7-ma’ruza Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish



Yüklə 5,52 Mb.
səhifə2/15
tarix12.09.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#142786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
7-ma\'ruza

Moocning afzalliklari
Bepul onlayn ta’lim. MOOC tarkibidagi “ochiq” atamasi bepul yoki shartli bepul degan ma’noni anglatadi. Qoidaga koʻra, kursda oʻqish va amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun mablag‘ talab etilmaydi. Agar mablag‘ talab qilinsa ham, MOOC kursining xarajatlari kunduzgi ta’lim xarajatlaridek koʻp boʻlmaydi.
Zamonaviy mutaxassisliklar. Hozirgi texnika asrida mehnat bozori jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ma’lumki, asrlar davomida shakllangan va davr sinovidan oʻtgan mutaxassisliklarga ega boʻlish uchun yillar davomida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish talab qilinar edi. Onlayn rejimda tashkil etilgan kurslar esa mehnat bozorida kechayotgan oʻzgarishlarni yashin tezligida ilg‘ab olmoqda va aynan bugungi kun talabiga javob beruvchi mutaxassisni tayyorlash uchun oʻz oʻquv dasturlarini taqdim etmoqda.
Dunyoning eng yaxshi oʻqituvchilari. Onlayn ta’lim dunyoning eng nufuzli universitetlarining yuqori malakali va tajribali oʻqituvchilari tomonidan olib boriladi. Masofaviy kursning har bir oʻquvchisi kurs oʻqituvchisi bilan shaxsan onlayn suhbatlashish imkoniyatiga ega.
Materiallarni tizimli taqdim etish. Zamonaviy texnika vositalari yordamida materiallar optimallashtiriladi hamda oson va qulay shaklda taqdim etiladi. Qisqa videolar uzun ma’ruzalarga nisbatan oʻquvchilar tomonidan yaxshi oʻzlashtirilganligi sababli, barcha mavzular kichik videolardan tashkil topgan. Matnli ma’ruzalar esa oʻzlashtirish oson boʻlgan qisqa boʻlaklarga boʻlinadi. Eng muhimi, metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag‘ sarflanmaydi.
Onlayn ta’limning aralash shakli. Masofadan oʻqitish jarayoni xilma-xil materiallardan foydalanishni ham oʻz ichiga oladi. MOOC masofaviy oʻqitish kurslari faqatgina videolar bilan cheklanib qolmaydi, balki ulardan turli manbalarga yoʻnaltiruvchi qoʻshimcha murojaatlar: matnli hujjatlar, audiofayllar, ijtimoiy tarmoqlar va forumlardagi muhokamalar ham joy olgan. Bunday tizim materialni oʻzlashtirish darajasini oshiribgina qolmay, balki oʻquvchilarning ma’lumot oqimini boshqarish va zarur bilimlarni mustaqil ravishda olish qobiliyatini ham rivojlantiradi.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin