Aralash Fungsiyali Birikmalar


Xinazolon-4 va uning kompleks birikmalarini 6-Jadval



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə15/22
tarix30.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#151255
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
aRALASH FUNGSIYALI BIRIKMALAR

Xinazolon-4 va uning kompleks birikmalarini 6-Jadval
ba’zi bir fizik-kimyoviy xossalari





Birikmalar

Rangi

Molekulyar
massasi

Elementlarning miqdori (%)

Me

C

N

S

H

1

Xinazolon-4

oq

146

-

65,05
65,75

19,24
19,17

-

4,2
4,3

2

CuNO3.Xz.2H2O

To’q
yashil

306

20,63
20,91

31,14
31,37

13,75
13,72

-

3,0
2,9

3

Cu(Xz)2.3H2O

Ko’k

406

15,32
15,76

47,03
47,29

13,56
13,80

-

3,9
3,9

4

K[Cu(Xz)3.2H2O]

Siyoh
rang

571

11,41
11,20

50,33
50,42

14,53
14,61

-

3,4
3,3

5

Cu(Xz)(OXz).H2O

Och
yashil

404

16,76
16,85

47,81
47,72

13,84
13,82

-

3,4
3,2

6

Cu(Xz)(AXz).H2O

To’q ko’k

386

16,12
16,18

49,42
49,64

18,33
18,82

-

3,4
3,2

7

Cu(Xz)(TPP).H2O

Kul rang

432

14,81
14,77

50,00
49,94

12,96
12,88

7,4
7,8

3,7
3,9

8

Cu(Xz)(AAXz).H2O

Havo rang

409

16,82
16,76

51,12
51,24

16,94
16,88

-

2,9
3,0

9

Cu(Xz)(KMAXz).H2O

Och
yashil

425

15,24
15,18

50,58
50,46

16,34
16,53

-

2,8
2,9

Misli kompleks birikmalarning EPR- spektrlari o’rganilib, hosil bo’layotgan anizatrop parametrlari (g=2,221, A=13g va g=2,067) o’rganildi. Misli kompleks birikmalarni kvadratli piramida tuzilishiga ega ekanligini IQ-spektridan olingan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Hosil bo’lgan kompleks birikmalarning elektr o’tkazuvchanligi o’rganilib, kam elektr o’tkazuvchan ekanligi (18÷25 sm-1.om2.mol-1) aniqlangan [4].




2.3. Cu(Xz)(OXz).H2O - aralash ligandli kompleks
birikmasining IQ-spektri
Aralash ligandli kompleks birikmalarning IQ-spektrida koordinatsiyaga uchragan xinazolon-4 ni xarakterli chiziqlari deyarli uchramay qoladi. Koordinatsiyaga uchragan 2-oksoxinazolon-4 da esa, ligandli uchinchi holatdagi ν (NH)3 chiziqlar 3060 sm-1 oblastida kuzatilmadi. Oksoxinazolon-4 ni ikkinchi holatda 1698 sm-1 da uchraydigan ν (C=O) 23 sm-1 past chastotali sohada ya’ni 1675 sm-1 da kuzatildi. Koordinatsiyaga uchragan suv molekulalariga tegishli keng chiziqlar esa, 3400-3450 sm-1oblastida nur yutilish chiziqlari kuzatildi [26].
Misli kompleks birikmalarning EPR- spektrlari o’rganilib, hosil bo’layotgan anizatrop parametrlari (g=2,221, A=13g va g=2,067) o’rganildi. Misli kompleks birikmalarni kvadratli piramida tuzilishiga ega ekanligini IQ-spektridan olingan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.
Olingan natijalarga asoslanib, kompleks birikmaning tuzilish formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:



2.4. Cu(Xz)(AXz).H2O-kompleks birikmasining IQ-spektri

Bu kompleks birikmaning IQ-spektriga ligandning spektrida namoyon bo‘layotgan ν(NH)3 va ν(C=O)4 ga tegishli nur yutilish chiziqlari 3060 va 1695


sm-1 sohada kuzatilmadi. 3410 sm-1 oblastida ν(NH)-1 gruppaga tegishli nur yutilish chiziqlari namoyon bo‘ladi, u liganddagiga nisbatan (15 sm-1) pastgi sohaga siljigan.
ν(C=N) Aromatik xalqaga tegishli keng nur yutilish chiziqlari 1595-1620 sm-1 sohada kuzatildi. 1390 va 835 sm-1 sohada neytral ionlarining ν2, ν3 valent tebranishlariga tegishli yutilish chiziqlar kuzatildi. ν(C-O) ga tegishli yutilish chiziqlari esa, 1345 sm-1 da kuzatildi. Suv molekulalariga tegishli bo‘lgan ν(OH) 3450-3500 sm-1 oblastida keng chiziqlar tarzida namoyon bo‘ldi.
Misli kompleks birikmalarning EPR- spektrlari o‘rganilib, hosil bo‘layotgan anizatrop parametrlari (g=2,221, A=13g va g=2,067) o‘rganildi. Misli kompleks birikmalarni kvadratli piramida tuzilishiga ega ekanligini IQ-spektridan olingan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Hosil bo‘lgan kompleks birikmalarning elektr o‘tkazuvchanligi o‘rganilib, kam elektr o‘tkazuvchan ekanligi (18÷25 sm-1.om2 .mol-1) aniqlangan [27].
Cu(Xz)(AXz).H2O kompleks birikmasining elektron spektrini o‘rganish uchun, kompleks birikmani dimetilsulfooksid (DMSO) dagi eritmasini KFK-3 da to‘lqin uzunligi 315 nm dan 900 nm gacha bo‘lgan sohalarda tekshirib chiqdik.
Kompleks birikmasining elektron spektrida 340 nm va 680 nm larda nur yutilishi kuzatildi. Ligandga tegishli bo‘lgan yuitilish chiziqlari pastki sohada (290-300) nm namoyon bo‘lishi adabiyotlardan ma’lum.
Demak, kompleks birikmaning elektron spektrida namoyon bo‘layotgan 340 nm ligandni mis metali bilan birikishi natijasida yuqori sohaga (290 nm dan 340 nm gacha ) siljiganligini ko‘rsatadi ( ya’ni L→Me) [28].
Kompleks birikmasining elektron spektrida 680 nm da namoyon bo‘layotgan yutilish chizig‘i esa, ikki Big→2B2g o‘tishga to‘g‘ri keladi va kompleks birikmani piramida tuzilishiga ega ekanligidan dalolat beradi. Agar 550 nm, 680 nm va 710 nm larda chiziqlar chiqganda edi, unda kompleks birikma 1A1g→1B1g, 1A1g→1A2g va 1A1g→1E1g o‘tishlarga to‘g‘ri keluvchi yassi kvadratli piramida tuzilishiga ega deyish mumkin bo‘lar edi [31]. Lekin kompleks birikmaning elektron spektrida faqat bitta 680 nm dagi yutilish chizig‘i namoyon bo‘ldi. 550 va 710 nm lardagi nur yutilish chiziqlari kuzatilmadi. Olingan natijalar (IQ-, UB-spektrlariga asoslanib, kompleks birikmaning tuzilish formulasini quyidagicha ifodalash mumkin:



Mis(II) tuzlarini elektron spektrlari esa, yuqori oblastda (700, 775, 800 nm larda) namoyon bo‘lishi kuzatildi. Cu(NO3)2.3H2O tuzi tarkibida uch molekula suv bo‘lganligi uchun Cu(NO3)2.3H2O ni metanoldagi eritmasini elektron spektri akvo kompleksini [Cu(H2O)5]2+ chiqish oblastiga (800 nm) yaqin joyda (775 nm), [Cu(H2O)3(CH3OH)3]2++ ko‘rinishida namoyon bo‘lyapdi. Cu(CH3COO)2.H2O da bitta suv molekulasi bo‘lganligi uchun pastki oblastda (700 nm) [Cu(H2O).(CH3OH)5]2+ ko‘rinishida namoyon bo‘layotganligi aniqlandi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin