Dumalash ishqalanishi



Yüklə 19,64 Kb.
səhifə1/2
tarix03.12.2023
ölçüsü19,64 Kb.
#172179
  1   2
Dumalash ishqalanishi


Dumalash ishqalanishi.
Agar bir jism ikkinchi jism ustida sirpanmasdan dumalasa,bunda hosil bo’lgan ishqalanish dumalash ishqalanishi deyiladi.
Masalan,velosiped yoki avtomobil g’ildiraklari g’ildiraganda , bochka yoki g’o’lalar dumalatilganda dumalash ishqalanishi namoyon bo’ladi. Dumalash ishqalanishi hosil bo’lishining asosiy sababi g’ildirak tegib turgan sirtda og’irlik kuchining ta’sirida hosil bo’lgan deformatsiyasidir.Dumalash natijasida g’ildirakda va u g’ildirayotgan sirtda chuqurlik paydo bo’ladi.Chuqurlik g’ildirakning aynishiga to’sqinlik qiladi.G’ildirak sirti va u dumalayotgan sirt qanchalik qattiq bo’lsa , g’ildirak dumalayotganda shuncha kam deformatsiyalanadi va dumalash ishqalanish kuchi Fi(d) shuncha kichik bo’ladi.
Dumalash ishqalanishi kuchini o’lchash mumkin.G’o’lachalar ustiga qo’yilgan taxtacha dinamometr bilan tortiladi.Bunda dumalash ishqalanishi kuchi Fi(d) ning qiymati dinamometr ko’rsatgan F kuchning qiymatiga teng bo’ladi.
Dumalash ishqalanish kuchi sirpanish ishqalanish kuchidan ko’p marta kichik bo’ladi.Shuning uchun ham qadimdan odamalr og’ir yuklarni bir joydan boshqa joyga ko’chirishda g’o’lalardan foydalanganlar.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki,dumalash ishqalanish kuchi Fi(d) jismga ta’sir etuvchi reaksiya kuchi N ga to’g’ri proportsional,dumalayotgan jism radiusi R ga teskari proportsional bo’ladi ,ya’ni:
Fi(d)= µd F/R.
Bunda µd – dumalanish ishqalanish koeffitsienti.Uning qiymati bir-biriga ishqalanuvchi jismlarning materialiga,sirtlarining silliqligiga bog’liq. µd ning taqribiy qiymati po’lat uchun 0,2 mm ga, avtomobil g’ildiragi rezinasi bilan asvalt uchun 2 mm ga teng.
Avvalo, jism dumalashi uchun qanday shart bajarilishi kerak. Faraz qilaylik birorta absolyut qattiq jismdan yasalgan R - radiusli g`ildirak, absolyut qattiq jismdan iborat gorizontal tekislik ustida muvozanat holatda turgan bo`lsin. Endi shu g`ildirakning markazi S - nuqtaga ozgina Q - kuchi bilan tasir etsak g`ildirak aylanmasdan muz ustidagidek sirpanib harakat qilishi mumkin.

G`ildirak aylanishi uchun, gorizontal tekislik bilan g`ildirakning ostki yuzasi o`rtasida ishqalanish kuchi paydo bo`lishi shart, faqatgina shu Fishq kuch tasiridagina aylanish sodir bo`ladi. SHakldan ko`rinib turgandek elkasi R - ga teng bo`lgan Q va Fishq kuchlardan tashkil topgan juft kuch paydo bo`lib, g`ildirakni aylantirishga harakat qiladi, agarda qarshilik momenti bo`lmasa, g`ildirak aylana boshlaydi.


Lekin, aslida g`ildirakni aylanma harakatga keltirish uchun Q va Fishq momenti etarli darajada katta bo`lishi kerak. Nima sababli shunday bo`ladi?.
Sababi shuki, real konstruktsiyalarda, harqanday g`ildirak bilan yuza, nuqta yoki chiziq orqali tutashmasdan, balki malum miqdordagi -enligidagi yuzacha orqali tutashadilar

SHu sababli shaklda ko`rsatilgandek R va N kuchlaridan tashkil topgan qarshilik momenti vujudga keladi, natijada g`ildirakka ikkita juft kuch tasir etaboshlaydi, ulardan biri Q va Fishq kuchlardan iborat aktiv juft, ikkinchisi esa R va N kuchlaridan tashkil topgan qarshilik juftidir.


G`ildirak aylanma harakat bajarishi uchun aktiv juftning momenti qarshilik juftining momentdan katta bo`lishi shart, yani

bu erda  - dumalab ishqalanish koeffitsienti deyiladi. 8.4 shakldan ko`rinib turgandek uning o`lchov birligi uzunlik o`lchovi bilan o`lchanadi. Fishqhfo ekanligini etiborga olib bu qiymatni oxirgi tenglamaga qo`yib, ikkala tomonini N ga qisqartirib, quyidagi tenglamani olamiz, yani



Yüklə 19,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin