2- mavzu: davriy qonun va davriy sistemasi



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə1/9
tarix10.06.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#128301
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu amaliy

2- MAVZU: DAVRIY QONUN VA DAVRIY SISTEMASI


Reja:
1. Atom tuzilishi
2.Davriy sistema
3.Davriy qonun

Tayanch iboralar:
Atom tuzilishi, yadro, nuklon, proton, neytron, electron, Davriy sistema, Ionlanish energiya, atom radius, elektron moyillik, ionlanish energiya, Nisbiiy elektromanfiy, kovalent bog’lanish, Ion bog’lanish, Donor- akseptor bog’lanish, metal bog’lanish va vodorod bog’lar.


Ushbu bobda barcha noorganik birikmalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari yo’nalishlari asoslarini tushuntirish o’rgatiladi. Biz Noorganik kimyo o’rganish sababli, ularning tuzilishlari va xususiyatlari tadqiq qilish bilan boshlash kerak: molekulalar va atomlarni tushunish kerak. Biz o’rganishni quyosh tizimida materiyaning kelib chiqishini muhokama qilish bilan boshlaymiz va keyin atom tuzilishi, va atomlar elektronlar xatti ko’ribchiqamiz. Biz kvant nazariyasini sifat jihatidan joriy etish va bunda atom radiusi, dissotsilanish energiyasi, elektron o’xshashlik va Elektrmanfiylik deb ataluvchi xususiyatlarini ratsionalizatsiya qilamiz. Bu xossalarning tushunish bizga bugun kunda ma'lum bo’lgan 110 dan ortiq elementlar turli kimyoviy xususiyatlarini ratsionalizatsiya qilishni boshlash uchun imkon beradi.1
Atom- elektroneytral zarracha bo’lib, markazida yadro va yadroni atrofini o’rab turgan elektronlardan tashkil topgan. Yadro- musbat zaryadlangan praton va zaryadsiz neytronlardan iborat. Barcha kimyoviy birikmalar atomlardan tashkil topgan.

Atomning tuzilishini ko’rsatuvchi bir necha xil modellar bor. Atom modeli – atom tuzilishi to’g’risidagi yorqin ta’savvurlarni beradi.
Kimyoviy elementning xossalarini saqlovchi eng kichik zarracha-atom deyiladi. Moddaning xossalarini o`zida saqlaydigan, bir nechta atomdan tarkib topgan va mustaqil mavjud bo`la oladigan eng kichik zarrachasi molekula deyiladi.
Ko`pgina atom­lar barqaror bo`lib, juda uzoq, muddatgacha o`z holatini saqlay oladi. Lekin ba'zi atomlar ma'lum vaqtdan keyin yadroda bo`ladigan o`zgarishlar tufayli boshqa atomlarga aylanib ketadi. Bunday atomlar radioaktiv atomlar deb ataladi. Atom elektroneytral bo`lib, yadro atrofidagi elektronlarning umumiy soni yadroning musbat zaryadiga teng. Agar atomdan bir yoki bir necha elektron chiqarib yuborilsa, musbat zaryadli ion – kation(K+, Ca2+, Al3+va b.), atom elektron biriktirib olsa, manfiy zaryadli ion – anion(Cl-,O2-,N3-va b.) hosil bo`ladi. Atomdagi elektronlar soni va musbat zaryadlangan yadro zaryadi ayni atomning kimyoviy reaksiyadagi ahamiyatini tavsiflaydi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin