2-mavzu: Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati Reja


Axborotni manba turi sifatida



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə5/26
tarix06.06.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#125783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Media savodxonlik 2-ma\'ruza (2)

Axborotni manba turi sifatida yaratish, uzatish, qidirish, qabul qilish, u yoki bu shaklda nusxalash, qayta ishlash va yo’qotish mumkin. Axborot namunalari turli shakllarda yaratilishi mumkin: ovoz yoki radioto’lqin, elektr toki yoki kuchlanish, magnit maydonlari, qog’oz tashuvchilarga tushirilgan turli belgilar va h.k.
Hozirgi kunda axborot tashuvchilar quyidagi belgilarga ko’ra turkumlanadi:

  • foydalanayotgan moddiy asosga ko’ra: qog’ozli, magnitli va optik mexanik tashuvchilar;

  • ma’lumotlar o’qilish xususiyatiga ko’ra: inson-mashina va mashina o’qiydigan tashuvchilarga bo’linadi.

Qog’ozli tashuvchilar-hujjatlar, perfokarta va perfolentalar.
Magnitli-magnitli disk, magnitli baraban, magnitli kartalar.
Optik-mexanik-SD-ROM, CD-RW, DVD-ROM, flesh-xotira, mobil vinchesterlar.
Zamonaviy jamiyat axborot resurslari. Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki zahirasidir. Har qandar jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lum resurslarga ega bo’ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar, energetik resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar kiradi. Bularga qo’shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi buaxborot resurslaridir. Axborot resurslari-alohida hujjat va hujjatlar to’plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari va boshqa axborot tizimlari)dagi hujjatlar va hujjatlar to’plami.
Vaqt o’tishi bilan axborot resurslarining ahamiyati ortib boradi; buning tasdig’i sifatida zamonaviy jamiyatning hozirgi bosqichida axborot resurslari narxi material resurslaridan past bo’lmagan tovar ekanligi faktini keltirishimiz mumkin. “Axborot resurslari” tushunchasiga turli ta’riflar berilgan bo’lib, “Axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi to’g’risida”gi qonunda keltirilgan ta’rifga asosan:”Axborot resurslari – axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjat massivlaridan iborat. Axborot tizimlari – kutubxonalar, arxivlar, fondlar, berilganlar bazalari va boshqalardan iborat. Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategik ahamiyatga egadir. Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o’rtasida juda muhim farq mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs foydalanilgandan keyin yo’qoladi (yoqilg’ini yoqish, sarflangan mablag’ va b.), axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi. Faqat axborotni ataydan o’chirib tashlanmasa, undan ko’p marta foydalanish, cheksiz marta nusxa ko’chirish mumkin.

Yüklə 61,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin