23-mavzu. Dumalash podshipniklari to‘G‘RI­sida umumiy ma’lumotlar va ularning tasnifi. Dumalash podship­nik­­larining ishlash sharoiti va uning ishchanlik qobiliyatiga ta’siri. Dumalash podshipniklarining amaliy hisobi


Dumalash podshipnigining dinamikasi



Yüklə 354,77 Kb.
səhifə6/9
tarix16.12.2023
ölçüsü354,77 Kb.
#182678
1   2   3   4   5   6   7   8   9
23-MAVZU. DUMALASH PODSHIPNIKLARI TO‘G‘RI¬SIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TASNIFI. DUMALASH PODSHIPNIKLARINING AMALIY HISOBI

Dumalash podshipnigining dinamikasi. Podshipnikning har bir sharchasi yoki roligi tashqi halqa markazidan qochma kuch bilan (23.7-rasm, a) siqiladi:


, (23.9)

bu yerda m-sharcha yoki rolikning massasi. Bu holatdan tashqi halqa-ning ish sharoiti og‘irlashar ekan degan hulosa chiqarilmasligi kerak, chunki yuqorida qayd qilinganidek,tashqi halqada ichki halqaga qaraganda kontakt kuchlanishlar kamdir. Shuning uchun ham markazdan qochma kuch tasirida tashqi halqadagi qo‘shimcha yuklama podshipnikning ishchanlik qobilyatiga amalda ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu holat mana shu podshipnik uchun uning qandaydir aylanishlar takroriyligi qiymatigacha o‘rinli hisoblanadi. Tezkor podshipniklarda esa markazdan qochma kuchning ta’siri oshib boradi (23.1-jadvalga qarang). Markazdan qochma kuchlarning ta’siri tirak podshipniklarda ancha seziladi: ular halqachalarni bir-biridan ajratib, separatorga bosim o‘tkazishi mumkin, buning oqibatida ishqalanish va yeyilish oshadi.



23.7-rasm. Dumalash podshipnigi dinamikasiga doir tarh

Markazdan qochma kuchlardan tashqari tirak podshipnikning sharchalariga fazoda sharchaning aylanish o‘qi yo‘nalishining o‘zgarishi bilan bog‘liq giroskopik moment ta’sir ko‘rsatadi (23.7-rasm, b):




, (23.10)
bu yerda J - o‘z o‘qiga nisbatan sharchaning inertsiya momenti. Giroskopik moment ta’siri ostida sharcha dumalash yo‘nalishiga tik yo‘nalishda burilishga intiladi. Quyidagi shart bajarilsa mana shu holat yuz beradi:


, (23.11)

bu yerda sharcha va halqalar o‘rtasidagi ishqalanish kuchlari momenti; F-sharchaga ta’sir qiluvchi yuklama. Sharchalarning ta’sirida aylanishi qo‘shimcha isroflar va yeyilishga olib keladi.


Radial podshipniklarda bunday hol kuzatilmaydi. Radial-tirak podshipniklar uchun
, (23.12)

bu yerda bosim burchagi (23.1-rasmga qarang).


Dinamikaviy omillarning zararli ta’siri, ayniqsa tirak podshipniklarda katta bo‘ladi. Shuning uchun ham tirak podshipniklarda joiz aylanishlar takroriyligi radial va radial-tirak podshipniklarga nisbatan ancha kichikdir. Katta aylanishlar takroriyligida tirak podshipniklar o‘rniga tirak-radial podshipniklarni qo‘llash maqsadga muvofiq sanaladi.

Yüklə 354,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin