Axborotlarni vazifalariga ko’ra ham turlarga ajratish mumkin: ommaviy va maxsus axborotlar. Qog’oz tashuvchiga tushurilgan axborot qismi esa, hujjatli axborot nomini olgan. Masalan: Ommaviy axborot-cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar hisoblanib, ommaviy axborotning asosiy ma’nosini anglatuvchi ma’lumot yig’ish, qayta ishlash va tarqatish hamda tezkor xabarlar yozib jamiyatni ogoh etish hisoblanadi.
Axborot almashinuvida material olam obyekti sifatida manba va qabul qiluvchi – inson yoki qandaydir material obyekt mavjud bo’lishi zarur. Axborot har qanday material tizimning akslanishi hisobiga yuzaga keladi va butun materiyaning xossasi bo’lib hisoblanadi. Axborot tushunchasi ikki obyektning mavjudligini nazarda tutadi: axborot manbai va iste’molchi. Iste’molchi olinayotgan axborotni qayerda va qanday maqsadlarda foydalanayotganiga qarab,baholashi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, axborot pragmatik, semantik va sintaktik aspektlarga ega.
Pragmatik aspekt– olinayotgan axborotni qo’llash orqali belgilangan maqsadga erishishdir. Bu iste’molchining holatiga ta’sir qiladi. Agar axborot samarali bo’lsa, iste’molchining holati yaxshi tomonga o’zgaradi.
Semantik aspekt– berilayotgan axborotning ma’nosini baholash imkonini beradi va tilning ma’noviy elementlari yoki so’zlari o’rtasidagi semantik bog’liqlikni aniqlaydi.
Sintaktik aspekt– axborotni taqdim etish usuli bilan bog’liq bo’lib, axborot ishtirok etayotgan real jarayonga qarab (uni yig’ish, tasvirlash, uzatish, shakl almashtirish, kiritish yoki chiqarish) maxsus belgilar, nishonlar ko’rinishida taqdim etiladi. Masalan: axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlashda bit, bayt, kilobayt(Kb), megabayt(Mb), gigabayt(Gb) o’lchov birliklaridan foydalaniladi. Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun terabayt(Tb), petabayt(Pt) va eksabayt(Eb) va h.k. o’lchovlar mavjud:
-1 Kb =1024 bayt,
- 1 Mb =1024 Kbayt
- Gb =1024 Mbayt
-1Tb =1024 Gbayt
Qayd qilish jarayoniga ko’ra axborotning o’lchov birligi sifatidabelgi, so’z, jumla, abzas va boshqa birliklardan foydalanish ham mumkin