Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Birinchidan,
biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy oʻsish 
surʼatlarini taʼminlashimiz shart.
Avvalo, inflyatsiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish 
mumkin emas. 
Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda
monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash 
konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.
Oʻtish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni toʻgʻri yuritish va 
davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir. 
Shu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin. 
Shu maqsadda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy 
hisoblar tizimini respublikamizda 2020 yil 1 yanvardan boshlab toʻliq joriy 
etishimiz lozim. 
Iqtisodiyotning barqaror oʻsishi, birinchi navbatda, yetakchi sohalar rivojiga 
bevosita bogʻliqdir. 
Qaysi sohada yuqori qiymatga ega mahsulot yaratilsa, biz ana shu sohani birinchi 
navbatda qoʻllab-quvvatlaymiz. 
Shuning uchun iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantirish 
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishimiz lozim. 
Vazirlar Mahkamasi mamlakatni 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
kompleks rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, xalqaro ekspertlar ishtirokida 
muhokama qilishni kelgusi yil 1 aprelgacha yakunlasin. 


Byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish 
zarur. 
Byudjet hisobidan mablagʻ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va 
miqdor koʻrsatkichlaridan iborat, natijaga yoʻnaltirilgan indikatorlari boʻlishi 
kerak. 
Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ushbu vazifalarni amalga oshirish 
yuzasidan taklif kiritish topshiriladi. 
Kelgusi yil uchun Davlat byudjeti defitsiti 4,5 trillion soʻm atrofida boʻlishi va 
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,1 foiz boʻlishi rejalashtirilmoqda. 
Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi hozirdan boshlab qoʻshimcha imkoniyat va 
manbalar hisobidan byudjet daromadlarini koʻpaytirish, shu orqali kutilayotgan 
defitsitni kamaytirish yuzasidan aniq choralar koʻrsin. 
Shuningdek, bir oy muddatda tashqi bozordagi oʻzgarishlarning iqtisodiyotimizga 
salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish lozim. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin