7-ma’ruza Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish



Yüklə 5,52 Mb.
səhifə1/15
tarix12.09.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#142786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
7-ma\'ruza


7-ma’ruza
Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish.
M ooc (massive open online courses — ommaviy ochiq onlayn kurslar) haqida
2000-yillarda ochiq internet kurslari paydo boʻlishi natijasida onlayn ta’limga oʻtish jarayoni boshlandi. U orqali oʻz davrining dunyoga mashhur, reytingi yuqori universitetlari tinglovchilarga oʻz ma’ruzalaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Bu kabi ta’lim xizmatlariga boʻlgan talab juda yuqori boʻlganligi sababli, 2008-yilda MOOC nomi bilan mutlaqo yangi ta’lim berish metodikasi shakllandi. Bu atama 2008-yilda Devid Kormier (University of Prince Edward Island) va Brayan Aleksandr (National Institute for Technology in Liberal Education) tomonidan oʻylab topilgan edi. MOOC —onlayn ta’lim bozorini rivojlantirish hamda turli pedagogik va biznes vazifalarini hal etishga qaratilgan zamonaviy masofaviy ta’lim tizimi. MOOC (ingl. Massive Open Online Course) yoki OOOK (oʻzb. Ommaviy Ochiq Onlayn Kurs) kengaytmasi toʻrtta atamadan tarkib topgan:
Massive (ommaviy): geografik oʻrnidan qat’iy nazar, chegaralanmagan holda koʻp sonli bilim oluvchilarni ommaviy ravishda qamrab oladi.
Open (ochiq): barcha oʻquvchilar uchun bepul va ochiq ta’lim. Ochiqlikning asosiy jihatlari — kurs uchun bepul roʻyxatdan oʻtish, roʻyxatdan oʻtganlar uchun cheklovsiz kontent, ta’lim natijalariga erishishning bepul imkoniyatlari.
Online (onlayn): masofaviy ta’lim onlayn aloqa vositalari yordamida olib boriladi va barcha materiallar elektron shaklda taqdim etiladi. Bu MOOCni tashkil etishning texnik xususiyatlarini ochib beradi, ya’ni kurs internet orqali uzatiladi, oʻquv jarayonining barcha ishtirokchilari bilan tarmoqning oʻzaro ta’sirini ta’minlaydi.
Course (kurs): umumiy qoidalar, vaqt cheklovlari va belgilangan maqsad asosida tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibidagi materiallar tizimlashtirilgan hamda tartibga solingan holda taqdim etiladi

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin