Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Toʻrtinchidan, fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida toʻlashdan



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Toʻrtinchidan, fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida toʻlashdan 
manfaatdor boʻlishi kerak.
2019 yildan boshlab joriy etilayotgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy 
gʻoyasi soliq yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qoʻllashni koʻzda 
tutadi. Shu orqali iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va 
investorlar uchun har tomonlama qulay muhit yaratishga erishish mumkin. 


Afsuski, yalpi ichki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning ulushi katta boʻlib, bu 
mamlakat rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. 
Soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish 
“yashirin” iqtisodiyotga barham berishning yagona yoʻlidir. Shuning uchun bu 
borada taʼsirchan choralarni nazarda tutadigan alohida dastur ishlab chiqishimiz 
zarur. 
Bundan tashqari, oʻzimizda ishlab chiqarilgan va import qilinayotgan yuqori 
likvidli mahsulotlar markirovkasini joriy etish boʻyicha jadal ish olib borish talab 
etiladi. 
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida mamlakat taraqqiyotining tayanchi boʻlgan 
insofli, halol soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni 
esa jazolash koʻzda tutilishi shart. 
Maʼlumki, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishi bilan 
byudjetga tushadigan mablagʻ albatta kamayadi. 
Buni samarali soliq maʼmuriyatchiligi orqali bartaraf etish va byudjet 
barqarorligini taʼminlash mumkin. Aynan shunga erishish birinchi galdagi 
vazifamizdir. 
Soliq maʼmuriyatchiligi shunday boʻlishi kerakki, qoʻshilgan qiymat soligʻi keng 
joriy qilinsa ham bu holat isteʼmol tovarlarining narxi oʻsishiga olib kelmasligi 
shart va zarur. 
Moliya vaziri va Davlat soliq qoʻmitasi raisi soliq maʼmuriyatchiligi samaradorligi 
hamda byudjet va isteʼmol mahsulotlari narxining barqarorligini taʼminlashga 
shaxsan masʼul etib belgilanadi. 
Soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy 
etish, soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish lozim. 
Zero, berilgan imtiyoz raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini 
tadbirkorlarning oʻzlari ham eʼtirof etmoqdalar. 
Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ana shu masala boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 
ishlab chiqish vazifasi topshiriladi. 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin