Mahsulot sifat darajasini baholashning kompleks, differensial hamda aralash usuli. Mavzu : “Maxsulot sifati darajasini baholash” Mahsulot sifati



Yüklə 1,04 Mb.
tarix25.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#148404
Maxsulot sifati darajasini baholash1

Ba'zan mahsulot sifati darajasini baholashda mushkul holatlar ham uchraydi. Bunday xolatlarda barcha ko'rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko'ra ikki guruhga bo'lish maqsadga muvofiqdir.

  • Ba'zan mahsulot sifati darajasini baholashda mushkul holatlar ham uchraydi. Bunday xolatlarda barcha ko'rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko'ra ikki guruhga bo'lish maqsadga muvofiqdir.
  • Bitta turdagi mahsulotning sifati darajasini baholash differentsial, kompleks va aralash usullar orqali amalga oshiriladi.

Mahsulot sifat darajasini baholashning kompleks, differensial hamda aralash usuli.
Mavzu : “Maxsulot sifati darajasini baholash”
Mahsulot sifati - mahsulot xususiyatlari majmui, uning jamiyat va shaxs ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tovar raqobatbardoshligini taʼminlashning muhim sharti.
  • Tovarlar sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashning organoleptik, tajriba, sotsiologik, ekspert (7 kishidan kam bo‘lmagan) usullari mavjud.
  • Organoleptik usulda – tovar sifati xid, ko‘rish, eshitish, ta’m orqali aniqlanadi..
  • Tajriba usulda – tovarning kimyoviy tarkibi, fizikaviy, mikrobiologik, texnologik xususiyatlarini aniqlanadi. Natija raqamlarda ifodalanadi, lekin vaqti uzoqdir.
  • Sotsiologik usulda – xaridorlar fikriga qarab aniqlanadi. Mahsulotlarni sifati sotish ko‘rgazmalari, xaridorlar konferensiyalari anketalar tarqatish yo‘li bilan aniqlanadi.

Sifat ko‘rsatkichlari kattaligini aniqlash usullari
  • Tovarlar sifati ustidan davlat nazorati – Viloyat standartlash va metrologiya markazlari orqali amalga oshiriladi. Ular sifatsiz tovarlar chiqarishni ta’qiqlashlari, aniqlangan sifatsiz tovarlar xajmini korxona rejasidan chiqarish va sotilgan qismidan kelgan daromadni davlat budjetiga o‘tkazish, maxsus qabul qilish tartibi o‘rnatish huquqiga egadirlar.

Tovarlar sifat darajasini baholash
  • Tovarlar sifat darajasini aniqlash usullari – differensial, kompleks va aralash usullar yordamida aniqlanadi.
  • Differensial usulda sifat ko‘rsatkichlari etalonga solishtirib aniqlanadi.
  • Kompleks yoki umumlashtirilgan usulda ballar umumlashtirishda va bu bal hamma ko‘rsatgichlar uchun umumiy hisoblanadi.
  • Aralash usul – ikkala usuldan ham foydalanadi.
  • Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama tekshiriladigan qabul sinovlari.
  • Ishlab chiqarish jarayonining oxirida tayyor mahsulotni NTX talablariga yoppasiga ba’zi ko‘rsatgichlar bo‘yicha texnik nazorat bo‘limi (TNB) tomonidan tekshirish. Natijalar tovarlarga qo‘shib jo‘natiladigan xujjatlarda belgi qo‘yiladi.
  • Sanoat korxonasida sifatni barqarorligini ta’minlash uchun davriy tekshiruv o‘tkazilib turiladi.
  • Bir andozadagi (namunali) sinovlar.
  • Har 2-3 yilda o‘tkaziladigan sinovlari (mustahkamligini sinash uchun);
  • Remontga yaroqliligini 5 yilda bir marta sinaladi..
  • Tovarlar 3 ta belgi bo‘yicha (sifat, miqdor, alternativ) turli sifat guruhlarga bo‘linadi.

Guruhlarga quyidagilar kiradi::
ishlab chiqarishga joriy etilayotgan mahsulotni baholashda - baholanayotgan mahsulotni ishlab chiqarish davrida jahon bozoriga kelib tushishi kutilayotgan ilg'or hamda eksperimental namunalar;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni baholashda - ko'rsatkichlarining qiymati ularning hujjatlari yoki sinov natijalari asosida o'rnatilgan, jahon bozorida sotilayotgan namunalar.
Bazis namuna sifatida baholanayotgan ko'rsatkichlar qiymati bo'yicha barcha analoglarni ketma-ket jufti bilan taqqoslash usuli bilan analoglar guruhidan bazis namuna sifatida eng yaxshilari ajratib olinadi.
  • .Guruhlar bo'yicha aniqlangan kompleks ko'rsatkichlar hamda alohida ajratib ko'rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo'lgan birlik ko'rsatkichlar taqqoslash asosi qilib qabul qilingan ko'rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
  • Odatda, o'lchash yo'li bilan mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichlari aniqlanadi.
  • Huquqiy-patent va iqtisodiy ko'rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi ko'rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi.

Mahsulot sifat darajasini baholash usullari.
Mahsulot sifati qanday degan savolga javob berish uchun bir turdagi mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini ikkinchisi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida qaysi mahsulotning sifati yuqori ekanligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin
O'lchash usuli texnik o'lchov asboblari yordamida olingan ma'lumotlarga asoslangan. O'lchash usuli yordamida mahsulotning og'irligi, bo'yi, eni, razmeri kabi parametrlarini aniqlash mumkin.
Hisoblash usuli - nazariy yoki empirik bog'lanishlar yordamida olingan ma'lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og'irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko'rsatkichlarni aniqlashda qo'llaniladi.
  • Mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini ifodalovchi ko'rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichiga misol qilib, gazlamalarning havo o'tkazuvchanligi, cho'ziluvchanligi, chidamliligi kabi xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.
  • Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichi deb, uning bir necha xossa xususiyatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlarga aytiladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin