1-amaliy mashg‘ulot 1-Mavzu: Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid nazariy va metodik qarashlar Maqsadi



Yüklə 62,65 Kb.
tarix12.10.2023
ölçüsü62,65 Kb.
#154363
1-AMALIY MASHG`ULOT docx


1-AMALIY MASHG‘ULOT
1-Mavzu: Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid nazariy va metodik qarashlar
Maqsadi:
Nutq o‘stirishga oid ilmiy va metodik qarashlar yuzasidan bilimlarni rivojlantirish, talabalarning mavzu bo‘yicha bilimlarini tekshirish orqali fan yuzasidan dastlabki tushunchalarni shakllantirish.
Og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirish metodikasi fanidan talabalarga nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid metodik tavsiyalar berish hamda ularni topshiriqlar ustida ishlashga o‘rgatish.
Nutqiy ko‘nikmani rivojlantirishga oid tushunchalarni hosil qilish.
Kirish.
Mavzuni mustahkamlash uchun faollashtiruvchi savollar beriladi.
1. Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fani qachon tashkil topgan va rivojlanishi qanday kechgan?
2. Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar haqida nimalarni bilasiz?
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1-topshiriq.
Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi?
2-topshiriq.
Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid qanday nazariy va metodik qarashlarni bilasiz?
Farobiyning fikricha, qanday qilib taʼlim berish va taʼlim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, yaʼni substantsiya va aktsidentsiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchi ilm grammatikadir. U jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U maʼlum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz, hamda nima to‘g‘ri va nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz”. O‘quvchilar nutqida mantiq ilmiga asoslanib fikr-mulohaza bildirish maqsadga muvofiq. Shu bois ular xotirasidagi so‘z zahirasini o‘z nutqi orqali harakatga keltiradi.
3-topshiriq. Sizningcha og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishda nimalarga ahamiyat berish lozim, ushbu jihatlarni yozing.

1.




2.




3.




4.




5.





4-topshiriq.
Nutq o‘stirishga oid ilmiy va metodik qarashlar asosida “Klaster” yarating.
5-topshiriq. Nutq o‘stirishga oid ilmiy va metodik qarashlarni o‘rgangan nazariy bilimlaringiz yordamida “VENN diagrammasi” orqali ularni o‘zaro farqlang.

Guruh talabalari rag‘batlantiriladi.
Adabiyotlar:
1. D.R. Babayeva ,G.O.Najmiddinova.Bolalar nutqini o‘stirish o‘quv qo‘llanma. – Toshkent – 2020.
2. Roziqov O.v.b. Ona tili didaktikasi. – T: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2005.
Yüklə 62,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin