Axborot resurslarini klassifikatsiya qilishga qanchalik urinmaylik, bu klassifikatsiya to’liq bo’la olmaydi. Klassifikatsiya asosiga quyidagilarni qo’yish mumkin: tarmoqlar prinsipi (fan, sanoat, ijtimoiy soha va hokazo asosida); taqdim etilish shakli bo’yicha (axborot tashuvchi turi, formallashganlik darajasi, qo’shimcha izohlanganligi va hokazo xususiyatlar bo’yicha) va boshqa prinsiplar. Har bir sinf bo’yicha yana qo’shimcha ichki tiplashtirishni bajarish mumkin. Masalan, Internet resurslarini vazifasi va taqdim etilish shakli bo’yicha:
Milliy axborot resurslari axborot resurslari sohasidagi eng yirik kategoriya bo’lib hisoblanadi. Ushbu tushuncha XX asr 80- yillarida vujudga kelgan bo’lib, rivojlangan mamlakatlardagi axborot massasi, axborotni uzatish va qayta ishlash vositalarining rivojlanish darajasi ushbu ko’rsatkich bilan o’lchanadigan bo’ldi. Milliy axborot resurslari klassifikatsiyasini quyidagi shaklda amalga oshirish mumkin:
Rivojlangan davlatlarda axborot resurslarining ulkan massasi kutubxonalarda jamlangan;
Arxivlar mamlakat tarixi va madaniyati bilan bog’liq bo’lgan ko’p asrlik axborotlarni saqlaydi. Bu turdagi axborotlarning to’planish tezligi ko’pincha ularni qayta ishlash tezligidan katta bo’ladi;
Ilmiy-texnikaviy axborot ko’p sonli maxsus nashrlar, patent xizmatlari va hokazolarni saqlaydi;
Huquqiy axborot qonun hujjatlari, kodekslar, normativ aktlar va hokazolarni o’zida saqlaydi.
Sohalar bo’yicha axborot resurslariga alohida olingan xo’jalik tarmoqlari:
ta’lim tizimi;
qishloq xo’jaligi;
meditsina;
mudofaa;
sanoat va hokazo tarmoqlar bo’yicha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Hozirgi kunda axborot, axborot resurslari va axborotni boshqarish qurollari tushunchalari «axborot maydoni» (informatsionnoye prostranstvo) degan sohaga keng qo’llanilmoqda.
«Axborot maydoni» deganda axborotni maqsadli saqlash va qayta ishlash bilan bog’liq barcha say-harakatlar tushuniladi. Axborot maydonining asosini axborot resurslari va ularni qayta ishlash vositalari (berilganlar bazasi, fayllar, protokollar, klassifikatorlar, kompyuterlar, tarmoq uskanalari, telekommunikatsiya vositalari) tashkil etadi. Axborot maydoni axborotni yig’ish, to’plash, saqlash, izlash, analitik qayta ishlash usul va uslublarining o’zaro bog’lqligidan tashkil topgan axborot sistemalari (AS) orqali tizimlashtiriladi. Axborot resurslari AS doirasida jamlanadi.