Mavzu: Bolalarning matematik rivojlanishida modellashtirish usullari. Qabul qildi: Yakubova Zilola Topshirdi: 301-mtpp talabasi Raxmonova Diyora



Yüklə 1,18 Mb.
tarix26.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#81065
Raxmonova Diyora slayd

Mavzu:Bolalarning matematik rivojlanishida modellashtirish usullari. Qabul qildi:Yakubova Zilola Topshirdi:301-MTPP talabasi Raxmonova Diyora

Reja:


1.Model va modellashtirish haqida tushuncha.
2.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan modellashtirish texnologiyasi.
3.Turli yosh guruhlarida bolalarni matematik rivojlanishidagi modellashtirish usullari.
4.Bolalar bilan olib boriladigan modellashtirish topshiriqlari.
«Model» so’zi lotincha modulus, so’zidan olingan bo’lib, o’lchov,me‘yor, obraz, namuna, analog, «o’rinbosar» degan ma‘nolarni bildiradi.Model tushunchasini ta‘riflash juda qiyin. Bir manbada uning 31 ta ta‘rifi sanab o’tilgan. Shunday bo’lsada bu tushuncha har birimizga tanish:o’yinchoq samolyot--samolyotning modeli, globus-Yerning modeli, planetariy ekrani-osmon va undagi yulduzlar modeli. Bu bayon qilingan predmetlar grafik tasvirlar, formulalar bir «model»so’zi bilan birlashadilar.

N. N. Moiseev ta‘rifi bo’yicha «Model deganda biz predmet (xodisa ) haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks ettiruvchi ma‘lum bir chegaralangan ma‘lumotni beruvchi soddalashtirilgan bilimni tushunamiz. Modelni ma‘lumotni kodlashning maxsus shakli sifatida qarash mumkin. Oddiy kodlashda bizga barcha dastlabki ma‘lumotlar ma‘lum bo’ladi va ularni biz faqat boshqa tilga o’tkazamiz, model esa, qaysi tildan foydalansa ham, kishilar ilgari bilmagan ma‘lumotni ham kodlaydi».


Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish texnologiyasi quyidagicha qurilishi mumkin.
Nazariy-ko‘plik mazmuni bo‘yicha:
– butun berilgan shaklni topish, uning turli sinflarini bo‘laklash;
– butun o‘zgaruvchan diskret shaklni topish, berilgan birlamchi shaklni
konstant sinflarga bo‘laklash.
Fazoviy orientatsiya bo‘yicha:
– to‘g‘ri burchakni kesish negizida tekislikni loyihalash;
– to‘g‘ri burchakli parallelepipedni kesish negizida fazoviy modellashtirish;
– uzluksiz deformatsiyaga yo‘l qo‘yuvchi materiallar negizida;
– mumtoz origami va fleksagon negizida.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan matematik modellashtirish kontekstida sensorik etalonlarni ishlatishda uchta turdagi harakatni amalga oshirish muhim:
1. biror-bir ob’yektning etalonga to`la mosligi yoki o`xshashligini aniqlash;
2. oddiy moslashtirish bilan yechilmaydigan predmet bilan etalonni taqqoslash;
3. pertseptiv modellash – etalon materialidan qabul qilinadigan sifatni yaratish
● Birlamchi kvadratning 3 qismga bo`linishini aniqlab beradigan konvertlar taqdim etiladi. Bola turli xil rangdagi yo`laklarni qo`shishni uddalay oladimi?4 qismga bo`lingan kvadratlar qo`shiladi, konvertlar soni tobora oshadi va o`yin syujeti o`zgarishi mumkin.
Maktabgacha kichik yosh guruhi.
Uch-to`rt qismli konvertlar taqdim etiladi. Bola rang-barang to`g`ri burchakli uchburchakni yig`ishi mumkinmi?Konvertlar soni tobora oshib boradi hamda yig`ish tezligi omili kiritiladi.Turli xil o`yin syujetlari beriladi. Masalan: «Shamol bir necha kvadratning qismlarini aralashtirib yubordi (4-5). Endi qanday qilib yo`lakni qurish mumkin? Kim raqamli yo`lakchani rang bo`yicha emas, balki raqam bo`yicha qura oladi?»
Maktabgacha o’rta yosh guruhi

Maktabgacha katta yosh va tayyorlov guruhi


Topshiriqlar bolani barcha kvadratlarni rang va raqamlar bo`yicha joylashtirishga yo`naltirib, ularni qisqa muddat ichida to`g`ri ketma ketlikda joylashtirishidan iborat (bola va yoshi katta inson o`rtasida individual va o`zaro aloqador).
Kvadratni kesish va tayyorlash bo`yicha yangi variantli topshiriqlar beriladi:bunda etalon kvadratlarni ajratishda bolalar muqaddam taklif qilgan variantlardan farqli o`laroq, ular bergan takliflarni qo`shishi kerak; bolalar qaychi bilan ishlaganlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari lozim.
Figuralarni shakl bo`yicha tanlang.
Maqsad: geometrik shakllarni bilishning tashxisi, shakllar bo`yicha sinflash qobiliyati.
Topshiriq: berilgan geometrik shakllarni ularning shakllariga ko`ra guruhlarga ajrating.
Murakkablashuv: bolaga bitta shakl taklif qilinadi (bolaning oldiga qo`yiladi); u berilgan shakllardan foydalangan holda, shunga o`xshash shaklni yaratishi, so`ngra olingan shaklni nomlashi zarur.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin