Aralash Fungsiyali Birikmalar


II BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə14/22
tarix30.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#151255
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
aRALASH FUNGSIYALI BIRIKMALAR

II BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI


2.1. Xinazolon-4 va uning kaliyli hamda natriyli
tuzlarini sintezlash
Xinazolon-4 va uning hosilalari tarkibida donor atomlarining (N, S, O) bo`lishi, ularning har xil tautomeryalarga uchrashi va shu donor atomlar hisobiga metallar bilan har xil koordinatsiyaga uchrashi ham nazariy, ham amaliy jihatdan qiziqish uyg`otadi. Xinazolon-4 oq kristal modda bo`lib, bir qancha tautomeriya holatlarida bo`lishi mumkin:

Tajribalar natijasi A:B:C=7:2:1 nisbatlarda bo`lishi aniqlangan [19].
Xinazolon-4 ni spirtli eritmada 1:1 nisbatda ishqor ta`sir ettirilib, xinazolon-
ga nisbatan eruvchan bo`lgan kaliyli va natriyli tuzlarini olish mumkin:[24]



Xinazolon-4 ni kaliyli va natriyli tuzlari spirtda yaxshi erib, och sariq rangli eritma hosil qiladi. Xinazolon-4 ning ushbu tuzlarini ustiga 3d-metall tuzlaridan kerakli miqdorda qo’shib, har xil konsentrasiyali kompleks birikmalarini sintez qilish mumkin.


2.2.Xinazolon-4 ni mis (II) tuzlari bilan uch xil tarkibli
kompleks birikmalari

Xinazolon-4 ni kaliyli yoki natriyli tuzlariga (KX) 1:1 nisbatda mis tuzlarining Cu(NO3)2, Cu(CH3COO)2, CuCl2, CuSO4 spirtli eritmasidan ta’sir ettirib, qiyin eruvchan to’q yashil rangli CuX.Xz.2H2O (X=NO3-, CH3COO-, Cl-, SO4-) cho’kma ya’ni 1:1 tarkibli oddiy ligandli kompleks birikmalari sintez qilingan [23].



Xuddi shu tarkibli (CuX . Xz . 2H2O) kompleks birikmaning (cho’kmaning) ustiga yana xinazolon-4 ni kaliyli tuzining spirtdagi eritmasidan 1:2 nisbatgacha qo’shilsa, havo rangli eritma, ya’ni 1:2 tarkibli oddiy ligandli kompleks birikmasi hosil bo’ladi. Reaksiya mexanizmini quydagicha ifodalash mumkin:





1:2 tarkibli, havo rangli Cu(Xz)2.3H2O kompleks birikmani ustiga yana xinazolon-4 ni kaliyli tuzining spirtdagi eritmasidan 1:3 va undan ham ko’proq miqdorda qo’shilganda siyoh rangli eritma, ya’ni, 1:3 tarkibli kompleks birikmasi hosil bo’ladi:

Yuqorida sintez qilingan uchala kompleks birikmalarning infra-qizil spektrlari o’xshash bo’lib, liganddagi ν(C=O) 1710 sm-1 dan 1690 sm-1 gacha kamayishi N-H bog’larini valent tebranishlariga tegishli yutilish chiziqlarini 3200 sm-1 da kompleks birikmalarning IQ-spektrlarida kuzatilmasligi xinazolon-4 ni mis metali bilan uchinchi holatdagi azot va to’rtinchi holatdagi kislorod orqali bidentat birikayotganligidan dalolat beradi [24].
1:1, 1:2 va 1:3 tarkibli kompleks birikmalar hosil bo’lganligini ranglarni o’zgarishidan, cho’kma tushushidan, elementga analiz qilish bilan hamda IQ-spektrlaridagi nur yutilish chiziqlarini intensivliklarini taqqoslash bilan aniqlash mumkin. Xinazolon-4 va uning kompleks birikmalarini ba’zi bir fizik-kimyoviy xossalari quyidagi 6-jadvalda keltirilgan.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin