Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Uchinchidan ,  ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz taʼlim tizimini yanada



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Uchinchidan
,
 ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz taʼlim tizimini yanada 
takomillashtirish zarur.
Xalqimizda 
“taʼlim va tarbiya beshikdan boshlanadi”
degan hikmatli bir soʻz 
bor. Faqat maʼrifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi. 
Shu sababli, taʼlim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz taʼlim tizimi prinsipiga 
asoslanishi, yaʼni, taʼlim bogʻchadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim. 
Rivojlangan mamlakatlarda taʼlimning toʻliq sikliga investitsiya kiritishga, yaʼni, 
bola 3 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga 
katta eʼtibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda 
foyda keltiradi. Bizda esa bu koʻrsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. 
Binobarin, inson kapitaliga eʼtiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha 
imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart. 
Shu yoʻldagi muhim amaliy qadam sifatida bolalarni maktabgacha taʼlim bilan 
qamrab olish darajasini bugungi 34 foizdan 2019 yilda 44 foizga yetkazamiz. 
Umumiy oʻrta taʼlim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, 
farzandlarimiz har tomonlama kamol topishi uchun barcha sharoitlarni yaratish 
lozim. 


Xususiy maktablar tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng 
foydalanish kerak. 
Oliy taʼlim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni 
yanada kuchaytirishimiz zarur. 
Oʻzbekistonda oliy va oʻrta maxsus taʼlim maskanlari bitiruvchilarini oliy taʼlim 
bilan qamrab olish oʻtgan davrda 9-10 foiz darajasida boʻlib kelayotgan edi. 
Soʻnggi ikki yilda koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli, biz bu raqamni 15 foizdan 
oshirishga erishdik. 
Lekin bu hali yetarli emas. Chunki dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga 
qaraydigan boʻlsak, bu koʻrsatkich ularda 60-70 foizni tashkil etadi. 
Shuning uchun 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy taʼlim bilan qamrab 
olish darajasini 20 foizga yetkazish va kelgusi yillarda oshirib borish – muhim 
vazifamizdir. 
Oliy oʻquv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat taʼlim maskanlari sonini koʻpaytirib, 
sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish lozim. 
Yoshlarimizga bir vaqtning oʻzida bir nechta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish 
imkoniyatini berishimiz, oʻylaymanki, ularning taʼlim olish huquqlarini 
kengaytirishga xizmat qiladi. 
Oliy taʼlim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul 
kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etish kerak. 
Bakalavriat yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda oʻqishni davom 
ettirish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi. 
Chunki jamiyatimizda oliy maʼlumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha 
koʻp boʻlsa, rivojlanish shuncha tez va samarali boʻladi. 
Vazirlar Mahkamasi ushbu takliflar yuzasidan ikki oy muddatda tegishli chora-
tadbirlar ishlab chiqishi kerak. 
Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlar tayyorlash koʻlamini kengaytirish – eng muhim masalalardan 
biridir. 


Har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari
konstruktorlik byurolari, tajriba-ishlab chiqarish va innovatsion markazlar boʻlishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Biz mamlakatimizda investitsiyalarni faqatgina iqtisodiyot tarmoqlariga emas, 
balki ilmiy ishlanmalar “nou-xau”lar sohasiga ham keng jalb qilishimiz kerak. 
Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini 
tubdan isloh qilish hamda ilmiy ishlanmalar boʻyicha amaliy natijadorlikni oshirish 
yuzasidan aniq takliflar tayyorlash topshiriladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin