23-mavzu. Dumalash podshipniklari to‘G‘RI­sida umumiy ma’lumotlar va ularning tasnifi. Dumalash podship­nik­­larining ishlash sharoiti va uning ishchanlik qobiliyatiga ta’siri. Dumalash podshipniklarining amaliy hisobi



Yüklə 354,77 Kb.
səhifə7/9
tarix16.12.2023
ölçüsü354,77 Kb.
#182678
1   2   3   4   5   6   7   8   9
23-MAVZU. DUMALASH PODSHIPNIKLARI TO‘G‘RI¬SIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TASNIFI. DUMALASH PODSHIPNIKLARINING AMALIY HISOBI

Podshipniklarni moylash. Podshipniklarni moylash uchun plastik, suyuq va qattiq moylash materiallari ishlatiladi. Moylash ishchi yuzadagi dumalash jismlari va ajratgich orasidagi ishqalanishni kamaytiradi. Moylash materiali issiqlikni olib chiqib ketishga, shovqinni kamaytirishga, podshipnik detallarini zanglashdan saqlashga, zichlamalar ishini yaxshilashga sababchi bo‘ladi.
Plastik moylash materiallari tejamli, podshipnikni zanglashdan yaxshi himoya qiladilar, murakkab zichlamalarni talab etmaydilar va almashtirishsiz uzoq muddat ishlay oladilar va ko‘plab ishlatiladilar. Podshipnik ko‘rpusida erkin hajm ko‘zda tutiladi va u aylanishlar takroriyligiga bog‘liq holda 1/3…2/3 erkin hajmda moy bilan to‘ldiriladi. Umumiy vazifadagi dumalash podshipniklari uchun ЦИАТИМ-201, Литол 24, Л3-31, solidollarni qo‘llash tavsiya etiladi. Xuddi shu maqsadlarda muallif tomonidan yaratilgan TC rusumli plastik moylarni qo‘llash ham ilmiy, ham amaliy jihatdan ko‘pgina tadqiqotlarda asoslab berilgan.
Suyuq ishqalanish moylari, plastik moylarga nisbatan kichik qovushqoqlikka ega bo‘lib, ishqalanish momentini, shu bilan birga podshipnikdagi haroratni kamaytiradi, chegaraviy aylanishlar takroriyligini oshiradi va yeyilish mahsulotlarini olib chiqishga sharoit yaratadi. Podshipniklarni moylash ularning yuklanuvchanlik qobilyatini va resursini oshiradi. Suyuq moylar sifatida sanoat, transmissiya, aviatsiya va boshqa moy turlari qo‘llanadi. Moyning turini tanlash podshipnik o‘lchamlariga, aylanishlar takroriyligiga, yuklamaga, ishchi haroratga, tashqi muhit holatiga, iqtisodiy omillarga bog‘liqdir. Moyning qovushqoqligi yuklama, harorat qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik yuqori, podshipnikning aylanishlar takroriyligi kichik bo‘lsa, past bo‘lishi lozim. Suyuq moylarni uzatish mexanizmning tuzilishiga, podshipniklarning joylashuviga, ularning aylanishlar takroriyligiga, moylash tizimiga qo‘yiladigan ishonchlilik talablariga va boshqalarga bog‘liqdir.
Chidab bo‘lmas, ekstremal sharoitlarda, masalan, bo‘shliqda, yuqori haroratlarda, tajovuzkor muhitda ishlatiladigan podshipniklarda qattiq moylovchi materiallardan disulfid molibden, grafit, ftoroplast, hamda ularning kompozitsiyalari; ruh, kumush, nikel, kobalt, indiy, oltin, platinalarning qoplamalari ishlatiladi.
Oddiy sharoitlarda podshipniklardan foydalanilganda bir yilda bir marotaba halqalar va dumalash jismlarining holatlarini tekshirish kerak. O‘rtacha ishlash harorati 50 gacha bo‘lganda bir yilda bir marotaba, 100 da har uch oyda moyni almashtirish tavsiya etiladi.



Yüklə 354,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin