7-ma’ruza Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish



Yüklə 5,52 Mb.
səhifə9/15
tarix12.09.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#142786
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
7-ma\'ruza

https://uz.khanacademy.org/ — Khan Academy bepul onlayn ta’lim platformasining oʻzbek tiliga mahalliylashtirilgan loyihasi. https://xanakademiyasi.uz/ — Khan Academy bepul onlayn ta’lim platformasi videolarining mahalliylashtirilgan variantlari joylashgan sayt manzili.


Mavzuga doir savollar


1.MOOC nima va u haqida nimalarni bilasiz?
2. MOOC qanday imkoniyatlarga ega?
3. MOOCda ta’lim olish imkoniyatlari nimalardan iborat?
4.MOOC qanday oʻqitish platformasi ?
5. MOOC platformalarida bilim olish qanday tashkil etiladi?
6. MOOC qaysi soʻzlardan tashkil topgan va qanday ma’noni anglatadi?
7. MOOCning afzalliklari nimada?
8. MOOCning qanday kamchiliklari mavjud?
9.MOOC platformalarining qanday turlari bor?
10.MOOC platformalarida roʻyxatdan oʻtish qanday amalga oshiriladi?
11.MOOC platformalarida nazorat topshiriqlarini bajarish mumkinmi?
12.MOOC platformalari orqali sertifikat olish mumkinmi?


ONLAYN NAZORAT DASTURLARI, MYTEST, ISPRING DASTURLARI VA UNDAN FOYDALANISH
Reja:
1.Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari;
2.Test turlari va test topshiriqlari shakllari;
3.Onlayn nazorat tizimlari;
4.Mytest dаsturi;
5.IspringQuizMaker dasturida test yaratish.
Yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, ma’ruza tayyorlash va oʻqitish uslubi, oʻquv jarayoniga kompyuterli oʻqitish va nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qoʻllashning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Oʻqitish va nazorat qilish dasturi tarkibi quyidagicha boʻladi: ishchi dastur, elektron oʻquv qoʻllanmasi, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar uchun metodik materiallar va topshiriqlar, animatsiyali ma’ruzalar, videoslaydlar, test materiallari.
Birinchi kirish ma’ruzasida oʻqitish va nazorat qilish dasturi mazmuni, strukturasi, elementlari va u bilan ishlash uslubi bayon qilinadi. Talabalar tavsiya qilinayotgan adabiyotlar roʻyxati, ishchi dasturi va baholash mezoni bilan tanishadi. Oʻqitish – nazorat qilish dasturi namoyish qilinadi.
Fanning aniq bir mavzusi boʻyicha ma’ruza oʻqishning umumiy sxemasi quyidagicha:

  • Mavzu nomi va savollar bir paytning oʻzida ushbu mavzu boʻyicha elektron ishchi dastur fragmentlari koʻrsatilib yetkaziladi;

  • Ushbu mavzu boʻyicha elektron ma’lumotnomasi materiallari koʻrsatiladi;

  • Alohida mavzular boʻyicha videoma’ruzalar koʻrsatib – eshittiriladi;

  • Ma’ruza materiallari videoslaydlar yoki boshqa videomateriallar bilan birgalikda bayon qilinadi;

  • Talabalarga zarur boʻlganda slaydlar qayta namoyish qilinadi va ma’ruzani alohida fragmentlari yana tushuntiriladi.

  • Bitta yoki bir nechta mavzu oʻtib boʻlingach, ochiq koʻrgazmali xolatda test sinovlari oʻtkaziladi.

Ma’ruzaning asosiy qismi – bu materiallarni savol boʻyicha videotasvir materiallari bilan birgalikda tushuntirishdan iborat. Bu oʻrinda ma’ruzachini oʻquv materialini tushuntirishda videomateriallarni tasvirlashni optimal uyg’unlikda olib borishi muhimdir.
Foydalanilayotgan videomateriallar turlicha boʻlishi mumkin: videoslaydlar, universal ofisli dasturlar elementlari va vositalari. Videoslaydlar – tushuntirilayotgan mavzuni ma’ruzachi tomonidan jadval, sxema, diagramma, grafik, matematik ifoda va modellar shaklida tayyorlanadigan asosiy nazariy holatlari fragmentlaridan tashkil topadi. Offis dasturlarining vosita va elementlari – bu turlicha matematik masalalarni yechishga moʻljallangan protsedura, funksiya va boshqalardan iborat.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin