5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
5-¼áóºÒ

To‘g‘ri chiziqli tuzilma tashkilot va har bir bo‘linmaning boshida barcha vakolatlarga 
ega bo‘lgan va boshqaruvning barcha vazifalarini o‘z qo‘liga jamlagan rahbat turishini 
ko‘zga tutadi (4.4. rasm). Zanjircha bo‘yicha yuqoridan pastga uzatiladigan uning qarori 
barcha quyida turuvchi bo‘g‘inlar tomonidan bajarilishi majburiydir. Boshqaruvning ushbu 
tizimi rahbarlarning iyerarxiyasi shunday asosda tashkil qilinadi (masalan, tashkilot 
direktori, syex boshlig‘i, master). 
Yakka hukmronlik tamoyili shundan iboratki, qo‘l ostidagilar faqat bitta 
rahbarning farmoyishlarini bajaradilar. Buning ustiga amaldor shaxs qandaydir ijrochilarga 
ularning bevosita rahbarini chetlab o‘tib, farmoyish berish huqukiga ega emas. 
Ushbu tuzilma ayrim mutaxassislar va xizmat bo‘linmalarini mavjud bo‘lishiga yo‘l 
qo‘yadiki, ular faqat to‘g‘ri chiziqli rahbarga axborotlarni yig‘ish va ishlab chiqarish 
yordam beradilar, ammo o‘zlari boshqarilayotgan ob’ektga ko‘rsatmalar yoki 
yo‘riqnomalar beraolmaydilar. 
Boshqaruvning bu tuzilmasining afzalligi farmoyishlarning yakkaligi va aniqligi
rahbarning o‘zi boshqarayotgan bo‘linma faoliyati natijalari uchun oshirilgan javobgarligi, 
qarorlar qabul qilishdagi operativligi, ijrochilar tomonidan bir birlari bilan 
muvofiklashtirilgan farmoyishlarni olinishidir. 
To‘g‘ri chiziqli tuzilmaning kamchiliklari qo‘yidagilardan iborat: rahbarga nisbatan 
yuqori talab, u boshqaruvning barcha vazifalari va korxona (bo‘linma) faoliyati turlari 
bo‘yicha keng bilimlar va tajribaga ega bo‘lishi, axborotlar bilan to‘ldirilishi, qo‘li 
ostidagilar, yuqori rahbarlar va qo‘shni tashkilotlar bilan aloqaning ko‘pliligiga ega 
bo‘lishi kerak. 
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi –bu tuzilmada boshqaruv ta’sirlari to‘g‘ri 
chiziqli va vazifaviyga ajraladilar va bu ta’sirlardan har biri ijrochi uchun majburiydir. 
Vazifaviy aloqalar boshqaruvning har qanday umumiy va aniq vazifalari majmuasini 
amalga oshiradilar. 
Ushbu tuzilma umumiy rahbar va bo‘linmalar ( texnik, iqtisodiy va h.k.) rahbarlari 
ijrochilarga o‘z ta’sirini vazifalar bo‘yicha taqsimlaydilar. Rahbarlar bir birlarining ishiga 
aralashmaydilar. Umumiy rahbarlar faqat bo‘linmalar rahbarlarining harakatlarini 
muvofiklashtiradilar va o‘z vazifalarining cheklangan ro‘yxatini bajaradilar (rahbarlar 
o‘rtasidagi muvofiklashtiruvchi aloqa rasmda ko‘rsatilmagan). 
Har bir rahbar faqat vazifalarning aniq ijrochilar tomonidan ishni bajarilishi uchun 
zarur bo‘lgan zarur qisminigina o‘ziga oladi. Bunda rahbarlarni ishni bajarilishini borishi 
haqida xabardor qiluvchi teskari aloqa bo‘lmasligi mumkin. Bunday tuzilmada rahbarlar 
vazifaviy deb ataladilar. 

Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin