Dasturning nazariy-metodologik qismi Dasturning amaliy-metodik qismi Dasturning tadqiqotdagi o’rni va ahamiyati



Yüklə 31,21 Kb.
səhifə1/6
tarix22.12.2023
ölçüsü31,21 Kb.
#189831
  1   2   3   4   5   6
1-ma\'ruza matni


3-mavzu: Sotsiologik tadqiqot dasturi, dasturning tarkibiy elementlari
Reja:

  1. Dasturning nazariy-metodologik qismi

  2. Dasturning amaliy-metodik qismi

  3. Dasturning tadqiqotdagi o’rni va ahamiyati



Tayanch iboralar: Tadqiqott dasturi, tadqiqot obyekti va predmeti, tadqiqot maqsad va vazifalari, tadqiqot gitotezasi, strategik reja, obyektni tizimli tahlil qilish



  1. Dasturning nazariy-metodologik qismi

Sotsiologning barcha ishlarini bosqichlari uning asosiy xujjati bo’lgan sotsiologik tadqiqot dasturida aks etishi lozim.


Sotsiologik tadqiqotlarda dastur majburiy xujjat hisoblanadi. Tadqiqotning nazariy yoki amaliy, tezkor yoki uzoq muddatli bo’lishidan qat’iy nazar, uning dastlabki ma’lumotlari, maqsadi va vazifasi, metodik ta’minoti, tashkiliy strukturasi tadqiqot dasturida belgilanadi.
Sotsiologik tadqiqot dasturi kutilayotgan tadbirning rejasi yoki sxemasini, butun tadqiqotning konsepsiyasini ifoda etish maqsadidagi, ilmiy tadqiqotlarning strategik xujjatlar turiga kiradi. U o’rganilayotgan aniq xodisa va jarayonning metodologik va metodik usullarning nazariy asoslanishidan iborat bo’ladi.
Dasturning metodologik qismi muammoning asoslanishi, maqsadlarni ko’rsatish, tadqmqotning obyekti va predmetini belgilash, asosiy tushunchalarning mantiqiy tahlili, ilmiy farazni va tadqiqotning vazifasii ta’riflarishidan iborat bo’ladi. Obyekt qanday o’rganilayotganligiga qarab (statik yoki dinamik) quydagichaajratish mumkin:
-Anik yoki navbati bilan o’tkaziladigan tadqiqot, o’rnilayotgan obyektning o’rganilayotgan paytda ma’lumot bilan ta’minlab, lekin uning o’zgarishlari dinamikasi va rivojlanish tendesiyalari haqida hulosa qilishga imkon bermaydi;
Tadqiqot muammosining aniq ifoda etilishi: Tadqiqotga tayyorgalik ko’rish muammoni aniq ifoda etilishi bilan boshlanadi. Muammo ko’pincha kandaydir hal etilmagan masalalar bilan tenglashtiriladi. Har bir muammo qator masalalarni o’z ichiga oladi, masalalar, garchi, muammoning ko’rinishi bo’lsada lekin hamma masala ham muammo bo’lavermaydi. Muammo bu aniq va noaniq chegaralardan tarkib topgan masaladir, shuning uchun uni qo’yilishi ma’lum bilimlar chizig’idan chiqishni anglatadi. U oldingi bilimlar mavjud muammolarni yechishga imkon bermasa, yangilari esa hali yo’lga quyilmagan yuzaga keladi. Ya’ni muammo hal etishni talab etadigan, ziddiyatli vaziyat.
Muammo – bu jamiyat hayotida yuzaga kelgan va ko’plab odamlarning manfaatlariga dahldor bo’lgan ziddiyatli jarayon. Muammoning qo’yilishi sotsiologik tadqiqotning boshlanishini bo’g’ini hisoblanadi. Muammo bevosita hal etish talab etiladigan ijtimoiy vazifadir.
Muammo sotsiologik tadqiqotning butun bilish faoliyatiga qaratilgan aniq masalalar shaklida ifoda etiladi. Muammoni qo’yish jarayonida ikkita asosiy bajariladigan ish tartibini ajratish mumkin: Muammoli holatni tushunish va muammoni aniq ifodalash.
Muammoni aniq ifodalashda unda muammoli holat sifatida uni yuzaga keltiruvchi real ziddiyatlarni ko’rsatishga intilish lozim.
Keng miqyosdagi muammolarni qo’yishdan cheklanish lozim, ayniqsa unchalik katta hajmda bo’lmagan tadqiqotlarda bu muhim rol o’ynaydi. Ijtimoiy muammo doimo, muayyan odamlar birligi bilan bog’liq bo’lgan tarqatuvchisini nazarda tutadi. O’rganilayotgan ijtimoiy muammoni tarqatuvchisi sotsiologik tadqiqotning obyekti hisoblanadi.
Obyektni belgilash tadqiqot predmetini aniqlash bilan bilgalikda amalga oshiriladi. Tadqiqot predmeti o’rganilayotgan muammoni ko’proq darajada aks ettiruvchi va o’rganish zarur bo’lgan obyektning alohida tamonlari va tarkibini o’z ichiga oladi.
Qoidaga ko’ra, tadqiqotning predmeti muammodagi markaziy masaladan iborat bo’lib, ijtimoiy muammo va tadqiqot obyektini o’zaro aloqasini aks etadi.

Yüklə 31,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin