Aralash Fungsiyali Birikmalar


-Jadval Kompleks birikma hosil qiluvchilarning



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə8/22
tarix30.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#151255
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
aRALASH FUNGSIYALI BIRIKMALAR

5-Jadval
Kompleks birikma hosil qiluvchilarning koordinatsion sonlari



Kompleks hosil qiluvchi ionlar

Koordinasion soni

Kompleks birikmalari

1
2
3
4

Bir zaryadlilar
Ikki zaryadlilar
Uch va to’rt zaryadlilar
Besh zaryadlilar

2
3,4,6
6
7

K[Ag(CN)2], [Ag(NH3)2]X
K[MgF3], [Zn(NH3)4]X2
H2[TiCl6], K3[Fe(CN)6]
K2[NbF7], K2[TaF7]

I. Gruppa elementlaridan kaliy, natriy rubidiy, seziyning kompleks birikma hosil qilish xususiyati juda kuchsiz bo’lib, ulardan litiy va qisman natriy bir qancha kompleks birikma hosil qiladi. Lekin birinchi gruppaning elementlari mis, kumush va oltin kompleks birikma hosil qilishga nihoyatda moyil. Ular galogenlar, aminlar tarkibida oltingugurt qisman kislorod bo’lgan ligandlar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi.


II. Gruppaning asosiy gruppacha elementlaridan berilliy va magneyda bu xususiyat mavjud. II. Gruppaning qo’shimcha gruppa elementlarida bu xususiyat yanada kuchli namoyon bo’ladi.
III. Gruppaning elementlaridan B va Al faqat ftor va kislorodli ligandlar bilan barqaror komplekslar hosil qiladi. Masalan: K [BF4], Na3[AlF6]
Tarkibidagi oltingugurt va azot orqali metal bilan bog’lanadigan ligandlar Al va B bilan deyarli kompleks hosil qilmaydi.
III. gruppaning qo’shimcha elementlari skandiy, ittriy lantonoidlar ftor ioni bilan kompleks birikmalar hosil qiladi.
IV gruppaning asosiy gruppacha elementlari juda ko’p kompleks birikmalar hosil qiladi. Oddiy birikmalarda barqaror bo’lgan 4 valentli qo’rg’oshin komplekslari barqaror birikmalar hosil qiladi. Ikki valentli Sn va Pb o’z kompleks birikmalarida koordinatsion soni 6 ga teng bo’ladi.
V gruppaning asosiy gruppa elementlarini minus uch valentli holatida nomoyon qiladigan koordinatsion soni 4ga teng. Masalan: [NH4]Cl , [PH4]Cl azot boshqa elementlarining birikmalarida ligand bo’lishga intiladi.
VI gruppaning asosiy gruppacha elementlari oltingugurt, selen, tellur4valentli holatida ftor, xlor, brom va oksiftoridlar bilan barqaror kompleks birikmalar hosil qiladi.[18]
VII gruppaning asosiy gruppacha elementlari boshqa elementlarning barqaror komplekslari tarkibiga donor sifatida kiradi. KCl4, KClO3, KClO2 larni ham xlorning kompleks birikmalari deb qarash mumkin.
VIII gruppaning qo’shimcha gruppacha elementlari Fe, Co, Ni, Ru, Os, Pt juda yaxshi kompleks hosil qiluvchi elementlar bo’lib, tarkibida azot va kislorod bo’lgan ligandlar, galogenlar juda ko’p va barqaror komplekslar birikmalar hosil qiladi: [Co(NH3)4]Cl2, [Ni(NH3)4]Cl2, [Co(H2O)4]Cl2
Yuqorida keltirilgan mashg’ulotlar asosida quydagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Elementlarning kislorodli, azotli oltingugurtli ligandlar bilan kompleks birikma hosil qilish xususyati davriy sestemaning VIII gruppa va unga yaqin joylashgan elementlarda kuchli ifodalangan.
2. Katta davr elementlarida bu xususiyat kichik davr elementlariga qaraganda kuchliroq namoyon bo’ladi.
Inert gazlarning va ularga yaqin joylashgan I va VIII gruppalar asosiy gruppacha elementlaarining kompleks birikmalar hosil qilish xususiyati ancha kuchsiz.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin