Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni



Yüklə 103,79 Kb.
səhifə12/23
tarix14.05.2022
ölçüsü103,79 Kb.
#57897
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o`rni

Psixologik barqarorlik. Ruhiy bardoshlilik - ruhiy chidamlilik, ruxiyatga ta`sir etib turuvchi omsillarga chidab borish, salbiy ta`sir etuvchi omillarga javob berishdan oldin ruhiyatni tinchlantirish, tashqi ta`sirotlarni yaxshilik bilan yengib o`tish, muammolarni vaqtida xal etish, yomon illatlardan uzoqroq yurish, yaxshi his-hayajonga ega bo`lshi, bo`lib o`tadigan voqea-hodisalarni to`g’ri qabul qilish, mumkin bo`lmagan narsalardan voz kechish holati.

Psixogagaenlik layoqatlilik - asabni asrash, o`ziga xush yoquvchi narsalarga yondashish, asab berma sistemasi bardosh olmaydigan ishlarga qo`l urmaslik, insonning bosiqligi, xushmuomalaligi, har bir ishni va har bir so`zni o`z o`rnida qo`llash, asab sistemasi uchun foydali bo`lgan jihatlarni o`ylab topish, muammolarga berilmaslik, asabiylashmasdan saqlanish, bexavotir yashash, kam o`ylash, bajara olishi mumkin bo`lgan ishlarga qo`l urish, asab sistemasi chidashi mumkin bo`lgan ishlarda qatnashish xususiyati.

O`z «men»iga egalik - insonning shaxs sifatida gavdalanishi, o`z fikrida qolishi, ya`ni fikrini o`zgartirmaslik, birovlarga tobe bo`lmaslik, irodali, insonparvar, qo`rqmas, har bir ishga tik boruvchi. o`ziga javob bera oladigan, mas`uliyatli, fikrlash qobillyati keng, nutqi teran, har bir ishga tez kirishadigan mustaqil shaxs, maqsadga erishuvchi inson xususiyati.

Mas’uliyatlilik - ishonch qozonuvchi, talabni qondiruvchi, topshiriqni vaqtida bajaruvchi, teran fikrlaydigan, javobgarlikni his eta oladigan, o`z ishini boshqalarga ishonmaydigan, bugungi ishni ertaga qo`ymaydigan, oriyatli, vijdonli,

insonparvar, madaniyatli, ingiluvchan, matonatli, o`zgalar ishonchini oqlaydigan pok inson.

Ijtimoiy munosabatlarda layoqatlilik - o`zgalarni hurmat qilish, o`zini jamoadan ustun qo`ymaslik, xushmuomalalik, boshqalar ishonchini oqlash, jamoa ishlaridan bosh tortmaslik, insonparvar va o`zaro yordamga doim tayyor bo`lish, o`zaro ishonchli, topshiriqlarni vaqtida bajarish, rostgo`ylik, talabchanlik, irodalilik, ruhan pok, vijdonli, gigienik madaniyatga ega, o`zgalarni tinglash qobiliyatiga ega bo`lish.

Inson salomatligi bu - eng avvalo uning ruhiy va fiziologik sifatlarini rivojlantirish, umrning maksimal davomiyligida maqbul darajadagi ishchanlik qobilyati va ijtimoiy faollikni saqlab qolishdan iboratdir. Ko`pgina olimlarning fikricha, inson organizmining funksional imkoniyatlari va ularning tashqi muhitdan bo`ladigan noxush omillarga barqarorligi butun umri davomida o`zgarib turadi, negaki salomatlikni saqlash - jo`shqin jarayon bo`lib, u yosh, jins, kasbiy faoliyat, yashash muhitiga bog’liq holda yaxshilanib (salomatlik bo`shashib yoki mustahkamlanib) boradi.

Odam hayoti, sog’lig’i - eng katta ijtimoiy boylikdir. Bu oila, maktab va inson tarbiyasi, kamoloti bilan shug’ullanuvchi maskanlar oldiga psixologik barqarorlik masalasini ko`ndalang qo`adi. Millat sog’lig’i ham tabiiy ravishda, bu ko`rsatkich orqali hal etiladi.

Salomatlik odam organizmining biologik, ruxiy, jismoniy holatlari va mexnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sixat-salomatlik har bir kishi uchun baxt-saodatdir, uning mehnat unumdorligani, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir. Umumxalq mulki bo`lmish sixat-salomatlikka nisbatan ongli va mas`uliyat bilan yondashish jamiyatning barcha a`zolari turmush va axloq normasi bo`lmog’i lozim. Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun avvalo odamda ruhiy tushkunlikka chidamlilik, insonlararo psixogagaenik munosabatlarga egalik, o`z «men»iga ega bo`lish, mas`uliyatlilik, ijtimoiy munosabatlarda layoqatlilik mavjud bo`lish muhimligi

e`tiborga olinib, talabalarda shu fazilatlarni shakllantirish talab etiladi. Millat sog’lig’i ham tabiiy ravishda, sog’lom turmush tarzi orqali hal etiladi.

Talaba bshlarning shaxsiy va umumiy gigiena talablariga qat’iy rioya qilishlari, tibbiyot haqida ma`lumotga, muomala madaniyatiga ega bo`lishlari, oilaviy hayotga tayyorgarliklari, to`g’ri va sifatli, funksional ovqatlanishga odatlanishlari, shaxsiy salomatlikni saqlashga mas`uliyatli yovdashuvlari hamda psixogigien talablariga qat’iy amal qilishlari sog’lom turmush tarzi ko`nikmalariga ega bo`lishlari haada sog’lom turmush kechirishlarida muhim ahamiyatga ega.

Talabalarning sport turlariga qiziqishlari, muayyan sport turi bilan doimiy shug’ullanishlari, jismonan va ruxan sog’lom bo`lishlari ularning jismoniy madaniyatga ega ekanligini belgilovchi mezonlar hisoblanadi.

Yoshlarda zararli odatlarga qarshi immunitetning mavjudligi ularnning kashandalikka va ichkilikbozlikka qarshi murosasizliklari hayotda OITSga oid bilimlarga ega bo`lishlari bilan belgilanadi.

«Turmush tarzi» tushunchasining istilohi o`tish asrning ikkinchi yarmidan bopshab ijtimoiy-falsafiy fanlarning tarkibining talqin qilina boshlanishdagi, tushuncha tarzidagi evolyutsiyasi esa dastlab Sharq mamlakatlari ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-estetik fikrlari mazmunida ifoda topganligi, keyinchalik tushunchaning negizi (asosi) antik davr falsafasida ko`p uchraganligiga oid fikrlar dalil sifatida mavjudligi sir emas.

Sog’lom turmush tarzi fenomeni dastlab tibbiyot fanining otasi Gippokrat o`zining

«Sog’lom turmush tarzi» risolasida tibbiy nuqtai nazardan o’rgangan.

Risolada inson jismining salomatliligi i tashqi muhitning omillari - iqlim, tuproq, suv, kishilarning hayot yo`sini, jamiyat qonunlari, sog’lom turmush tarzi uchun zaruriy sharoitlar bilan bog’lagan.

Demokrit esa jamoa a`zolarining moddiy ehtiyoji faqat turmush tarzini emas, jamiyat taraqqiyotida ro`y beradigan barcha o`zgarishlarni tub sababchisi bo`lishi mumkin, degan fikrni ilgari surgan.

Yunonistonda tana maqomi davlat qonunlari doirasida inson jismi

madaniyati talablariga muvofiq qat’iy muhokama qilingan, jismoniy barkamollikka intilish shaxs kamolotining eng asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblangan, avlod- ajdodining tana, qaddi-qomati qanchalik go`zal bo`lsa, uning o`zi ham shunchalik komillashib boradi, degan g’oya ustivor bo`lgan.

Qisqa muddatli tariximiz va uning davlatchilik tuzimi, ilm-ma`rifatli, kasb- xunari bo`yicha boshqalardan kam bo`lmagan, mehnatni qo`l uchida emas, sidqidildan, yurak qo`rini berib, shijoat, matonat bilan qiladigan farzandlarga muhtojligini ko`rsatdi.

«Azal-azaldan ajdodlarimiz o`z vatanini, ona tuprog’i va xalqning yomon ko`z, balo-qazodan asrashga qodir, zarur bo`lsa, bu yo`lda jonini xam fido qilishga tayyor azamat o`g’lonlarini voyaga yetkazish orzusi bilan yashaganlar».

Mo`tabar bobolarning bebaho tajribalariga tayanib, farzandlarning turli ko`rinishdagi taxdidlar va tajovuzlarga nisbatan o`z fikrlari bilan yashashga, ish ko`rishga o`rgatishgan. Ularning ma`naviy shakllanishlari uchun ta`lim va tarbiyaga ulug’, nurli maqsadlar qo`yilgan. Xalqimizga xos mexr-oqibat, muruvvat, himmat kabi yuksak fazilatlar — o`zining oilasi, el-yurtining boshiga tushgan qiyinchiliklarni bir-biriga yelkadosh bo`lib yengishdek, qadriyatlar asosida tarbiyalaganlar.

Hayot chorraxalarida ilm, madaniyat, san`at va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy sohalarda erishilgan va erishish zaruriyat hisoblangan yutuqlarimiz shu kunga kelib yigit-qizlarimiz jismining yetukligi va jismoniy kamolot darajasi yuqori bo`lishi bilan uzviy bog’likligini isbotlab qo`ydi.

Xalqimiz , davlatchiligimizning o`tmishga oid tarixi sahifalarining guvoxlik berishicha, xar doim ham yurtimiz h farovonligi, uning rivojlanishi doimiy ravishda bir tekis kechmaganligi, uning zafarli qadamlarining og’irligi yoshlar, ularning jismoniy barkamolligi zimmasiga tushganligini ko`rsatdi. Katta xunrezliklar, besamar qon to`kilishini oldini olish, el-yurt, millat, xalq taqdirini hal qilish ikki raqib tomonning taniqli paxlavonlari, jismonan kamolotga erishish erlarining jangdan oldinga uyushtirilgan yakkama-yakka mardonavor olishuvlari

orqali hal qilinganligi ham tarixiy haqiqat. Qayd qilinganlarning barchasi millatimiz, xalqimiz, jismoniy kamolotining darajasiga borib taqalgan.

Inson jismi yetilishganing yuqori bosqichi jism barkamolligi bo`lib, u abadiy tushunchadir. Mushak va qo’llarning bo`y-basti, qaddi-qomati, vazni, harakatlarining o`ziga yarasha, jismining tashqi ko`rinshi, vujudidagi harakat fazilatlarining yetakchilari sanalmish tezkorligi, chidamliligi, chaqqonligi, bo`g’inlarining harakatchanligi va mushaklarining mashqlanganligi, tarbiyalanganligi orqali ko`zga tashlanadi, namoyon bo`ladi.

Jisman barkamollikka erishish, uzluksiz, doimiy mehnat jarayoni bo`lib, mashqlanish, ommaviy sport bilan shug’ullanishga turmush tarzi tarkibidan vaqt va o`rin ajratish, STT jismoniy madaniyatining nazariy bilimlari hamda amaliy malakalari bilan bog’liq.

Hozirgi kunga kelib, yoshlarni jismoniy rivojlantirish va jismoniy tayyorgarligini yanada takomillashtirishning mavjud amaldagi modeli davr talabi darajasida emasligi Prezidentimiz tomonidan hamda xukumat qarorlari, ko`rsatmalari orqali bir necha bor ta`kidlanmoqda. Uning davr talabiga javob beradigan majmuasini, yoshlarning STT jismoniy madaniyati asosini yaratish, nazariy bilim, amaliy malaka va ko`nikmalarni boyitish, ularni takomillashtirish hozirgi kunning muammolaridan biri hisoblanadi. Uni hal qilish jismoniy madaniyat ta`lim-tarbiyasining eng ilg’or milliy va umumbashariy bilimlari, tajriba, an`ana, qadriyatlariga tayanadi, ularni o`zida mujassamlashtiradi hamda mavjud jismoniy yetuklik, jismoniy barkamollik modelini ma`naviy boy avlod tarbiyasi jarayonida tag zamin sifatida foydalanadi.

STT jismoniy madaniyatiga konsepsial qarashining mazmuni Prezidentimizning yosh avlod kelajagi, uning jismoniy madaniyatliligi darajasi, unga egaligi, el-yurt farzandlariga daxldor bo`lgan barcha chiqishlari va qator asarlari, qo`llanmalari, risolalarida o`z ifodasini topgan.

Ayniqsa, yurtboshimizning mamlakatimiz yoshlariga bag’ishlab, ularni avaylab-asrash ruhi bilan sug’orilgan «Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch» asari

bashariyat axli tomonidan hozirgi kunda ham e`zozlanayotgan zabardast bobolarimizning xayot tarziga yetarlicha baho bergan. Ularning matonati, yashashda to’g’ri yo`l tanlay olishi, umrning mazmunini nimagadir bag’ishlashi, yashashdan maqsadning ma`nosini anglashdagi fahm-farosat, ilm-fandaga jasoratlari, aql-zakovatlari, zamondosharining ular uchun qilgan zulmlari, sun`iy yaratgan qiyinchiliklarga qarshi ko`rsatgan mardliklari ilmiy, nazariy, amaliy isboti bilan ifodalangan. Bobolarimizning o’rnakka arzigulik bo`lganligi, hayotdagi holatlar uchun deallarni chetdan izlamaslikka ishora qilgan. Ularning yashash tarzi, hayoti milliy ma`naviyatamiz shakllanishining yetaxchi vositasi hisoblangan muqaddas dinimizning ulug’ kitobida bayon qilingan «To`rt muchasi sog’larni» Yaratganning o`zi yoqtirishiga amal qilib yashaganliklarini ta`kidlagan.

Tarixiy asarlar qatoridan joy olishga arziydigan bu asarda, zakovatli bobolarimizni faqat ilm-fandagi, madaniyat, san’at, adabiyot, ijtimoiy sohaning barcha o`zanlaridaga erishgan yutuqlaridan tashqari odamiylik, insonparvarlik, vatanining sodiq farzandlari sifatidagina emas, o`z jismlarining barkamolligi, mustahkam salomatlik sohibi, jismonan yuksak shaxslar bo`lganliklari haqidagi dalillarni o`rinli bayon qilgan.

Ularning kam harakatlanish, mehnatdan qochish, dangasalik, me`yoridan ortiq taom tanavvul qilish, uxlashning salbiy oqibatlari, pala-partish hayot kechirish haqidagi fikrlari hali qator ishlar o`z ahamiyatini yo`qotmaydi.



Yüklə 103,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin