23-mavzu. Dumalash podshipniklari to‘G‘RI­sida umumiy ma’lumotlar va ularning tasnifi. Dumalash podship­nik­­larining ishlash sharoiti va uning ishchanlik qobiliyatiga ta’siri. Dumalash podshipniklarining amaliy hisobi


Dumalash podshipnigining kinematikasi



Yüklə 354,77 Kb.
səhifə5/9
tarix16.12.2023
ölçüsü354,77 Kb.
#182678
1   2   3   4   5   6   7   8   9
23-MAVZU. DUMALASH PODSHIPNIKLARI TO‘G‘RI¬SIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR VA ULARNING TASNIFI. DUMALASH PODSHIPNIKLARINING AMALIY HISOBI

Dumalash podshipnigining kinematikasi. Sharchalar podship­nik­da planetar harakat qiladilar. 23.6 - rasmda ichki halqa aylangan holat uchun tezliklar rejasi tasvirlangan.

bu yerda V1= (23.6)



23.6-rasm. Dumalash podshipnigi kinematikasiga oid tarh


Sharchaning o‘z o‘qi atrofidagi burchak tezligi

ωsh=2(v1-v0)/Dsh=0,5ωD1/Dsh . (23.7)


Sharchaning val o‘qi atrofidagi burchak tezligi yoki ajratgich (sepa­rator) ning burchak tezligi


. (23.8 )
Demak, ajratgich val aylanishi bo‘yicha valning yarim burchak tezligiga teng burchak tezlik bilan aylanadi.
(23.8) – formuladan ajratgichning burchak tezligi sharcha o‘lcham­lariga bog‘liqligi ko‘rinadi. O‘zgarmas D1 da Dsh qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ωc­­ kichik bo‘ladi. Sharchalarning diametrlari bir podshipnikda turlicha bo‘lsa yoki ular noaniq tayyorlanganda kattalari separatorni to‘xtatishga harakat qilsa, kichiklari separatorni tezlatishga intiladi. Ajratgich va sharchalar o‘rtasida katta bosim va ishqalanish kuchi hosil bo‘lishi mumkin. Mana shu holat bilan sharchalar va ajratgichning yeyilishi, podshipnikdagi isrofning ortishi va ajratgich­larning sinishi aloqadordir. Mana shundan kelib chiqqan holda podshipnik detallarini tayyorlash mas’uliyatli vazifaligini ta’kid­laymiz.
Sharchaning halqalar bilan aloqasi qandaydir a-b-a yoy bo‘yichadir (23.6 - rasmga qarang). Sharchaning dumalashida a va b nuqtalarning tezliklari turlichadir. Mabodo, b nuqtada sirpanish mavjud emas deyilsa, u a nuqtada albatta bo‘ladi va aksincha. Demak, sharikli podshipniklarda dumalab ishqalanish bilan bir qatorda sirpanib ishqalanish ham kuzatiladi. Bu dumalash podshipniklaridagi qo‘shimcha yeyilish va isroflarga sababchi bo‘ladi. Rolikli podshipniklarda kontaktning hamma nuqtalari rolikning o‘qidan bir xil masofada yotganligi uchun faqat dumalash sodir bo‘ladi.

Yüklə 354,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin