2- mavzu: davriy qonun va davriy sistemasi


Atom tuzilishining kvant nazariyasi. Bor postulatlari



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə5/9
tarix10.06.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#128301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu amaliy

Atom tuzilishining kvant nazariyasi. Bor postulatlari.
1. Postulat: Elektron atomda yadro atrofida istalgan orbitallar bo’ylab emas, balki muayyan radiusli kvantlangan orbitallar bo’ylab harakatlanadi. Bu orbitallarni barqaror yoki statsionar orbitallar deyiladi. Bu orbitallar quyidagi tenglikni qanoatlantirishi kerak.
bu yerda: m-elektron massasi; ν-elektron tezligi; r-orbital radiusi; h-Plank doimiysi;
Elektronning harakat n-kvant soni, butun sonlardan iborat bo’lishi mumkin (1,2,3…) miqdori momenti
2. Elektron statsionar orbitallardan birida harakatlanganda energiya yutmaydi ham, chiqarmaydi ham (Bu postulat klassik elektrodinamika tushunchalariga qarshidir. Lekin Bor bu muhim postulatni o’ziga qabul qildi).
3. Elektron bir orbitaldan ikkinchi orbitalga ko’chib o’tganda (sakrab o’tganda) energiya yutadi yo chiqaradi. Bu energiya nur ko’rinishida bo’ladi. Elektronning dastlabki holatdagi energiyasini Ed desak, ko’chib o’tgandan keyingi energiyasini Eo desak,energiyalar farqi
Ed – Eo = hν ga teng.
Yadroga eng yaqin orbital atomning barqarorroq (normal) holatiga muvofiq keladi, boshqacha aytganda elektron yadroga eng yaqin orbitalda bo’lsa, atom normal holatda deyiladi. Yadroga eng yaqin orbitalda elektronning energiyasi eng kam bo’ladi. Elektronga tashqaridan energiya berilsa, u yadrodan uzoqroq joylashgan boshqa orbitalga sakrab o’tadi. Orbital yadrodan qancha uzoq bo’lsa, shu orbitalda elektronning energiyasi shuncha yuqari bo’ladi. Ba'zan buni “elektron yuqoriroq energetik pog'ona(sath)da”deb ham ataydilar. Elektron yuqori energetik pog'ona(sath)da bo’lgan atomni (“uyg'ongan”,“hayajonlangan”) atom deyiladi. Biz bilamizki, agar elektron yadroga eng yaqin orbitalda bo’lsa, atom normal holatda bo’ladi. “Hayajonlangan” atomning yashash davri 10-8sek. Boshqacha atyganda, atomga energiya bersak, u “hayajonlangan” holatga o’tadi. Atom “hayajonlangan” holatda 10-8sek mavjud bo’la oladi. Keyin yana nur ko’rinishida energiya chiqarib normal holatga qaytadi.

Atom tuzilishining planetar modeliga muvofiq kosmik planetalar Quyosh atrofida aylangani kabi elektronlar ham yadro atrofida maxsus orbitallar bo’ylab aylanadi. Elektronlar harakatlanadigan orbitallar elektron qavatlar yoki energetik pog’onalar deb ataladi. Bu modellarning hammasi nihoyatda sodda sxematik holda bo’lishiga qaramasdan hozirga qadar atom tuzilishini tushuntirishda ulardan foydalaniladi.
Atom tuzilishining hozirgi zamon nazariyasi kvant mexanikasiga tayanadi, bunga binoan elektron bir vaqtda zarracha xossasiga (tinch massaga ega) va to’lqin xossasiga (uning harakati murakkab, uni to’lqin uzunlik, amplituda va chastotalar bilan tavsiflanadi) ega. Shuning uchun atomdagi elektron harakatini qandaydir aniq treaktoriya (orbita) bo’ylab bo’ladi deyish noto’g’ridir. Faqat yadro atrofidagi fazoning u yoki bu sohasida elektronni bo’lish ehtimolligi to’g’risida gapirish mumkin. Bunga bog’liq “orbita” atamasi o’zining ma’nosini yo’qotdi. Uning o’rniga “elektron bulut” va “orbital” tushunchalari kiritildi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin