5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
5-¼áóºÒ



5-MAVZU. TASHKILOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH 
Reja: 
5.1.Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi 
5.2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti
5.3. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari 
5.4. Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar 
5.5.Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar.
5.6.Tashkilotni strategik boshqarish 
Tayanch iboralar: tashkilot, ichki va tashqi muhit, strategiya, tashkiliy tuzilma, 
samaradorlik, gurux, moddiy va moliyaviy resurslar 

5.1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi 
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Ko‘pchilik 
kishilar o‘zlarining butun ongli hayotlari davomida o‘zlari a’zosi bo‘lgan yoki ular bilan 
aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bog‘langandirlar. 
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob 
berishi kerak: 

juda bo‘lmaganda, o‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsni 
mavjud bo‘lishi; 

juda bo‘lmaganda guruhning barcha a’zolari o‘zlari uchun umumiy deb qabul 
qilingan bitta maqsadni mavjud bo‘lishi; 

maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarini 
mavjud bo‘lishi. 
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim 
sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga 
yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga 
oshiradi: 
-tashqi muhitdan resurslarni olish
-mahsulotni ishlab chiqarish; 
-uni tashqi muhitga topshirish. 
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, tashkilotning 
muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular o‘rtasidagi ma’lum muvozanatni ushlab turish zarur. 
Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir. 
Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan tashkil topgan sinergetik  
(hamkorlikdagi harakatning) samarasi yotadi. Tashkilotning yagona bir butun sifatidagi 
salohiyatlari va imkoniyatlari uning alohida elementlari, salohiyatlari va va imkoniyatlari 
summasidan oshib ketadi, bu ularning o‘zaro bir birlarini qo‘llab quvvatlashlari va o‘zaro 
to‘ldirishlari bilan asoslanadi. Shunday qilib, tashkilotlarga birlashishdan uning a’zolari 
uchun haqiqiy yutuq mavjud, u ularning mustaqilliklari tufayli cheklanishlaridan 
yo‘qotishlarni qoplaydi. 
Bunda sinergetik samara hammadan avval quyidagilar hisobga tashkil bo‘ladi: 
- xodimlar va bo‘linmalar mehnatini taqsimlanishi va ixtisoslashishi; 
- tashkiliy korporativ madaniyatni shakllanishi; 
- xodimlar tomonidan kasbiy tajriba va bilimlar bilan almashish, ulardan yaxshiroq 
foydalanish; 
- birlashtirilgan moddiy va moliyaviy resurslardan yaxshiroq foydalanish va ular 
bilan manerv qilish; 


- har bilan kishi uchun uning shaxsiy va ishga doir sifatlariga mos keluvchi ish joyi 
va lavozimni tanlab olish, ulardan har birining bilimlari va kasbiy ko‘nikmalaridan 
yaxshiroq foydalanish; 
- har xil odamlarnnig tajribasi, bilimlari va malakalarini bitta tashkilot (bo‘linma)da 
birlashtirish va h.k. 
Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati bo‘ladi, u ichki jarayonlarning ba’zi bir 
yopiqligida aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitdan ajratib turuvchi chegaralarni 
mavjudligi ta’minlaydi. Bu chegaralar “shaffof” yoki “noshaffof” devorlar ko‘rinishidagi 
materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli xildagi yozma buyruqlar va 
cheklashlarga asoslangan “ideal” bo‘lishlari mumkin. 
Tashkilot faoliyatini o‘zini o‘zi boshqarish  tamoyili asosida amalga oshirish uning 
muhim alomati bo‘ladi, u qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun mavjud qonunchilik 
doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga oshirish imkoniyatini 
ko‘zda tutadi. “O‘zini o‘zi boshqarish” atamasi o‘zini o‘zi boshqarishning mustaqilligi 
va shaxsiy atamashunosligini aks ettiradi. Tashkilotlarning o‘zini o‘zi boshqarishi asosida 
ularning iqtisodiy va boshqa manfaatlari yotadi.
Birinchi bosqich – tashkilotni tashkil qilinishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy 
vazifalar – bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko‘proq foyda olishdir. 
Ikkinchi bosqich – tashkilotning o‘sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi – qisqa 
muddatli foyda va jadal o‘sish. Asosiy vazifa – bozorning bir qismini qamrab olish. 
Uchinchi bosqich – tashkilotning balog‘ati. Bunda asosiy maqsad barcha yo‘nalishlar 
bo‘yicha samaradorlikni oshishidan iborat bo‘ladi. Eng muhim vazifa - korxonaning 
obro‘sini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda o‘zgartirishlar kiritishni 
talab qiladi. 
To‘rtinchi bosqich - tanazzul, tashkilotni qarishi. Raqobat, bozorni qisqarishi 
natijasida tashkilot o‘z mahsulotiga talabni kamayishiga duch keladi. Tashkilotning asosiy 
maqsadi mavjud o‘rinlari saqlab qolish hisobiga barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir. 

Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin