Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni 
nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab 
chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturini 
hayotga tatbiq etishimiz zarur.
Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, korrupsiyani 
keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar oʻtkazgan tahlillar 
ham buni tasdiqlamoqda. 
Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha 
“Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot xavfsizligini 
taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish zarur. 
Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti boʻlgan faol investitsiya 
siyosatini izchil davom ettiramiz.
2019 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion soʻmlik yoki 2018 yilga 
nisbatan 16 foiz koʻp investitsiyalarni oʻzlashtirish moʻljallanmoqda. 


Bu borada toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan 
qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkaziladi. Natijada 142 ta 
zamonaviy korxona ishga tushiriladi. 
Bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi 
jahondagi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan eʼtirof etilayotganini 
alohida taʼkidlash lozim. 
Masalan, dunyodagi nufuzli 
“Fitch Ratings”
va 
“Standart & Pooʻrs”
reyting 
agentliklari birinchi marta mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini 
belgiladi. 
Ana shu reyting baholari 
“Barqaror”
prognoziga ega boʻlib, bu yaqin 12-18 oy 
davomida ushbu koʻrsatkichning pasayish ehtimoli kamligini bildiradi. 
Oʻzbekiston erishayotgan bunday reyting baholari koʻpgina rivojlanayotgan 
davlatlarga nisbatan yuqori ekanini qayd etish lozim. 
Ushbu reyting agentliklari Oʻzbekistonda valyuta, savdo va narx siyosati 
erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi institutsional oʻzgarishlar, mamlakat oltin-
valyuta va byudjet zaxirasi yetarli ekani, davlat qarzining kamligi singari omillarga 
alohida eʼtibor qaratmoqda. 
Kelgusi yilning birinchi choragida yurtimiz tarixida ilk marta Oʻzbekistonning 
suveren davlat obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga chiqaramiz. 
Bu borada biz 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin