7-ma’ruza Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish



Yüklə 5,52 Mb.
səhifə6/15
tarix12.09.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#142786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
7-ma\'ruza

MOOC platformalari
C oursera (https://www.coursera.org/) — MOOC platformalarining yuzi hisoblanadi. Platforma 2012-yilda Stenford universitetining kompyuter fanlari professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan. Coursera platformasi birinchilardan boʻlmasa-da, oʻqitish strategiyasining toʻg‘ri tanlanganligi hamda tijoratga yoʻnaltirilganligi bilan bugungi kunda onlayn ta’limda yetakchiga aylandi. 190 dan ziyod ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari mana shu platforma resurslari bilan ishlaydi. Kurslar: fizika, muhandislik, tibbiyot, gumanitar fanlar, matematika, biznes, informatika va boshqalar. Interfeys tili: ingliz. Kurs tili: ingliz (asosiy) va boshqa tillar, deyarli barcha kurslarda subtitrlar mavjud
Khan Academy (https://khanacademy.org/) — platformasi boshqa MOOClardan farqli ravishda ta’limga interfaollik va oʻyin texnologiyalarini olib kirgan va oʻz davrida birinchilardan boʻlgan mashhur loyiha. Bugungi kunga kelib platforma 36 dan ortiq tilda (oʻzbek tili ham mavjud) 10 mingdan ortiq kichik video darslar yaratgan. Platformada 100 mingdan ziyod interfaol misol va topshiriqlar joy olgan. Khan Academy darslari 190 dan ortiq mamlakatda oʻtiladi va hozirgi kunda 74 milliondan ortiq oʻquvchi platformadan foydalanadi. Asosiy jihati shundaki, platformadan maktab fanlari dasturlari va koʻplab darslar, shuningdek, farzandlari bilan shug‘ullanishi uchun ota-onalarga moʻljallangan metodik qoʻllanmalar joy olgan. Kurslar: matematika, informatika va dasturlash, fizika, astronomiya, kimyo, moliya, iqtisodiyot, biologiya, tibbiyot va boshqa fanlar. Interfeys tili: bir necha tilda (oʻzbek tili ham mavjud). Kurs tili: ingliz va boshqa tillarda.
Lektotium (https://www.lektorium.tv/) notijoriy loyiha boʻlib, oʻquv materillarini ommaviy onlayn ochiq kurslar formatida yaratadi. Shuningdek, suratga olingan videodarslarni joylashtiradi. Platforma maktab oʻquvchilari, ota-onalar, abituriyentlar, mutaxassislar uchun har xil oʻquv dastur va darslarini taqdim etadi. Kurslar: kompyuter bilimlari, muhandis dasturlash, ingliz tili, antropologiya, arxitektura, astronomiya, astrofizika, bioinformatika. Interfeys tili: rus tili. Kurs tili: rus va boshqa tillarda. Subtitr mavjud.



Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin