5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
5-¼áóºÒ

To‘liq o‘rtoqlik - o‘rtoqlik ishtirokchilari(to‘liq o‘rtoqlar) ular o‘rtasida tuzilgan 
shartnomaga muvofiq o‘rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadilar va 
uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli bo‘lgan mulk bilan javob beradilar. 
Ma’suliyati cheklangan jamiyat – bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis 
etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum ulushlarda 
taqsimlangan. Ma’suliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari 
bo‘yicha javob bermaydilar va o‘zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari qiymati doirasida 
jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar ko‘rish xatariga ega bo‘ladilar. 
Jamiyatning to‘liq bo‘lmagan kiritmalarini kiritgan ishtirokchilari uning 
majburiyatlari bo‘yicha ishtirokchilardan har biri ulushining to‘lanmagan qismi qiymati 
doirasida birgalikdagi javobgarlikka egalar. 
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomi va “ma’suliyati 
cheklangan” so‘ziga ega bo‘lishi kerak. 
Jamiyatning yuqori idorasi uning ishtirokchilarining umumiy majlisidan iboratdir. 
Jamiyatda uning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiruvchi va umumiy majlisga 
hisobot beruvchi ijroiya idorasi tashkil qilinadi. 
Jamiyat ishtirokchilari umumiy majlisining mutloq huquq doira- lariga quyidagilar 
kiradi: 

uning nizomi va nizom sarmoyasi miqdorini o‘zgartirish; 

jamiyatning ijroiya idoralarini tashkil qilish va ularning vakolatlarini muddatidan 
oldin tugatish; 

jamiyatning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash va uning 
foydalari va zararlarini taqsimlash; 

jamiyatni qaytadan tashkil qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish

jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchi ) ni saylash. 
Ma’suliyati cheklangan jamiyat haqidagi qonun tomonidan umumiy majlisning 
mutloq huquq doirasiga “boshqa masalalarni hal qilish ham kiritilishi mumkin”. 


Jamiyat ishtirokchilar umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga kiritilgan 
masalalar ular tomonidan jamiyat ijroiya idorasiga hal qilish uchun topshirilishi mumkin 
emas. 

Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin