2-mavzu: Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati Reja



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə2/26
tarix06.06.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#125783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Media savodxonlik 2-ma\'ruza (2)

Axborot-manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar sanaladi. Har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko’zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasi shakllanishining asosiy vositalaridan biridir. Shuning uchun ham, axborotga bo’lgan hayotiy ehtiyoj, uni qondirishga xizmat qiluvchi omillarni shakllantirish kishilik taraqqiyotining har bir bosqichida yetakchi o’rinlardan birini egallab kelgan.
Insoniyat tarixida axborot to’plash va tarqatishning dastlabki og’zaki (voizlar, jarchilar, choparlar va boshqalar) va yozma (papiruslardagi, e’lon taxtalari va hakozolardagi) namunalari nomuntazam bo’lsada, qadim zamonlardan yaxshi ma’lum. O’sha davrlardayoq to’laqonli axborot va xabarga talab hamda ehtiyoj turli manbalarda o’z aksini topgan. Xususan “Avesto”da har qanday xabar, yangilik o’zining takomilligi, haqiqiyligi, to’liqligi bilan baholanishi, uning yordamida insoniyat yaxshilik va ezgulikka qarab intilishi to’g’risida aytib o’tilganligini ta’kidlash lozim.
Media manbalaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan olingan axborotdan mos ravishda foydalanish insonning kasb nuqtai nazaridan axborot ehtiyojlarini tahlil qilishi, shuningdek, axborotni izlashi va uni baholashiga bog’liq. «Axborot» atamasi ko’plab tavsifga ega. U ma’lumotlar, tadqiqot jarayonida olingan bilimlar, tajriba yoki tahsil olish, shuningdek, signal yoki belgilarni anglatishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, axborot – bu to’plangan, qayta ishlangan va izohlangan, foydalanish uchun qulay bo’lgan ko’rinishda taqdim etiladigan ma’lumotlardir. Axborotni yana bir boshqacha tavsifi - «tushunishga oson shaklda berilgan bilimlar»dir. Axborot (informatsiya) tushunchasi lotin tilidagi «informatio» so’zidan olingan bo’lib, bayon etish, tushuntirish, izohlash kabi ma’nolarni bildiradi. O’tmishda mazkur tushuncha ortida odamlar tomonidan bir biriga og’zaki, yozma va boshqa usulda beriladigan ma’lumotlar tushunilgan. Keng ma’noda axborot ta’rifi kibernetika fanida keltirilgan. Uning asoschisi Norbert Vinerning yozishicha, “axborot – bu biz unga va uning bizning hissiyotlarimizga moslashuvchi, tashqi dunyodan olingan mazmun tavsifidir”. Boshqa tomondan, “axborot” istilohi shuningdek “axborot berish”, axborotni uzatish va uni tarqatish ma’nosida ham qo’llaniladi. Ayrim tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, axborot deb oldindan ma’lum bo’lmagan biror narsa haqidagi xabar yoki ma’lumotlar tushuniladi. Nima bo’lgan taqdirda ham axborot muhim unsur bo’lib, usiz nafaqat alohida insonni, balki jamiyatni ham tasavvur qilib bo’lmaydi. Masala, uning sifati, mazmuni, ohangi va yo’naltirilganligidadir. Shu bois axborot chegaralangan, qalbakilashtirilgan, tezkor, dolzarb va h.k. bo’lishi mumkin.

Yüklə 61,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin