Aralash Fungsiyali Birikmalar


Koordinatsion birikmalar galvanik qoplamalar hosil qilishda ishlatiladi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə12/22
tarix30.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#151255
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
aRALASH FUNGSIYALI BIRIKMALAR

Koordinatsion birikmalar galvanik qoplamalar hosil qilishda ishlatiladi. Oddiy tuzlarning eritmalari galvanik qoplamalar hosil qilishda ishlatilganda yirik kristall cho’kmalar hosil bo’lib, qoplama oson ko’chib ketadigan bo’ladi. Lekin bu maqsad uchun kompleks tuzlarning eritmalari ishlatilsa, mayda kristalli juda zich qoplamalar hosil bo’ladi.
Galvanik qoplamalar hosil qilish uchun ishqoriy metallarning sianitlari eritmalariga mis, rux, oltin va boshqa metallarning sianidli komplekslari K2[Cu(CN)3], Na2[Zn(CN)4], K[Au(CN4] qo`shiladi.
Sianli elektrolitlar zaxarli bo’lganligi uchun ularni boshqa tuzlarga almashtirish zaruratu tug’ulgan. Masalan, K2[Cu(CH)3] o’rnida misning etanolaminli kompleks tuzi K2[Cu(H2NCH2CH2OH4)] qo’llanilmoqda.
Metallarni koorroziyadan saqlashda kompleks birikmalarning ahamiyati. Metall sirtiga yaxshi yopishadigan (ya’ni kuchli adgeziyaga ega bo’lgan) koordinatsion birikma metallini eritmada va atmosferada (ochiq havoda) koorroziyadan saqlashga imkon beradi. Masala, po’lat buyum, natriy benzoat C6H5COONa eritmasi ichiga solib qo’yilsa, temir buyum sirtida ko’zga ko’rinmaydigan himoya parda hosil bo’adi. Uning tarkibi Fe[(C6H5COOH)6].(OH)3 dan iborat. Uning borligini elektronogeafik va kimyoviy usullar bilan isbotlash mumkin:
4Fe+24C6H5COONa+30H2O+3O2→24NaOH+4[Fe(C6H5COOH)6](OH)3
Benzitriazol kadmiy, rux va mis ionlari bilan suvda kam eriydigan cho’kmalar hosil qilishi sababli metallarni koorroziyadan himoya qiladi.
Eritmadagi pH o’zgarganida metall sirtida hosil bo’lgan kompleks birikmaning barqarorligi o’zgaradi; buning natijasida koorroziya tezligi ham o’zgaradi. Kumush va qo’rg’oshin metallari sirtiga kaliy uch yodid (Kl3) ning suyultirilgan eritmasi ta’sir etganida suvda erimaydigan qavat hosil bo’lib, bu qavat metallarning yanada koorroziyalanishdan himoya qiladi. Lekin bu qavat Kl ning konsentrasiyalangan eritmasida erib ketadi:
AgJ+KJ=K[AgJ3]; PbJ2+KJ=[PbJ3]
Ko’p hollarda metallar ishqor ta’siridan koorroziyaga uchraydi. Buning sababi shundaki, metall ishqor ishtirokida suvda yaxshi eruvchan komplekslar hosil qiladi, masalan: Fe+2NaOH+2H2O→Na2[Fe(OH)4]+H2
Havo kislorodi ishtirokida esa suvda yaxshi eriydigan Na4[Fe(OH)7] va Na5[Fe(OH)8] tarkibli komplekslar paydo bo’lib, temirning zanglashi tezlashadi. Ishqor konsentratsiyasi kamaytirilganda kompleks yemirilib, koorroziya sustlashadi:
[Fe(OH)7]4-→Fe(OH)3+4OH-
Po’lat zanglashini kislotali muhitda susaytirish uchun urotopin bilan kaliy yodid aralashmasi qo’shiladi. Bunda [Fe{(CH3)2NH}6]I2.I2 tarkabli, kislotada erimaydigan kompleks hosil bo’ladi.
Porfirining markaziy atomi temir (Fe2+) bo’lganida bu modda gemoxromogen deb ataladi. Gemoxromogen oqsil molekulalari bilan birgalashib, gemoglobin hosil qiladi. Qizil qon tanachalari tarkibiga kiruvchi gemoglobin o’pkadan hujayralarga kislorod va aksincha, to’qimalardan CO2 ni o’pkaga olib boruvchi transport vositasidir. Gemoglabin oqsil modda-globin va prostetik gruppa-gemdan iboratdir. Gem esa protoporfirin bilan koordinatsion bog’ vositasida bog’langan Fe(II) ionini tutgan kompleks birikmadir.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin