7-ma’ruza Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish



Yüklə 5,52 Mb.
səhifə7/15
tarix12.09.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#142786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
7-ma\'ruza

E dX (https://www.edx.org/) Garvard va Massachusets texnologiya institutlari tomonidan 2012-yilda tashkil etilgan boʻlib, dunyo boʻyicha barcha ta’lim oluvchilar uchun yuqori sifatli kurslarni taklif etadi. Platformada Massachusets texnologiya instituti tomonidan oʻquvchilar uchun mexanika boʻyicha kurs ochilgan. Kursning maqsadi — oʻquvchilarga fizikaning murakkab mavzularini tushunishga yordam berish va mustaqil yechim topishga oʻrgatish. Kurs, shuningdek, oʻrta maktab oʻquvchilariga imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishda yaqindan yordam beradi. Laboratoriya uchun virtual laboratoriyalarning joylashtirilganligi ham kursning jozibasini yanada orttiradi. Kurslar bepul, faqat sertifikat uchun pul toʻlanadi.
Kurslar: arxitektura, san’at va madaniyat, biologiya va hayot fanlari, biznes va menejment, kimyo, kommunikatsiya, kompyuter bilimlari, ma’lumotlar bazasi va statistika, dizayn, iqtisod va moliya, ta’lim, elektronika, tarix, til, huquq, adabiyot, matematika, gumanitar fanlar, musiqa, tibbiyot, falsafa va boshqalar.
Interfeys tili: ingliz tili
Kurs tili: ingliz va boshqa tillarda. Subtitr mavjud.
U demy (https://www.udemy.com/) – ma’lum bir mavzu boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallash uchun ajoyib vosita. Udemyda nafaqat bilim olish, balki oʻzining darslarini joylashtirish orqali daromad topish imkoniyati ham mavjud. Shu sababli, platformada 20 000 dan ortiq kurs va 4 millionga yaqin foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan. Kurslar pullik va bepul boʻlib, kursni tugatganidan keyin ta’lim oluvchilarga sertifikat rasmiylashtiriladi.
Kurslar: moliya va buxgalteriya, axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot, dizayn, marketing, biznes, ishlab chiqarish, sog‘lom hayot, musiqa, suratga olish va boshqalar.
Interfeys tili: ingliz, rus tili va boshqa tillar.
Kurs tili: ingliz, rus va boshqa tillarda. Subtitr mavjud.
Udacity(https://www.udacity.com/) Stenford universiteti professorlari Sebastyan Truno, David Stavens va Mike Sokolsky tomonidan tashkil etilgan xususiy notijorat ta’lim kompaniyasi. Udacity onlayn kurslari universitet professorlari, shuningdek yetakchi soha ekspertlari tomonidan yaratilgan.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin