5A521906 – “Hisoblash texnikasi, matematik modellashtirish va matematik usullarni ilmiy izlanishlarda qo’llash” mutaxassisligi bo’yicha magistrant U



Yüklə 57 Kb.
səhifə2/4
tarix15.06.2023
ölçüsü57 Kb.
#130774
1   2   3   4
Muloxaza va taqrizlar-Aziz

Tadqiqot maqsadi - sanoat hududlarida ekologik vaziyatni tadqiq qilish, bashoratlash va boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun matematik modellar, samarali hisoblash algoritmlari va dasturiy majmualarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy jihatdan yangiligi quyidagilardan iborat:
- ishlab chiqilgan matematik model sferik koordinatalar sistemasiga o‘tkazish orqali takomillashtirilgan;
- ushbu modelni sonli yechishda oshkormas sxemadan foydalanib, chekli ayirma qoʼllanilgan;
- dasturiy vosita yaratish jarayonida GAT tyexnologiyalaridan foydalanildi.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqot jarayonida hisoblash matematikasi, matematik va kompyuterli modellashtirish usullari, shuningdek dasturiy mahsulot ishlab chiqish uchun ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashning texnologiyalaridan foydalanilgan.
Tadqiqot vazifalari: sanoat hududlarining atmosferasini ekologik holatini tahlil qilish va kompyuter modelini ishlab chiqish uchun axborot modelini yaratish, havoni ifloslovchilarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish va asosiy iqlim omillarining sanoat hududlarini ekologik holatiga ta’sirini tadqiqot qilish;
atmosferaning yer sathi qatlamida zarrachalarini tarqalish jarayonini monitoring va tadqiq qilishi uchun matematik modelini takomilashtirish;
atmosferadagi zarrachalarning tarqalish masalasining bir martalik, bir kunlik va yillik ruxsat berilgan miqdori inobatga olgan holda yechishning algoritm va kompyuterda hisoblash tajribalar o‘tkazish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish.
Tadqiqot ishinig approbatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari, jumladan 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 4 ta ilmiy ish chop etilgan, 1 ta xorijiy jurnalda nashr qilingan, shuningdek EHM uchun yaratilgan dasturiy ta’minotlarni qayd qilish haqida 1 ta guvohnoma olingan.
Magistrant Sa’dinov Azizbek Akram o‘g‘li tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasi 5A330501 – Kompuyter injiniringi (“Kompuyter tizimlarini loyihalash”) mutaxassisligiga mos keladi va magistr akademik darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasiga qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi. Magistrant magistr akademik darajasini olishga to’liq haqli deb hisoblab, u tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tavsiya etaman va a’lo bahoga loyiq deb hisoblayman.
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Samarqand filiali “Dasturiy injiniring”
kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. PhD. Muradov F.A.
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali Kompyuter injiniringi fakulteti 5A330501 – Kompuyter injiniringi (“Kompuyter tizimlarini loyihalash”) mutaxassisligi magistranti Sa’dinov Azizbek Akram o‘g‘lining “GATning imkoniyatlaridan foydalanib Samarqand viloyatining ayrim hududlari atmosferasida zararli moddalarning tarqalishini bashoratlovchi dasturiy vositani ishlab chiqish” mavzusidagi
magistrlik dissertatsiyasiga ichki


Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin