, qarama- qarshiliklar, krizis xolatlari va ularni yengish yo`llarini axtarishdek muammolarni hal qilishiga to`g’ri kelmoqda. Jamiyatimiz a`zolarining, ayniqsa, yoshlarning jismoniy madaniyati va sport sohasi ham bundan istisno emas. Amalda barcha mamlakatlarda aholi jismoniy madaniyati, sportni rivojlantirishning yangi g’oyalari va usullarini intensiv axtarish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish chora-tadbirlari ko’rilmoqda va innovatsion loyihalar, yangi dastur, loyihalar va boshqalarni ishlab chiqish ustida bosh qotirilmoqda.

Jahondagi qator ilg’or, boy mamlakatlar AQSH, Olmoniya, Xitoy, Yaponiya va boshqalarning jismoniy madaniyati jihatdan ham imidji yuqori. Afsuski, preziden-timiz, hukumatimiz tomonidan STT jismoniy madaniyati bo`yicha amalga oshirilayotgan, qimmatiga ko`ra tariximiz sahifasiga zarhal harflar bilan yozishga loyiq bo`lgan zafarli ishlari hozirgi kun uchun orzu, etishishimiz lozim bo`lgan ulug’ niyat bo`lib qolmoqda.

Mamlakatimiz va xorijiy tadqiqotchilarni ko`rsatishicha, salomatlikni yaxshilash va uning profilaktikasi, STT jismoniy madaniyati, ommaviy sport turlari mashg’ulotlarining turli shakllarini aralashtirib, qo`shib, majmuasini yaratib, ulardan moddiy jihatdan katta sarf harajat talab qilmaydiganlarini topib, samarali uslubiyotlardan foydalanish bilan qo`yilgan maqsad va vazifalarni hal qilishda muhim rol o`ynaydi.

Jismoniy madaniyat - jamiyat a`zolarini jismoniy barkamolikka erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun yaratilgan moddiy, ma`naviy boyliklar va ulardan foydalanishning maxsus vositalari, uslubiyotlari va sharoitlarini yaratish hamda ulardan ratsional foydalanish bo`yicha erishilgan yutuqlarning majmuasidir. Jismoniy madaniyat muayyan tarixiy sharoit mahsuli, xalq boyligi va mulki bo`lib, shaxsni har tomonlama barkamolligining mushtarak majburiy sharti bo`lib qolaveradi.

Jismoniy madaniyat - umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanib, inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasidir. Mavjud jamiyatning jismoniy madaniyati holatini asosiy ko`rsatkichlari: odamlarning sog’lomligi va jismoniy chiniqganligi, jismoniy madaniyatning tarbiya va ta`lim sohasida, ishlab chiqarishda, turmushda o`rni, unga amal qilinayotganligi, sportdagi yutuqlar va hokazolardir.

Jamiyat a`zosining jismoniy madaniyatga egaligi, jismoniy - madaniyatlilik, jismining sur`ati, siyrati bilan kundalik turmushiga jismoniy madaniyatni sing- dirilganligi darajasi bilan jismoniy salomatligi, jismoniy yetukligi, barkamollikka erishish uchun moddiy-texnik bazadan zaruriy darajada foydalanayotganligi, jismining harakat - sifatlarini rivojlanganligi, unga biologik yoshi tomonidan qo`yilgan talablarga javob bera olishi, STT odobi hamda uning udumlariga oid hayotiy-zaruriy malaka va ko`nikmalarga egaligi, o`qishdagi, mehnatdagi o`zaro muloqotlari, munosabatlari, axloqi, o`zini tutishida namoyon bo`ladi.

Jismoniy yetuklik - inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi, tashqi ko`rinishi va uning xizmatining o`zgarishi, jismning imkoniyatlarini nisbatan yuqsori darajaga ko`tarishi, bartqarorlashishi va asta- sekinlik bilan pasayishidek fazalar, jismoniy rivojlanganligiga oid nasldan-naslga o`tadigan, avlodlaridan meros tabiiy-hayotiy kuchlarining darajasi tushuniladi va ular tabiatning ob’ektiv qonuniyatlari asosida sodir bo`ladi. Jismoniy barkamollik - jismoniy salomatlikni talab darajasidagi me`yori, inson jismining harakat fazi- latlarini har tomonlama yuqori darajada rivojlanganligi va tayyorgarligi, mavjud jamiyatda ularni shakllantirishni ob`ektiv imkoniyatlari hamda sharoitlarini yuzaga kelmaganligi sababli real haqiqatga aylanmay abstrakt g’oyaligicha qolgan, yuqori jismoniy yetuklik darajasi haqidagi tarixan shakllangan tasavvur tushuniladi.

Amaliy jismoniy madaniyat - bevosita kasb-hunar faoliyati sohasi hamda undan kelib chiqadigan talablar, ijtimoiy mehnat sharoiti bilan bog’liq maxsus jismoniy tayyorgarlik tizimi bo`lib, kasb-xunar egasining kasbiga oid harakat malakalari va ko`nikmalari hamda STT madaniyatini o`z ichiga olgan amaliy jarayon tushuniladi.

Jismoniy tarbiya - ko`p yillik pedagogik jarayon bo`lib, inson jismining formasi va funksiyasini jismoniy mashqlar, sport, STT jismoniy madaniyati hamda tabiatni sog’lomlashtiruvchi kuchlari, gigienik omillar orqali shakllantirshni o`z ichiga oladi.

Jismoniy tarbiya tizimi - tarixan shakllangan ijtimoiy idora (boshqaruv) turi bo`lib, aholining jismoniy kamolotini ta`minlash, uning xususiy xizmatiga kiradi. Bu aholi jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi tashkilot va muassasalarning shuningdek, g’oyaviy, ilmiy - uslubiy, dasturiy normalari asosini o`zida mujassamlashtiradi.

Jismoniy sog’lomlik — jismoniy mashqlar va ommaviy sport bilan STT jismoniy madaniyat mashg’ulotlari davomida tizimli shug’ullanish orqali yoki jismoniy yetukligi darajasidagi harakat faolligiga egalik, organizmni tashqi muhitning noqulay oqibatlari va kasalliklarga qarshi tura olishi, turmush, hayotiy

faoliyatlarning talablariga normal munosabatda bo`la olishini o`z ichiga oladi. Sport - jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, STT jismoniy madaniyatining vositasi, qadimgi yunonlarning so`zi bo`lib, «musobaqalashaman», «kuch sinashaman» degan ma`noni beradi. Sport «o`quv predmeti», «ommaviy- sog’lomlashtirish sporti», «katta sport» deb xillanadi hamda jamiyat manfaati uchun xizmat qiladigan faoliyat bo`lib, inson jismi, unga bog’liq bo`lgan qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish vositasidir. Bolalar sporti - o`quv- tarbiya jarayoni qonuniyatlariga bo`ysunadi, o`quv fani sifatida umumiy ta`lim maktablari o`quv rejalari va dasturlariga qisman kiritilgan, bolani sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatini maqsadli yo`naltirib, optimal harakat faolligiga erishish, jismi etukligi uchun zarur bo`lgan jismoniy tarbiya vositasidir.

Yoshlar sporti - uning mazmuni atalishi bilan ifodalangan, chegarasi yosh gruppasi bilan belgilanadi, asosan katta maktab yoshi, kasb-xunar kollejlari, bakalavriyatning talabalarini sport mahoratini oshirish va katga sportga zahira tayyorlash vazifasini o`taydi.

Kattta sport - inson jismining madaniyatiga egalikning eng yuqori darajasi, yuqori mahorat bilan namoyon qilinadigan faoliyati, boshqachasiga «oliy maqomdagi harakat» akti hisoblanadi. Ishlab chiqarishsiz, moddiy ne`mat yaratish bilan bog’lanmagan, o`quv tarbiya jarayoni qonuniyatlariga bo`ysundirilgan organizmning «jismoniy fazilatlariga» katta talablar qo`yadigan ko`p yillik pedagogik jarayon.

Ommaviy sport - STT jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi, sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining yetakchi vositasi, yuqori sport natijalariga erishishni nazarda tutmaydigan, bo`sh vaqtini aktiv dam olish, sportga bo`lgan qiziqishini qondirish maqsadida, layoqati shu sport uchun yetarli yoki yetarli emasligini e`tiborga olmay shug’ullanish imkoniyati bo`lgan sport mashg’ulotlari shakli.

Sport tayyorgarligi- jismoniy madaniyatga egalik, jismoniy yetuklik va barkamollikka erishishning mutaxassislashtirilgan pedagogik yo`nalishi bo`lib, tarbiya tizimining manfaatiga xizmat qiladi va sportchini nazariy, ruhiy,

umumjismoniy, maxsus jismoniy, sport turi texnikasi, taktikasi bo`yicha hamda ma`naviy-ma`rifiy tayyorgarligini o`z ichiga oladi.

Razminka - razminka organizmni «ishga kirishish»ga tayyorlaydigan maxsus tanlangan mashqlar kompleksi bo`lib, u har qanday aqliy, jismoniy mehnat yoki sport mashqi va sport musobaqasini boshlashdan oldin o`tkaziladigan maqsadli yo`naltirib tashkillangan mashg’ulot turi. Razminka mashqlari sportchi organizmining funksional imkoniyatlarini oshiradi, uni bo`ladigan ishga tayyorlaydi, maksimal ish qobiliyatining yuzaga kelishi uchun sharoit yaratadi.

Razminka mashqlari ta`sirida markaziy asab tizimining qo`zg’aluvchanligi optimal holatga ko`tariladi; moddalar, gazlar almashinuvi asta-sekin kuchayadi; oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari tezlashadi; depolardan qon aylanishi tizimiga qon chiqishi natijasida uning tarkibida qon tanachalarining soni ortadi; gemoglobin miqdori ko`payadi; nafas tizimlarining funksional holati kuchayadi; teri bezlarining ishi ortadi; asab tizimi va harakat reaksiyasining vaqti qisqaradi.

Har qanday jismoniy, aqliy mehnat yoki sportning tanlangan turi bilan hamda turli xil kuch sinashuvlar, bellashuvlar va musobaqalar oldidan, organizmni xizmat faoliyatini yuqori yuklamadagi ishlarga tayyorlash maqsadida o`tkaziladigan maxsus, maqsadli, yo`naltirilgan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’uloti.

STT jismoniy madaniyati tarkibida sport - Jismoniy tarbiya tizimi tarixan shakllangan ijtimoiy birlashgan tipi bo`lib, xususiy xizmatiga aholining jismoniy kamolotini ta`minlash kiradi. Bu g’oyaviy, ilmiy - uslubiy, dasturiy normalar asosini shuningdek, aholi jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi tashkilot va muassasalarnshg mujassamligidir.

Sportning ahamiyati - avvaliga sport so`zining ma’nosi o`yinni ifodalagan, turli xildagi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish orqali musobaqa predmeti sifatida ko`ngil ochish vositasi deb qaralgan. XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib, yuqori natijalarga erishish maqsadida yoki musobaqalarda g’olib bo`lish, shuningdek, dam olish va xalqning ko’ngil ochishi faoliyati sanalgan.

Shuning uchun ayrim hollarda unga hayotiy - amaliy ahamiyatga ega bo`lmagan, bilim berish, tarbiyalash vazifalarini hal qilishga loyiq bo`lmagan narsa kabi baholangan.

«Sportchi» so`zi talaffuz qilinganda faqat kuchli, chaqqon, chidamli va qaddi-basti kelishgan, to`g’ri so`z, ruhan tetik, bag’ri keng, nolishni bilmaydigan, o`zining yutuqlaridan mag’rurlanib ketmaydigan, og’ir holatda g’am o`zini hotirjam tuta oladigan, o`ziga-o`zini bo`ysundira olgan, o`zidan ustun kelganga ochiq ko`ngillik bilan «tan» bera oladigan, nohaqliklarni ko`rsa, unga ko`z yumib keta olmaydigan, xushchaqchaq yigit yoki qizni ko`z oldimizga keltiramiz. Ular boshqalarni hurmatini o`z o`rniga qo`ya oladigan, faqat chiroyli harakatlarini bajarish malakasiga ega bo`lmay, hissiyotlarini ham boshqara oladiganlardir, -deb yozadi A.A.Ter-Ovanesyan, 1967, o`zshshng «Sport» deb nomlangan monografiyasida.

Sport mashg’ulotlarining vazifalari - sport trenirovkalari va musobaqalarda hal qilinadi. Sport trenirovkasi jarayonida organizmning shakl-shamoili va xizmati o`zgaradi, jismoniy rivojlanganligi va jismining tayyorgarligi yaxshilanadi. Shug’ullanuvchilar sport mashqlarining texnikasi va taktikasini, boshqa kasbiy- amaliy malaka va ko`nikmalarini hamda maxsus bilimlarini egallaydilar.

Sport mashg’ulotlari belgilangan ruxiy, emotsional eng asosiysi intellektual tayyorgarligiga ta`sir ko`rsatadi. Sport mashg’ulotlarining yetakchi vazifalari:

jismoniy rivojlanganligini yaxshilash va salomatligini mustahkamlash orqali jismoniy tayyorgarligini ta`minlash;

sport va boshqa jismoniy mashqlar texnikasiga ega bo`lish orqali - texnik tayyorgarligini ta`minlash;

sport taktikasini egallash orqali taktik-tayyorgarligini ta`minlash;

qator bilimlarga o`qitish bilan — nazariy, ruhiy tayyorgarligini ta`minlash; intellektual, ruhiy, emotsional va boshqa belgi-langan xususiyatlarni rivojlantrish orkali - ruhiy tay-yorgarligini ta`minlash (14-1 rasmga qaralsin) yo`lga

qo`yiladi.

Qayd qilingan sport turlari bilan shug’ullanish mashg’ulotlaridagi vazifalar mazmun va moxiyatiga ko`ra asosan sport mahoratini oshirish maqsadidagi mashg’ulotlarda, ommaviy sport turlari orqali STT jismoniy madaniyatimashg’ulotlari va sog’lomlashtirish tadbirlarida xal qilinadi.

STT jismoniy madaniyati, uning yetakchi atamasi sanalgan

«sog’lomlashtirish trenirovkalari», «sog’lomlashtirish mashqlari»ning ilmiy asoslangan ta`rifi bo`lmagan, hozirgacha ham yo`q. Lekin qator mualliflar bu tushuncha yoki atamaga o`zlarining fikrlarini bildirmoqdalar. Masalan,

«aerobika»ning asoschisi K.Kuper turg’un, o`zgarmas oddiy holatdaligimizda kislorod sarfi bilan bajariladigan (aerob) harakatlarni sog’lomlashtiruvchi yuklamalari deb nomlash zarurligini uqtirmoqda. Sog’lomlashtirish maqsadidagi yuklamalar trenirovkalar davomida yagona umumiy xususiyatga ega bo`lishi, ularning hajmi va intensivligi bo`yicha me`yoridan kuchli zo`riqish talab qiladigan darajada bo`lmasligi, bunday yuklamalarni organizmga mosligi, tanamiz resurslari zahirasini tugatib qo`ymaydigan, organizmni rivojlantiradigan, takomillashtiradigan nafi bo`lishi lozim.

Sog’lom turmush tarzi madaniyatiga egalarning organizmida odatga aylangan mashg’ulotlar natijasida alohida biologik aktiv moddalarning yuzaga kelayotganligini aniqlanishini ilmiy isbotlanishi oxirgi yo’llardagi tadqiqotlarning yutug’i deb sanaladi. Ular organizmni turli xildagi kasalliklar, tashqi muhitning zararli oqibatlariga qarshi tura olishini - himoya funksiyasini yaxshilanishi bilan ham foydali ekanligi ko`rinib turibdi.

Ayniqsa, miyadagi ayrim o`zaro uzviy tuzilmalar, ya`ni alkogol va narkotiklar singari ta`sir etuvchi og’riqqa monand hissiyotlarni beradigan registorlar bilan o`zaro faoliyatga birlashib, tabiiy xursandchilik holati, xush kayfiyat, bag’ri kenglik, fikrlashning tiniqlashgani yoki uning teskarisidek tabiiy qo`zg’alishlarni yuzaga keltiradi. Bunga o`xshash holat tizimli sog’lomlashtirish trenirovkalari bilan shug’ullanayotganlarda ham yuzaga keladi. Bu fiziologik

protsess bo`lib, jismoniy mashqlarni shug’ullanuvchi organizmidagi yaratuvchanligi bilan bog’liq. Qonda yuzaga kelgan endofrinlar alkogol va narkotik orqali hosil bo`lgan patologik qo`zg’atuvchilarni bloklab asta - sekin siqib chiqaradi. Jismoniy mashqlarni inson organizmidagi zararli holatlarga nisbatan o`ziga xos roli ham shundan iborat.

Salomatlik trenirovkalari bilan shug’ullanuvchilar ayrim holatlarda sportchilar uchun ham salbiy ta`sir etuvchi eng ko`p uchraydigan, ayrim holatlarda yashirin kechadigan yuqumli kasalliklarni yuqishi haqida ham ma`lum bilimlarga ega bo`lishni taqozo etadi.

Xronik angina, tishlar kariesi, furunkulez, o`t pufagidagi infektsiyalar va boshqa kasalliklar o`zini sezdirmay rivojlanayotganini bilmay mashq qilishni oqibati yomon bo`lishi mumkin. Jismoniy yuklama yoki harakat faolligi tabiiy ravishda organizmda qon aylanishini tezlashtiradi, bu o`z navbatida yashirin kechayotgan yuqumli kasallik mikroblarini joyidan yuvib, tez oqayotgan qon tarkibida boshqa organlarga tarqatadi. Yangi kasallik o`choqlarini yuzaga keltirishi mumkin. Qolaversa, organizm xronik kasalliklar paytida o`zining himoya energiyasini kasallikka qarshi sarflayotgan paytida o`sha energiyasini muskul ishiga (mashq bajarishga) sarflashga to`g’ri kelishi organizmni funktsiyasining pasayishiga sabab bo`ladi. Natijada jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish orqali yuzaga keladigan sog’lomlashtirish effektini bermasligi mumgan. Salomatlikka ziyon yetkazishi aniq. Ayrim holatlarda yurak, buyrak, o`t pufagi va boshqa organlarda hosil bo`lgan yoki yashirin kechgan kasalliklarni jismoniy mashq bilan shug’ullanish orqali sodir bo`lgan kasalliklar deb qabul qilinib, mashqlarni to`xtatilishi ham sodir bo`ladi.

Har bir STT jismoniy madaniyatining sohibi, ongli ravishda, ixtiyor qilib, salomatligini jismonyy mashkdar bilan shug’ullanish, sog’lomlashtirish trenirovkalari orqali amalga oshirishni maqsad qilib qo`yibdiki, o`zidagi mavjud xronik kasalliklarini davolamay, bunday mashg’ulotlarni boshlashni oqibati haqida puxtaroq o`ylashi maqsadga muvofiq.

Ko`p uchraydigan, yo`l qo`yiladigan xatolardan biri davolanib ulgurmay, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni boshlab yuborishdir, natijada gripp, angina, o`tkir respirator kasalliklari vujudingizni tark etmaydi. Subektiv salomatlik


  • «klinik» deb nomlanadi, tuzalgandeksiz, lekin har doim ham «anatomik» sog’lomlik (tuzaldi)ga muvofiq kelmaydi. Ayrim holatlarda shoshilib mashg’ulot- larga kirishish hali kasallikka qarshi kurashib o`zining quvvati zahirasini tiklab ulgurmagan jismimizni zo`rlash demakdir. Kasallikdan so`ng ayrim to`qima va hujayralar o`z funktsiyasini tiklab ulgurmaydi.

«Universiada» g’olibi anginani o`tkazib ulgurmay shoshilib trenirovka mashg’ulotlarini boshlab yuboradi. Shoshilish natijasida yurak mushaklari shikastlanib, turg’un aritmiyaga yo`liqadi. So`ng ikki oylik kuchli davolash kursini o`tishga majbur bo`ladi. Sportda yuqori natijalar ko`rsatish davri - «sportdagi karyera» sini endi 2 yilga orqaga surishga majbur. O`tkir yukumli kasalliklardan so`ng ma`lum muddat sog’lomlashtirish trenirovkalari to`xtatiladi. Klinik davolashdan so`ng kasallik alomatlari (yo`tal, tana haroratini ortishi, og’riqlar) to`la yo`qolgandan so`nggina mashqlanishni boshlash mumkin. Bu muddat, masalan, anginadan 4-10 kundan so`ng, bronxit, virusli infektsiya, oshqozon, ichakdagi buzilishlardan so`ng 6-8 kun o`tkazib, o`pkaning shamollashi, dizenteriyadan so`ng kamida 18 kundan , miyani chayqalishi, o`tkir revmatizmdan so`ng 30 kun o`tkazib, shug’ullanishga ruxsat berish mumkin.

Albatta kasalliklar har kimda turlicha kechadi. Qayd qilingan kunlar taxminiy, faqat vrach ruxsatidan so`nggina shug’ullanishni boshlashi mumkin.

Xulosa qilsak, «Sog’lomlashtirish trenirovkalari» paytidagi jismoniy yuklamalar yashirin kechayotgan kasalliklarni o`tishini kechiktirishi, ularni og’ir kechishiga sabab bo`lshni mumkinligi haqidagi bilimlarimiz boyidi. Shu bilan birga vrach nazorati zaruriyatdir.

Trenirovka mashg’ulotlarining sog’lomlashtirish effektini muhim faktori, chegara hisoblanmagan yuklamalar shartiga rioya qilish. Shuning uchun birinchi darajaga yuklamani hajmi va intensivligini qat`iy dozalash muammosi chiqadi. Bu

muammoni hal qilish odam organizmidagi energetik jarayonning miqdorini va uning sifatini nazariy taxlil qila olish bilimini talab qiladi. Shuning uchun muskul bioquvvatini o`rganish muammosi mavjud bo`lib, uni hal qilish ustida tadqiqotlar yo`lga qo`yilgan.

Sog’lomlashtirish trenirovkalaridagi jismoniy mashqlarning ijobiy ta`siri faqat inson organizmining eng muhim organlari va tuzilmalarining funksiyalarini yaxshilashidagina emas, balki mashqdan so`ng bardamlik, kayfi chog’lik, xush hollikni qo`shishidadir. Bu o`z navbatida aktivlik (tonus) energiyasini qo`zg’atish, organizmning tashqi muhitning turli noqulay omillarining ta`sirlariga, jumladan, yuqumli kasalliklarga chalinishini oldini olish, kasallikni yengish, chidamlilikni oshirish va boshqalarda o`zining samarasini namoyon qilmoqda.

Hozirgi kundagi ilmiy tadqiqotlar, maxsus adabiyotlar, qarshi va uni oldini olish muammosini o`rganish natijasida «ko`pchilik bevaqt, belgilangan muddatdan oldin o`lib ketayotganligi» haqidagi asosli dalillar, ma`lumotlarni keltirmoqdalar va uning sabablari haqidagi xulosalarni bermoqdalar.

Eng avvalo, tabiiy fiziologik va patologik qarilik, ya`ni organizmning keksayishidan kelib chiquvchi, uning barcha organlari va tuzilmalari faoliyati, birinchi nav-batda, markaziy asab tizimi faoliyatining funktsiyasini sustlashshpi natijasida vujudga keladigan bevaqt, muddatidan oldin qarish mavjudligi aniqlandi. M.M.Mirraximov,T.S.Meymanalievlar boshchiligidagi bir guruh olimlar 1985- 1990 yillardagi olib borgan tadqiqotlari orqali hozirgi 20-59 yoshdagilar organizmining ko`pchiligi salomatligi, jismoniy rivojlanganlIgi, jismoniy yetukligi haqidaga bilimlari zahirasi o`ta past bo`lib (-3-7% atrofida), jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, me`yorli harakat faolligidan foydalanib yashash, uzoq va sog’lom yashash vositasi ekanligidaligini bilmasligidan, degan xulosaga keldilar.

Mashxur xirurg professor Razumovskiy Qozon universitetida o`zi ishlab salomatligini nazorat qilib turgan 15 ta professorni bevaqt o`lib ketganligini yozib, unga sabab qilib, aqliy mehnat ahli asosan o`tirib ishlashi oqibatida turmush tarzi lozim darajadagi harakat faolligi orqali kechmaganligida deb ko`rsatdi.

Hozir bir necha asr avval ham harakat, jismoniy mehnat uzoq umr ko`rishda, kasalliklarning, ayniqsa, katta yoshdagi kishilarga xos bo`lgan gipertoniya kasalligining , stenokardiyani, atterosklerozning oldini olishdagi ijobiy ta`siri isbotlangan.



Yüklə 103,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin