5A521906 – “Hisoblash texnikasi, matematik modellashtirish va matematik usullarni ilmiy izlanishlarda qo’llash” mutaxassisligi bo’yicha magistrant U


Tadqiqotning ilmiy jihatdan yangiligi



Yüklə 57 Kb.
səhifə4/4
tarix15.06.2023
ölçüsü57 Kb.
#130774
1   2   3   4
Muloxaza va taqrizlar-Aziz

Tadqiqotning ilmiy jihatdan yangiligi quyidagilardan iborat:
- ishlab chiqilgan matematik model sferik koordinatalar sistemasiga o‘tkazish orqali takomillashtirilgan;
- ushbu modelni sonli yechishda oshkormas sxemadan foydalanib, chekli ayirma qoʼllanilgan;
- dasturiy vosita yaratish jarayonida GAT tyexnologiyalaridan foydalanildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Dissertatsiya tadqiqotining amaliy ahamiyati kichik o‘lchamli qattiq zarralar va gaz aralashmalarining atmosferaning chegaraviy qatlamida tarqalishi jarayonlarini kuzatish va bashoratlash, zararli sanoat chiqindilarining atrof muhitga salbiy ta’sirini baholash va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ekologik xavfni kamaytirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qo‘llab quvvatlash uchun dasturlar majmuani ishlab chiqishda o‘z aksini topadi.
Ish tuzilishi va tarkibi - magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilova tashkil qiladi.
Birinchi bobda GAT haqida umumiy ma’lumotlar, asosiy atamalar va tushunchalar, GATdan turli xil sohalarda foydalanish, geomatika tushunchasi va uning tizim tarkibidagi roli, geologik kodlash, geoaxborot tizimining axborot komponenti, obyektlar, marshrutlar va hududlarni xaritalashtirish, geoaxborot tizimi asosida turli jarayonlarni va hodisalarni modellashtirish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ikkinchi bobda atmosferada zararli moddalarning ko‘chishi va diffuziyasi jarayoning ifodalovchi matematik modeli keltirilgan va ushbu matematik modelni sferik koordinatalar sistemasi orqali ifodalash orqali takomillashtirilgan hamda matematik modelni yechishning sonli algoritmi ishlab chiqilgan. Shuningdek, progonka koeffitsiyentlarni keltirib chiqarilgan.
Uchinchi bobda ishlab chiqilgan sonli algoritmning algoritmik blok-sxemasi ishlab chiqilgan hamda dаsturiy vоsitаni yаrаtish uchun ishlаtilаdigаn dаsturiy tа’minоtlаr hаqidа tushunchаlаr vа yаrаtilgаn dаsturiy tа’minоtni ishlаtish yо’riqnоmаsi kеltirilgаn.
Xulosa qismida magistrlik dissertatsiya ishini bajarish jarayonida amalga oshirilgan ishlar va natijalar sanab o`tilgan, olingan natijalar asosida xulosalar qilingan.
Ilova qismida esa yaratilgan dasturning kodi berilgan.
Magistrlik dissertatsiada Sa’dinov Azizbek Akram o‘g‘li tomonidan atmosferada zararli moddalarning tarqalishini bashoratlash jarayonini ifodalovchi matematik modelni yechuvchi algoritmlar va dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan. Dissertatsiy ishi amaliy ahamiyatga ega. Ishda ba’zi so‘zlarda, jumlalarda va texnik atamalarda xatoliklar uchraydi, lekin bu kamchiliklar ishning nazariy va amaliy ahamiyatini tushirmaydi.
Magistrant tomonidan tayyorlangan ish 5A330501 – Kompuyter injiniringi (“Kompuyter tizimlarini loyihalash”) mutaxassisligiga mos keladi va magistr akademik darajasini olish uchun magistrlik dissertatsiyasiga qo’yilgan talablarga to’liq javob beradi. Dissertant magistr akademik darajasini olishga to’liq haqli deb hisoblab, u tomonidan tayyorlangan ushbu magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tavsiya etaman.

Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Samarqand filiali “Kompyuter tizimlari”
kafedrasi mudiri, dotsent t.f.n.Bekmurodov Q.A.
Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin