Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

“J.P.Morgan”

“Citibank”

“Deutsche Bank”
kabi yetakchi 
xalqaro investitsiya banklari bilan hamkorlik olib bormoqdamiz. 
Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investitsiya 
salohiyatini toʻla namoyon etish choralarini koʻrishimiz kerak. 
Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va 
tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada 
ijobiy natijaga erishish mumkin. 
Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini 
joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy 
jihatdan tartibga solish lozim. 


Birinchi navbatda, eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori 
texnologik ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga va chet ellik 
investorlarga shunday imkoniyat yaratish kerak. 
Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda aniq kompleks chora-
tadbirlar ishlab chiqish, jumladan, mamlakatimizni Global raqobatbardoshlik 
reytingiga kiritish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirish topshiriladi. 
Uchinchidan, bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, 
sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini kengjoriy etish zarur.
Bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy 
qismi, yaʼni, 83 foizi davlatga tegishli ekanidir. Bu, oʻz navbatida, bank sektorida 
sogʻlom raqobatga toʻsiq boʻlib, xizmat koʻrsatish sifatiga salbiy taʼsir qilmoqda. 
Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari koʻmagida bank-moliya 
tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozim. 
Bunda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib kelishi hisobidan biz davlat 
banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib boramiz. Bu esa sohada raqobat 
muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini 
har tomonlama oshirishga xizmat qiladi. 
Shuningdek, moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi 
iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri boʻlishi kerak. 
Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank 
xizmatlari koʻlamini yanada kengaytirish, ilgʻor axborot texnologiyalari asosida 
bank tizimini rivojlantirish zarur. 
Investorlar mamlakatimizda oʻzini imkon qadar erkin his qilishlari uchun valyuta 
bozorini yanada erkinlashtirish talab etiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin