2- mavzu: davriy qonun va davriy sistemasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə3/9
tarix10.06.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#128301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu amaliy

Elektron zaryadi: 4,803 · 10–10 elektrostatik birlik yoki 1,601 · 10–19 kulonga teng.
Elektron massasi: 9,1 · 10–28 g ga teng bo’lib, vodorod atomi massasidan 1840 marta yengil. Katod nurlarining tezligi ≈ yorug'lik tezligining yarmiga teng.
Kanal nurlari. Katod trubkada, katod nurlari bilan bir qatorda, kanal nurlari ham vujudga keladi. Kanal nurlarining hosil bo’lishi shunday tushuntiriladi: elektronlar o’z yo’lida katod trubkasidagi katod trubkasi to’ldirilgan gazni ionlashtiriladi, natijada elektronni yo’qotgan + zaryadli zarrachalar hosil bo’ladi. kanal nurlari qarama–qarshi tomonga harakat qiladi. Elektr maydoniga og'adi. (– tomon). Shisha devorida lyuminestsentsiyalanadi.
Rentgen nurlari. Qattiq satxga (masalan, biror metallni) katod nurlari tushirsak, qattiq satx ko’zga ko’rinmaydigan nurlar chiqaradi. Bu nurlar fotografiya plastinkasiga ta'sir qiladi, lekin elektr maydonida hech tomonga og'maydi. Demak, ular zaryarsiz zarrachalardir. Bu nurlarni 1895 yilda nems fizigi Rentgen kashf qildi va olim nomiga roentgen nurlari deb ataldi. Rentgen nurlari elektromagnit to’lqinlar (nurlar) bo’lib, ularning to’lqin uzunligi 0,06-20 Å o’rtasida. Rentgen nurlari rentgen trubkalarida olinadi.
Katod juda yuqori t°gacha qizdirilgan volfram ipdir. Anod ham volframdan tayyorlanadi. Rentgen nurlari qog'oz, yog'ochdan, materialdan, hayvon va odam organizmidan bemalol o’ta oladi. Rentgen nurlari organizmning zich joylarida ko’proq yuriladi, zichmas joylarida kamroq. Organism orqali o’tgan nurni fotoplastinkaga tushirib, kerakli joining (a'zoning) rasmi olinishi mumkin.
Tabiiy radioaktivlik. Frantsuz olimi Bekkerel uran tuzlarining fotografiya qog'ozini qaytarishini topdi. Bu hodisani radioaktivlik deb ataldi. Moddalarni esa radioaktiv moddalar deyildi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha radioaktiv moddalar 3 xil nur chiqarar ekan: α, β, γ. Keyin aniqlanishicha, α nurlar-geliy yadrolari, β nurlar-elektronlar, γ nurlar-elektromagnit to’lqinlar (nurlar) ekan.

+
γ







α β

radioaktiv modda yashik
Katod va rentgen nurlarining kashf qilinishi, radioaktivlikning kashf qilinishi olimlarni atomlar + va – zarrachalardan tashkil topgan murakkab sistemadir degan fikrga olib keldi.
Atomning planetar modeli. Atomning birinchi modelini ingliz olimi Tomson (1903) tavsiya qildi. Uning tavsiyasiga ko’ra, atom + zaryadlangan sferadan va unga yopishib turgan elektronlardan iborat.

Tomson tavsiya qilgan bu model, ingliz olimi E. Rezerford qilgan tajribalardan keyin talablarga javob bermay qoldi. Rezerford o’z shogirdlari bilan quyidagi tajribani qildi:
U α zarrachalarning havo va turli metallardan tayyorlangan folga (qog'oz) orqali o’tishini tekshirdi va quyidagi hodisani kuzatdi: tushirilgan α zarrachalarning deyarli ko’pchilik qismi folgadan to’g'ri o’tadi. Taxminan 0,01 % esa 90° ga yoki orqaga qaytadi.

Bundan u shunday xulosaga keldi: atomda musbat zaryadlangan yadro bor. Bu yadroning o’lchami juda kichik. Masalan, agar atomning diametric 10–8 sm bo’lsa, yadroning diametric 10–13 ga teng. Yadro atom hajmining 10–15 qismini tashkil qiladi. Masalan, atom hajmini 1 desak, yadro hajmi shuning 0,…..(5 ta nol) qismini tashkil qiladi. Demak, atomdagi musbat zaryadlar Tomson tavsiya qilganidek, katta sferada emas juda kichik hajmda joylashgan.
Rezerford tajribasida yadroga to’g'ri kelgan α-zarrachalar orqasiga qaytadi. Rezerford o’z tajribalari natijalaridan foydalanib atomning planetar modelini taklif qildi:

Elektronlar soni yadro zaryadiga teng,–dedi Rezerford. Atom esa elektroneytraldir, shuning uchun yadro va elektronlar o’rtasida kuloncha tortishish kuchi mavjud:
ze - zaryad yadro; e - elektron zaryadi
r – yadro va elektronlar o’rtasidagi masofa.
Elektron yadro atrofida harakatlanib turadi. Demak, electron qandaydir markazdan qochma kuchga ega:
m - massa; v - tezlik; r - yadro va elektron o’rtasidagi masofa.
Yadro va elektron o’rtasidagi elektrostatik tortishish kuchi va markazdan qochma kuch bir-biriga teng bo’lgani uchun elektron, ya'ni bo’lgani uchun elektron yadrodan uzoqlashib ham ketmaydi, yadroga yopishib ham qolmaydi, ya'ni doim harakatlanib turadi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin