23-mavzu. Dumalash podshipniklari to‘G‘RI­sida umumiy ma’lumotlar va ularning tasnifi. Dumalash podship­nik­­larining ishlash sharoiti va uning ishchanlik qobiliyatiga ta’siri. Dumalash podshipniklarining amaliy hisobi


Dumalash podshipniklarining amaliy hisobi (ularni tanlash)



Yüklə 354,77 Kb.
səhifə8/9
tarix16.12.2023
ölçüsü354,77 Kb.
#182678
1   2   3   4   5   6   7   8   9
23-MAVZU. DUMALASH PODSHIPNIKLARI TO‘G‘RI¬SIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TASNIFI. DUMALASH PODSHIPNIKLARINING AMALIY HISOBI

Dumalash podshipniklarining amaliy hisobi (ularni tanlash)


Dumalash podshipniklari ishchanlik qobilyati va ularni hisoblashning asosiy mezonlari. Dumalash podshipniklarning ishchanlik qobilyati yo‘qotilishiga quyidagi asosiy sabablar vosita bo‘ladi.
Toliqish natijasida uvalanish me’yoriy sharoitlarda podshipnikning uzoq muddat ishlashida sodir bo‘ladi. Yeyilish jilvir zarrachalardan ke­rakli­cha himoyalanmaganda kuzatiladi. Avtomobil, traktor, kon, qur­ilish va shularga o‘xshash mashinalardagi podshipniklarda yeyilish asosiy yemirilish turlaridan sanaladi. Tezkor podshipniklarda ajratgichlarning sinish oqibatida yaroqsiz holga kelishi tabiiy holdir.
Halqalar va dumalash jismlarining yorilishi (darz ketishi) zarbali va titrashli o‘ta yuklanishlar, noto‘g‘ri o‘rnatish, halqalarning qiyshayishi, tiqilib qolishi va shu kabilar bilan bog‘langan. Ekspluatatsiya me’yor­lariga amal qilinganda bu yemirilish turi uchramasligi mumkin.
Og‘ir yuklanishli sekinyurar podshipniklarning dumalash yo‘lkala­rida o‘yiqchalar va ezilishlar ko‘rinishida qoldiq deformatsiyalar yuz ko‘rsatadi.
Dumalash podshipniklarining zamonaviy hisobi ikki hil usulda amalga oshiriladi:
1. Qoldiq deformatsiyalar bo‘yicha statikaviy yuk ko‘taruvchanlikka hisoblash;
2. Toliqishdan uvalanish bo‘yicha umrboqiylikka hisoblash.
Standart orqali dumalash podshipniklarining rusumlari va o‘lcham­lari chegaralangani har bir podshipnik uchun ishchanlik qobilyatini (yuk ko‘taruvchanligini) hisoblash va tajriba yo‘li bilan belgilash imkonini beradi.
Mashinalarni loyihalashda dumalash podshipniklari standartlardan shartli formulalar bo‘yicha to‘gridan – to‘g‘ri tanlanadi va bu tanlashning uslubiyoti ham andozalashtirilgan .
Toliqishdan yemirilishining oldini olish uchun podshipniklar dinamikaviy yuk ko‘taruvchanlik, qoldiq deformatsiyalarni bartaraf etish uchun statikaviy yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha tanlanadi.


Podshipniklarni dinamikaviy yuk ko‘taruvchanlik bo‘yicha tanlash

Mazkur tanlash berilgan umrboqiylik yoki resurs bo‘yicha podshipniklarning aylanishlar takroriyligi da bajariladi. da e’tiborga qiymat olinadi. Tanlash sharti:




(23.13)

Ba’zaviy dinamikaviy yuk ko‘taruvchanlik C -tekshirishlarga jalb etilgan ma’lum miqdor ichidagi podshipniklarning 90% toliqish belgilarisiz bir million aylanishlarda podshipnik nazariy jihatdan qabul qila oladigan o‘zgarmas statsionar kuchdir. Har bir podshipnik uchun C qiymati kataloglarda beriladi (23.1-jadvalda yengil va o‘rta turkumli ichki diametrlari bir xil bo‘lgan sharikli bir qatorli radial va sharikli bir qatorli radial- trak podshipniklari uchun dinamikaviy C va statikaviy yuk ko‘taruvchanlik hamda tashqi o‘lchamlari namuna sifatida keltirilgan).


Bunda dinamikaviy yuk ko‘taruvchanlik C ostida radial va radial- tirak podshiipniklar uchun radial hamda tirak va tirak-radial podshipniklar uchun o‘q bo‘yicha yo‘nalgan kuch tushiniladi.


23.1-jadval
Podshipniklar uchun ba’zi parametrlar
(DAST 8338-75 va DAST 831-75 dan qisqartmalar)



Yengil turkum

O‘rta turkum

Belgisi

O‘lchami, mm

Yuk ko‘taruvchanlik,
kN

Belgisi

O‘lchami, mm

Yuk ko‘taruvchanlik

d

D

B

r





d

D

B

r





210
213

50
65

90
120

20
23

2,0
2,5

35,1
56,0

23,2
34,0

310
313

50
65

100
140

27
33

3,0
3,5

61,8
92,3

38,0
60,0

36210
46213

50
65

90
120

20
23

2,0
2,5

43,2
69,4

27,0
45,9

46310
46313

50
65

110
140

27
33

3,0
3,5

71,8
113,0

44,0
75,0

Dinamikaviy yuk ko‘taruvchanlik va resurs empirik munosabat orqali o‘zaro bog‘langandir:


yoki , (23.14)
bu yerda -resurs, million aylanish; -dinamikaviy ekvivalent yuklama; –sharikli va rolikli podshipniklar uchun daraja ko‘rsatkichi; umrboqiylik koeffitsienti; - metallning sifatini, ish­­­lab chiqarishdagi texnologiya hususiyatlarini, podshipnik tuzilishini va ulardan foydalanish sharoitlarining birgalikdagi ta’sirini e’tiborga oluvchi umumlashgan koeffitsient (23.2-jadval).
23.2-jadval
umumlashgan koeffitsientning qiymatlari



Podshipnik rusumi

* (izohga qarang)

1

2

3

Sharikli podshipniklar (sferalidan boshqa)
Rolikli silindrsimon, sharikli ikki qatorli sferasimon
Konussimon rolikli
Rolikli ikki qatorli sferasimon

0,7…0,8
0,5…0,6
0,6…0,7
0,3…0,4

1,0
0,8
0,9
0,6

1,2…1,4
1,0…1,2
1,1…1,3
0,8…1,0

Izohlar: 1.Qo‘llashning odatiy sharoitlari. 2. Podshipnik detallari orasida moying gidrodinamikaviy pardasi va podshipnik tugunida kichik qiyshayishlar mavjud. 3. Ikkinchi sharoitlar va halqalar, dumalash jismlari yuqori sifatli po‘latlardan tayyorlangan.

Kataloglarda bazaviy dinamikaviy yuk ko‘taruvchanlik C ishonchlilik koeffitsienti bilan ko‘rsatilgan. Ishonchlilikni oshirish zarur bo‘lgan hollarda koeffitsient qiymati kamaytiriladi:





P(t)

0,9

0,95

0,96

0,97

0,98

0,99



1

0,62

0,53

0,44

0,33

0,21

Aksariyat mahsulotlarning podshipniklari uchun qabul qilinadi. Kichik resurslarda miqdorda cheklov qo‘yiladi, aks holda toliqish kuzatilmasa ham yemirilish sodir bo‘lishi mumkin. yuqori qiymatlari yuqori aniqlik darajasidagi podshipniklar uchun belgilanadi. (23.14)-formula dumalash podshipniklarini toliqishga tekshirish natijasida olingan. Tekshirishlar asosida toliqish egri chizig‘i quriladi (23.8-rasm).





23.8-rasm. Podshipnikning toliqish egri chizig‘i

C qiymati nafaqat podshipnik materiali mustahkamligiga, balki podshipnikning tuzilish va texnologik tavsiflariga ham bog‘liqdir .


Agar aylanishlar takroriyligi n o‘zgarmas bo‘lsa, umrboqiylik (resurs) soatlarda ifodalanadi:


yoki


(23.15)

Soatlarda ifodalangan podshipniklarning umrboqiyligi ning tavsiya etiladigan qiymatlari 23.3-jadvalda keltirilgan.



Yüklə 354,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin