23-mavzu. Dumalash podshipniklari to‘G‘RI­sida umumiy ma’lumotlar va ularning tasnifi. Dumalash podship­nik­­larining ishlash sharoiti va uning ishchanlik qobiliyatiga ta’siri. Dumalash podshipniklarining amaliy hisobi


Dumalash podshipniklarining ishlash sharoiti va uning ishchanlik qobiliyatiga ta’siri



Yüklə 354,77 Kb.
səhifə3/9
tarix16.12.2023
ölçüsü354,77 Kb.
#182678
1   2   3   4   5   6   7   8   9
23-MAVZU. DUMALASH PODSHIPNIKLARI TO‘G‘RI¬SIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TASNIFI. DUMALASH PODSHIPNIKLARINING AMALIY HISOBI

Dumalash podshipniklarining ishlash sharoiti va uning ishchanlik qobiliyatiga ta’siri
Podshipnikdagi kontakt kuchlanishlarni aniqlash uchun dumalash jismlari orasida yuklamaning taqsimlanish qonunini bilish zarur. Mana shu statik noaniq masalani yechishda podshipnik aniq (ideal) tayyorlangan, tirqishlar, tig‘izliklar va ishqalanish kuchlari mavjud emas, deb qaraladi. Halqalar, dumalash jismlari, val va korpusning xususiy shakl o‘zgarishlari e’tiborga olinmaydi. Radial Fr kuch orqali dumalsh jismlari notekis yuklanadi (23.4 - rasm).
Muvozanat shartiga ko‘ra

Fr=Fo+2F1cosγ+2F2cos(2γ)+ ... +2Fncos(nγ) , (23.1)


bu yerda γ=3600/z; zshariklar soni.


(23.1) - formulaga nγ burchak 900 dan kichik bo‘lgan hadlargina podshipnikning yuqori yarmi yuklanmaganligi bois kiritiladi.



23.4-rasm. Dumalash jismiga ta’sir etuvchi eng katta
yuklamani aniqlashga oid tarh

Yuqorida keltirilgan shartlar bo‘yicha F0, F,F2 ... Fn kuchlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni kontakt shakl o‘zgarishlarini inobatga olib, quyidagi munosabatni yozamiz:


F1=Focos3/2γ, ... , Fn=Focos3/2(nγ). (23.2 )


(23.1)- formula (23.2) – formulani e’tiborga olib, Fo ga nisbatan yechilsa:


Fo= . (23.3)


Dumalash podshipniklaridagi dumalash jismlarning amaldagi soni z=8...20 ning istalgan qiymatiga z/[1+2cos5/2γ+2cos5/2(2γ)+...+2cos5/2(nγ)]≈4,37 bo‘lishi nazarda tutilsa:


Fo=4,37 . (23.4)


Radial tirqish va podshipnik detallari o‘lchamlaridagi noaniqlik­larning ta’sirini hisobga oluvchi tuzatma kiritilib, amalda quyidagi ifoda qabul qilinadi:


. (23.5)

Yuqoridagilardan, yuklamalarning taqsimlanishi podshipnikdagi tirqishlar va uning detallari geometrik shaklining aniqligiga bog‘liq ekanligi ko‘rinadi. Shuning uchun ham dumalash podshipniklarining tayyorlanish aniqligiga katta e’tibor qaratilishi lozim. Podshipniklarni ishlatish jarayonida tirqishlarning kattaligi podshipnik tarkibiy qismlarining yeyilishi oqibatida salbiy tomonga o‘zgaradi. Mana shu holat davom etaversa, podshipnik to ishdan chiqib, yaroqsiz holatgacha yetishi mumkin.



Yüklə 354,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin