5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja


- rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va o‘zgaruvchanlari



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
5-¼áóºÒ

5.2- rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va o‘zgaruvchanlari. 
Xodimlar har qanday tashkilotning asosi bo‘ladilar Odamlarsiz tashkilot yo‘q. 
Tashkilot faqat unda odamlar bo‘lgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi. Odamlar 
tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning ichki muhitini 
shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bog‘likdir. Shuning munosabati bilan 
tashkilotdagi odamlar menejment uchun “birinchi sonli predmet” bo‘ladilar. 
Tashkiliy madaniyat -bu tashkilot a’zolari tomonidan taqsimlanadigan eng muhim 
boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yig‘indisidir.Tashkilotning hamma yoqqa 
kirib boruvchi tashkil qiluvchisi bo‘lgan holda, u ham tashkilotning ichki hayotiga va ham 
uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tashkiliy madaniyat quyidagi 
tashkil qiluvchilardan vujudga keladi: 

tashkilotni mavjud bo‘lishining ma’nosini va uning xodimlar va mijozlarga 
munosabatini beruvchi falsafa; 



tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud bo‘lish maqsadlariga yoki ushbu 
maqsadlarga erishish usullariga tegishli bo‘lgan ustivor qadriyatlar; 

tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi o‘zaro munosabatlar 
tomoyillarini belgilab beruvchi hulq me’yorlari; 

tashkilotda “o‘yin” olib boriladigan qoidalar; 

tashkilotda mavjud bo‘luvchi va tashkilotda kanday atmosfera mavjudligi va 
tashkilot a’zolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday o‘zaro hamkorlik qilishlarida 
nomoyon bo‘luvchi muhit; 

tashkilotda ma’lum tadbirlarni o‘tkazish, ma’lum ifodalar, belgilar va h.k.dan 
foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf- odatlar. 
Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan ta’minlovchi manba bo‘ladi. Bunda tashkilot 
ham, o‘z navbatida, buning uchun to‘lov sifatida tashqi muhitga o‘z faoliyatining 
natijalarini berishi kerak. Shunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan doimiy ravishda 
o‘zaro almashish holatida bo‘ladi. U bilan aloqa uzilishi bilan, tashkilot ham tugaydi. 
Tashkilotning tashki muhit bilan o‘zaro hamkorligi mavjud bo‘lish imkoniyati, 
tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki solohiyatini, hamda vujud- ga kelgan chetga 
chiqarishlarni bartaraf qilish va unga ko‘rsatilayotgan xunik ta’sirlardan keyin ham 
quyilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydi. 
Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga ta’sir 
ko‘rsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operasiyalariga 
nisbatan ko‘proq darajada relevantli(muhim)dirlar. Ularni ikkita asosiy guruhlariga ajratish 
mumkin. 
Birinchisi tashkilotlar umumiy tashqi muhitining omillarini tashkil qiladilar, ular 
jamiyat, iqtisodiyot va tabiiy muhitning holatini aks ettiradilar va bevosita tashkilot bilan 
bog‘lik emaslar. 
Ikkinchi guruhga tashkilotlarning bevosita (ishga doir) muhiti omillari kiradi, ular 
bevosita bog‘langanlar va ular bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar. Bular iste’molchilar, 
yetkazib beruvchilar, raqiblar, ish bo‘yicha sheriklar va h.k. 
Tashkilotning tashqi muhitini turlicha ta’riflash mumkin. Masalan, nemis olimlari 
tashqi muhitni ta’riflash uchun “murakkab” va “dinamik” tushunchalaridan foydalanadilar. 
Tashqi muhitning murakkabligini ta’riflarning miqdori va turli-tumanligi bilan aks 
ettirish maqsadga muvafiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida hisobga olish 
zarur.Tashqi muhitning dinamikligini uning ta’riflarining o‘zgaruvchanligi bilan aks 
ettirish mumkin. Yordamida tashqi muhitning o‘zgaruvchanligini baholash mumkin 
bo‘lgan asosiy ta’ -riflar uning omillarining tez-tez takrorlanishi, miqdori va 
muntazamligidir. 
Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillari g‘oyatda 
murakkab, bir ma’noli bo‘lmagan va o‘zgaruvchandirlar. Buning ustiga, ko‘rsatib o‘tilgan 
omillar yaqindan o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘ladilar, ulardan birlaridagi o‘zgarish 
boshqalaridagi o‘zga- rishlarga olib keladi. 
Hozirgi vaqtda tashkilotlar(korxonalari)ning tashqi muhiti hammadan avval 
quyidagilar bilan ta’riflanadi: 
- katta noaniqlik; 
- dinamiklik; 
- oldindan aytib bo‘lmaslik; 
- murakkablik; 
- ba’zi bir tashabbuskorlik bilan. 



Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin