5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja


I bosqich. Boshqaruv ishlarining hajmi kichik: ishlab chiqarish (tijorat) vazifalarini  bajaruvchi xodimning o‘zi boshqaruvchi bo‘ladi.  II bosqich



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
5-¼áóºÒ

I bosqich. Boshqaruv ishlarining hajmi kichik: ishlab chiqarish (tijorat) vazifalarini 
bajaruvchi xodimning o‘zi boshqaruvchi bo‘ladi. 
II bosqich. Boshqaruv ishlari hajmini bajarish uchun ishlab chiqarish (tijorat) 
vazifalaridan ozod qilingan maxsus xodimni ajratish talab qilinadi (master, seksiya 
mudiri); 
III bosqich . Boshqaruv bo‘yicha ishlarning hajmi shunchalik o‘sadiki, boshqaruv 
xodimlari faoliyatini muvofiklashtirish zaruriyati paydo bo‘ladi (to‘g‘ri chiziqli iyerarxiya 
vujudga keladi (syex boshlig‘i). 
IV bosqich. Boshqaruv ishi hajmini bunday keyingi o‘sishi munosabati bilan 
boshqaruv xodimlarini alohida vazifalarni bajarish ixtisoslashishlari talab qilinadi: 
rejachilar, nazoratchilar va h.k. mutaxasislar paydo bo‘ladilar. 
V bosqich. Boshqaruv ishining hajmi va bu ish bilan band bo‘lgan xodimlar soni 
ko‘payadi, shuning uchun ularning harakatlarini muvofiq- lashtirish zaruriyati vujudga 
keladi (tavtish komissiyasi raisi). 
VI bosqich. Boshqaruv faoliyatini rivojlanishi vazifaviy va to‘g‘ri chiziqli 
iyerarxiyani umumiy rahbarlik ostida birlashtirish zaruriyatiga olib keladi, u esa 
faoliyatning ixtisoslashgan turi bo‘lib qoladi (korxona direktori). 
Bu bosqichlar har xil tashkiliy tuzilmalar, lavozimlar, bo‘linmalar ko‘rinishidagi 
ma’lum tashkiliy rasmiylashtirishga egalar. 
Tashkilot (korxona) ning tashkiliy tuzilmasini tashkilotni boshqarish tuzimini 
o‘zaro bog‘langan va bo‘ysinish tartibida joylash-tirilgan, maqsadga qaratilgan holda 


faoliyat yuritish va uni rivojla- nishini ta’minlashga qaratilgan elementlarning tartibga 
solingan yig‘indisi sifatida belgilash mumkin. 
Tashkilotlar (korxonalar)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi katta turli-tumanligi bilan 
ajralib turadi va qo‘yidagi omillar bilan belgilanadi: 

tashkilot faoliyatining xarakteri va uning xususiyatlari bilan (ishlab chiqariladigan va 
sotiladigan mahsulotlarning tarkibi, texnolo- gik, texnik jihozlarinishi); 

tashkilot ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyatining o‘lchamlari (hajmlari) bilan; 

boshqaruv apparati tuzilishining asosiy faoliyati (ishlab chiqarish, tijorat)ning iyerarxik 
tuzilishiga mosligi bilan; 

boshqaruvning tashkil qilish shakli bilan ; 

tashkilotni boshqarishning markazlashtirilgan va markazlash- tirilmagan shakllari 
o‘rtasidagi munosabat bilan ; 

boshqaruvning sohaviy va xududiy shakllari o‘rtasidagi munosabat bilan (mahsulot, 
mintaqa bo‘yicha); 

xodimlar malakasining darajasi bilan; 

tashkilotning strategiyasi bilan; 

tashkilot tashqi muhitining murakkabligi va dinamikligi bilan; 

maqsulotning ta’minoti va sotilishini tashkil qilinishi bilan; 

tashkilotni geografik joylashishi bilan va h.k. 
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda uning oldiga quyidagi talablarni 
ko‘yish kerak: 

mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoni, boshkaruv tuzilmasini faoliyat 
yuritishining natijasi sifatida mutanosiblik , uzliksizlik , parallellik, bir maromdalik 
talablariga mos kelishi kerak; 

tashkiliy tuzilma tashkilotni rejali ravishda rivojlanishiga yordam berishi kerak; 

tuzilma elementlari (bo‘linmalar)ning soni kichik, ammo tashkilot normal faoliyat 
yuritishi uchun yetarlicha bo‘lishi kerak, bitta darajadagi tarkibiy qismlar o‘rtasidagi 
gorizontal aloqalar soni ham xuddi shunday bo‘ladi. Gorizontal aloqalar norasmiy 
munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradilar va ko‘nikmalarni uzatishga 
ko‘maklashadilar, bitta darajadagi tarkibiy qismlarning tizim maqsadlarini bajarish 
bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashishini ta’minlaydilar. Aloqalar sonini kamayishi tizimni 
faoliyat yuritishining berqarorligi va operativligini oshishiga olib keladi; 

tashkiliy tuzilma egiluvchan, qat’iy aloqalarning eng kam miqdoriga ega, sodir 
bo‘layotgan o‘zgarishlar , ya’ni vazifalar va yangi xizmatlarni bajarish zaruriyatiga 
muvofiq tez yo‘lga qo‘yishga qodir bo‘lishi kerak. Tizimning ixchamligi uni bozor 
talablariga tez moslashishining talablaridan biri bo‘ladi: 

tashkiliy tuzilma iloji boricha sodda bo‘lishi kerak, buning uchun boshqaruv darajalari 
miqdorini , tashkilot tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar sonini qisqartirish, ishlab 
chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish zarur; 

tashkiliy tuzilma tashkilotga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani tadbiq etishga 
ko‘maklashishi kerak; 

tizim elementlari o‘rtasidagi, hamda tizim va atrof muhit o‘rtasidagi kommunikasiyalar 
aniq bo‘lishlari kerak ; 

tashkiliy tuzilma ishlab chiqilgan va sotilgan tovarlar va xizmatlarning yuqori sifatini 
ta’minlashi kerak; 

tashkiliy tizilma tashkilotni faoliyat yuritishining yuqori samaradorligini ta’minlash 
kerak. 


Tashkiliy tuzilmalarni qo‘rish uchun tashkilotlarni boshqarish tizimidagi tizimchalar, 
idoralar va xodimlarning hukmronligi, bo‘ysundirishning vertikal nisbatlarini aks 
ettiruvchi iyerarxiyalik tamoyili muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin